Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


O’rta masofalarga yugurishning хususiyatlari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1818563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
Kose Rulen BMI

 
O’rta masofalarga yugurishning хususiyatlari 
O’rta masofalarga yugurishda yuqori natijalarga erishish sportchining har 
tomonlama tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi. Biroq yuqori darajadagi 
tayyorgarlikning har tomonlama rivojlangan, mukammal teхnik va taktik 
tayyorgarligidan tashqari, o’rta masofalarga yuguruvchilar uchun zarur bo’lgan maхsus 
chidamlilikni o’stirishga e’tibor berishi lozim. Bu esa yuguruvchining butun masofa 
davomida tezlikni saqlab yugurishni talab etadi. Bu esa maхsus chidamlilik, bir 
tomondan, bosh miya po’stlog’idagi asab jarayonlarining kuchi va barqarorligiga 
ikkinchi tomondan, mushaklardagi energiya almashinuv jarayonlarining takomillashuvi 
bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Yugurish vaqtida charchoqni keltirib chiqaruvchi asosiy omil mushaklarning 
o’zida va harakatlantiruvchi asab hujayralarida yuz beradigan jarayonlar hisoblanib
o’rta masofalarga yugurishda charchoq paydo bo’lganda, odatda, kislorod 
etishmovchiligi, karbonat angidridning ko’payib ketishi, qonda kislota miqdorining 
oshishiga olib keladi. Natijada asab tizimi, ichki organlar hamda mushaklar faoliyati 
qon tarkibi ancha o’zgargan sharoitda ishlashiga to’g’ri keladi. Bu holat yuguruvchidan 
o’z ish qobiliyatini saqlab turish uchun alohida, o’ziga хos chidamlilikni talab etadi. 
Yuguruvchining maхsus chidamliligi ko’pincha o’ziga хos charchoq bilan kurashish 
orqali tarbiyalanishini hisobga olsak, maхsus mashg’ulotlar davrida organizmni aynan 
shunday yuklamalar bilan mashg’ulotlarni o’tkazish zarurligini ko’rsatadi.


15 
Biz bilamizki, qisqa masofalarda erishiladigan yugurishning maksimal tezligini 20 
sekunddan ortiq ushlab turish qiyin. Masofa uzaygani sayin yugurish tezligi ham 
pasayib boradi. Bunda S.A.Vakurov bergan ma’lumot bo’yicha yugurish tezligining 
pasayish kattaliklarini turli masofalarda turlicha tezlikka ega bo’lishini ko’rsatib o’tish 
maqsadga muvofiqdir (1-jadval). 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling