Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


 O’rta masofalarga yuguruvchilarning kuch, kuch chidamliligi va


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1818563
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Kose Rulen BMI

2. O’rta masofalarga yuguruvchilarning kuch, kuch chidamliligi va 
egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlari 
Yuguruvchilarning zamonaviy mashg’ulot tizimida kuch va kuch 
chidamliligini rivojlantirish muammosi murabbiy va olimlarning e’tiborini 
tobora ko’proq o’ziga jalb qilyapti. Bu, albatta, tushunarli, chunki kuch jismoniy 
sifatlarning umumiy sintezida ancha muhim tarkibiy qism sanaladi.
Yuguruvchilarning kuchi va kuch chidamliligini rivojlantirish usullari 
birmuncha rang-barang bo’lsa-da, lekin ularning mohiyati bir xil. Bu sifatlarni 
rivojlantirish uchun o’rta masofalarga yuguruvchilar xilma-xil yugurish va 
sakrash mashqlarini, shuningdek, og’irliklar bilan o’tkaziladigan maxsus 
mashqlarni bajaradilar (qum to’ldirilgan qo’, yengil shtanga, gantellar va 
manjetlar). Ulardan ba’zilarini sanab o’tamiz: 
1. Yuqori va past startdan yugurish (1-rasm). 
2. Tez sur’atda yo’rg’alab yugurish (2-rasm). 
3. Sonlarni yuqoriga ko’tarib yugurish (3-rasm). 
4. Oyoqlar uchida prujinasimon yugurish (4-rasm). 
5. Oyoqdan oyoqqa sakrab yugurish (5-rasm).
6. Tepalikka va tepalikdan pastga yugurish (6-rasm). 
7. Murakkablashtirilgan sharoitlarda qumda, tizzagacha suvda yugurish 
(7-rasm). 
8. 
Qo’rg’oshin belbog’, avtomobil g’ildiragi kabi og’irliklar yoki rezina 
tasma yordamida qarshilik ko’rsatadigan tezlik bilan yugurish. 
9. 
Asta-sekin tezlanib yugurish. 
10. Harakatlar ritmi va amplitudasini o’zgartirib yugurish. 
11. G’ovlar osha yugurish va sakrash mashqlari (3, 10-11-rasm). 


50 
12. Turli usulda sakrab (joyidan turib uzunlikka, uch hatlab, galma-galdan 
besh va o’n hatlab, bir oyoqda oyoqqa sakrash) yugurishlar.
13. Shtanga grifi va diski bilan har xil mashqlar hamda sakrash mashqlari. 
14. Qum to’ldirilgan qop, qadoqtoshlar, gantellar, shuningdek, cherik 
bilan alohida mushak guruhlari uchun har xil mashqlar. 
15. To’ldirma to’pni har xil holatda irg’itishlar. 
16. Gimnastika devori va gimnastika snaryadlarida bajariladigan 
mashqlar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling