Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Download 1.15 Mb.
bet15/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

6-masala: Chor hukumati o’lkani harbiy kuch bilan uzoq muddat saqlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardi. shu boisdan ham u Turkistonda assimilyasiya, ya’ni rus millatiga mansub aholi bilan mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini tutdi. Bu borada imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati alohida o’rin tutadi.
Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi.
1869 yilda Ettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik aholisi bo’lgan 19 ta rus qishlog’i barpo etildi.
1886 yilig Nizomga ko’ra, o’lkaga rus aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir ko’chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo’lmagan er ajratilishi ko’zda tutildi.
Yuqorida aytganimizdek, 1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab o’tgan 15 yil davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog’i barpo etilgan bo’lsa, rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga ko’chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi.
Shu yillarda Rossiyadan och-yalong’och rus mujiklarining Turkistonga kelib joylashishi tartibsiz ravishda ommaviy tus ola boshladi va hokimiyat tomonidan ularga yaratib berilgan imkoniyat tufayli mahalliy dexqonlarga qarashli bo’lgan hosildor erlardan o’z egalari mahrum qilindi, bu erlar esa «bo’sh yotgan davlat erlari» sifatida kelgindi rus dexqonlariga taqsimlab berildi.
O’lkada rus dexqonlarining salmog’i bir oz ortgach, rus mustamlakachi ma’muriyati ularni qurollantirish va zurur bo’lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qo’zg’olonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. shu maqsadlar 1896 yilda Sirdaryo viloyatiga ko’chib kelgan kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897 yilda yana 3000 ta miltiq, Ettisuvda 300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu bilan rossiya ko’chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilganligini ko’rsatdi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling