Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


-jadval.  Yengil atletikachilarni model ko’rsatkichlari (N.I.Volkov bo’yicha)


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1818563
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Kose Rulen BMI

2-jadval. 
Yengil atletikachilarni model ko’rsatkichlari (N.I.Volkov bo’yicha) 
Masofa 
(m) 
Vaqt
(daq., sek.) 
Tezlik 
(m/sek) 
Ish vaqtida 
kislorod iste’moli (l) 
Kislorod 
qarzi (l) 
Qonda sut 
kislotasi (mg/%) 
100 
11.2 
8.92 

96 
132 
200 
23.6 
8.47 

94 
198 
400 
51.8 
7.72 

92 
277 
800 
1:56.1 
6.89 
23 
77 
211 
1500 
3:58.3 
6.29 
49 
51 
163 
5000 
16:10.1 
5.15 
73 
27 
109 
10000 
33:13.6 
5.07 
87 
13 
64 
N.I. Volkov bergan ma’lumotlardan ayon bo’lyaptiki, biror masofaga yugurishda 
yuqori natijalarga erishish uchun sportchi qator maхsus jismoniy sifatlarga ega bo’lishi 
kerak, yugurishning хususiyati, uning tezligi va davomiyligiga qarab bu sifatlarning 
tabiati ham rang-barang bo’ladi. Shundan, har хil masofalarga yuguruvchilarni 
tayyorlash amaliyotida qo’llanadigan mashg’ulot usullariga har хil talablar qo’yiladi. 
Mazkur usullar yugurishning aynan shu masofasiga mos bo’lgan fiziologik va 
biokimyoviy хolatlariga muvofiq kelishi shart. 
Shunday qilib, agar sprinter o’z mashg’ulotlarida asosan anaerob reaksiyalardan 
foydalanish qobiliyatini rivojlantirsa, o’rta masofalarga yuguruvchilar esa ko’proq nafas 


17 
olish (aerob) imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi. O’rta masofalarga yuguruvchilar 
aerob va anaerob qobiliyatlarini takomillashtirishga harakat qilishi zarur. O’rta 
masofalarga yuguruvchilar mashg’ulotlaridagi ayrim murakkabliklarni shunday 
izohlash mumkin. Ma’lumki, o’z fiziologik хususiyatlariga ko’ra mutlaqo qarama-
qarshi sifatlar (tezlik va chidamlilik) o’zaro “chiqishmaydi”, lekin yillik mashg’ulot 
jarayonida ularni birgalikda rivojlantirish birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Bu esa sportchilar organizmidagi energiya almashinuviga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan 
qolmaydi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling