Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Kose Rulen BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Yengil atletika fanini o’qitishdagi inovvatsiyalar va ilg’or xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning taraqqiyoti.
5-
vazifa. O’rta va uzoq masofaga yugurish texnikasini shakllantirish. Vositalar: 1. Maxsus yugurish mashqlarini bajarish. 2. 100-300 m ga takrorlash. 3. 400 m ga tezlikni o’zgartirib yugurish. 4. Yuqori startdan 400-800 m ga yugurib masofa oxirida tezlanish. 5. Musobaqalarda ishtirok etish. Uslubiy ko’rsatma. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar masofani bosib o’tishda ko’proq ortiqcha kuch sarflaydilar. Shu bois o’rgatish jarayonida maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashqlar uslubiyatidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, maxsus yugurish mashqlarini har bir mashg’ulotda takrorlanib turilsa ham tejamli va chiroyli yugurish texnikasiga ega bo’ladi. Yugurish joyida yon tomonga tebranishga yo’l qo’ymaslik lozim. Qo’l va elka harakat rejimiga e’tibor berish. 1.2 Yengil atletika fanini o’qitishdagi inovvatsiyalar va ilg’or xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning taraqqiyoti. Hozirgi zamon yengil atletika sporti boshqa mamlakatlarga nisbatan Angliyaga oldinroq kirib keldi. 1837 yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurishda Regbi shahri kolleji o’quvchilarining daslabki musobaqalari o’tkazildi. Ko’p vaqt o’tmasdan boshqa shaharlarning kollej o’quvchilari ham ularning tashabbusiga qo’shildilar. Keyin musobaqalar dasturiga o’rta masofaga yugurish, g’ovlar osha yugurish va og’ir narsalarni uloqtirish kiritilgan bo’lsa, 1851 yildan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash turlari kiritildi. 1864 yilda Oksford va Kembrij univerisitetlari o’rtasida birinchi bor yengil atletika musobaqasi o’o’kazilib, keyinchalik u doimiy tus oldi. Musobaqa dasturiga yugurishning olti turi, sakrashning ikki turi kiritilgan edi. Keyinchalik dastur bosqon uloqtirish va yadro itqitish bilan to’ldirildi. 28 1865 yilda London atletika klubi tashkil etilib, yengil atletika sport turi keng ommalashtira boshlandi. Bu klub yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiliklari o’tkazar va havaskorlik to’g’risidagi nizomga rioya qilinishini nazorat qilib turar edi. 1880 yilda Angliyada Havaskorlar yengil atletika assotsiatsiyasi tuzilib, u Britaniya im’eriyasida yengil atletika bo’yicha oliy organ huquqini oldi. U Angliya, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika klublarini birlashtirdi. Assotsiatsiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qiladi, angliyalik sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga tayyorladi. Frantsiyada yengil atletika sport turi sifatida o’tgan asrning 70-yillarida avvalo harbiy va fuqarolar litseylarida rivojlana boshladi. 80-yildan boshlab litseylarda yugurish bo’yicha musobaqalar muntazam o’tkazila boshlandi. AQSHda yengil atletikaning ravojlanishi 1868 yilga to’g’ri keladi. SHu yili Nyu- Yorkda atletika klubi tashkil etildi. Tez orada universitetlar yengil atletikaning taraqqiyot markazi bo’lib qoldi. 1874 yilda Garvard universitetida yengil atletika bo’yicha birinchi musobaqa o’tkazildi. 80-yillar oxirida AQSHda Amerika havaskorlar yengil atletika ittifoqi vujudga keldi. Germaniyada 1888 yilda Berlindagi kriket va futbol klublari birinchi yengil atletika musobaqalarini tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90- yillarda paydo bo’ldi. 1898 yilda Germaniya yengil atletika boshqarmasi tuzildi. Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport turi sifatida 1887 yilda SHvetsiyada, 1897 yilda Norvegiyada va 1906 yilda Finlyandiyada rasm bo’la boshladi. Vengriyada, Polg’shada, CHexoslovakiyada, Yugoslaviyada va boshqa Markaziy Yevro’pa mamlakatlarida yengil atletika sporti o’tgan asrning 90-yillarida rivojlana boshladi. Ko’p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX-asr oxirlarida qabul qilindi. Engil atletika sporti taraqqiyotida Qadimiy Gretsiya Olimpiya o’yinlarining 1896- yilda qayta tiklanishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyinchalik Olimpiya o’yinlari 29 sportning eng muhim turlari, jumladan, yengil atletika bo’yicha xalqaro musobaqalar majmuiga aylandi. 1965-yilgacha Olimpiya o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan bo’lib, harbiy harakatlar va boshqa sabablar tufayli 1916-yilda Berlinda, 1940-yilda Tokioda, 1944- yilda Xelg’sinkida mo’ljallangan Olimpiya o’yinlari o’tkazilmadi. Olimpiya o’yinlarida yengil atletika musobaqalari dasturi har doim o’zgarib turgan. 1928-yilda Amsterdamdagi IX-Olimpiadada birinchi marta ayollar o’rtasida yengil atletika musobaqalari o’tkazildi. SHundan keyin barcha O’yinlarda ayollar o’rtasida musobaqalar o’tkazib kelinadi. Hozirgi zamon Olimpiya o’yinlari birinchi marta 1896- yilda Afinada bo’lib o’tgan edi. Yengil atletika musobaqalarida atiga 12 mamlakat vakillari qatnashgan. Bu o’yinlarda ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past darajada edi. 1912- yilda Stokgolg’mda (Shvetsiya) bo’lib o’tgan V-Olimpiya o’yinlari yengil atletika taraqqiyotida muhim bosqichga aylandi. Yengil atletikaning qator turlarida ko’p yillardan beri o’zgarmay kelayotgan jahon va Olimpiya rekordlari yangilandi. Rossiya Federatsiyasini Moskva davlat universitetining Toshkent filiali jismoniy tarbiya fanining ishchi o’quv dasturini ko’rib chiqqaganimizda 1 kursda 108 soat ajratilgan bo’lib faqat amaliy mashg’ulotdan iborat. Perm davlat farmatsevtika akademiyasi jismoniy madaniyat fani bo’yicha o’quv dasturi jami 392 soatdan iborat bo’lib 8 semestr davomida o’tkaziladi. Yengil atletika 1 blokda bo’lib unga 90 soat ajratilgan. SHundan 16 soat o’rta masofaga yugurish texnikasini o’rgatishga qaratilgan. Sankt-Peterburg Kino va televideniya Universiteti jismoniy madaniyat fanining ishchi o’quv dasturini o’rganganimizda fanga 400 soat ajratilgan undan 26 soat mahruza, 362 soat amaliy mashg’ulot va 12 soat mustaqil ta’limga ajratilganligini ko’rishimiz mumkin. Undan o’rta msofaga yugurish eng ko’p 20 soat ekanligini tahkidlash mumkin. Bunga asosan o’rta masofaga yugurish texnikasini o’rgatish, o’rta 30 masofa bo’yicha tarixi va rivojlanish yo’llari bo’yicha mahruza hamda 2 soat seminar mashg’ulotlar belgilab qo’yilgan. Texnika nima? Odatda, sport mashqlarining bajarilish texnikasi inson tanasi ayrim ahzolari harakatlarining tashqi ko’rsatkichlari bo’yicha tahriflanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling