Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Kose Rulen BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzunung dolzarbligi.
4 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “2017 – 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasi” haqidagi farmoni, shuningdek 2017-yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida o‘tkaziladigan XXXII Olimpiya o‘yinlari va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash haqida”gi PF-2821 – sonli Farmoni, 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivjlantirish to‘g‘risidagi”, PQ-3031-sonli Qarori hamda 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi ushbu sohani rivojiga katta hissa qo‘shayotgan me’yoriy huquqiy xujjatlar sifatida xizmat qilmoqda. Xalqaro sport maydonlarida o‘z o‘rnini saqlab qolish va yanada yaxshilash uchun murabbiy va sportchi amaliyotda sportchilar tayyorlash tizimiga taalluqli bo‘lgan biomexanika, fiziologiya va boshqa fanlarda erishilgan so‘nggi ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanishlari, dunyoning eng kuchli yuguruvchilari tajribasini umumlashtirish asosida mashg‘ulotning taraqqiy etgan uslublari tizimini muntazam ravishda o‘zlarida takomillashtirib borishlari zarur. Mavzunung dolzarbligi. O’rta masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyorlovchi murabbiylarining mashg’ulot jarayonlarini to’g’ri taqsimlashdagi kamchiliklar va yuklamalarni qo’llashdagi xatoliklar sport natijalarni o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Yugurish texnikasiga o’rgatishning dastlabki kundan boshlab shug’ullanuvchilar to’g’ri yugurish texnikasiga o’rgatmaslik keyinchalik sport natijalariga bevosita ta’sir o’tkazishni ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda jahon arenalarida sport natijalari kun sayin o’sib kelmoqda. Shu bois o’rgatish jarayoniga yangicha innovatsion texnologiyalarni qo’llash ayni paytda dolzarb muammolardan sanaladi. Biz, sportchilarni tayyorlashda yosh murabbiylar uchun mazkur o’quv qo’llanmaning zarurligi ularni mashg’ulot jarayonini to’g’ri tashkil etishi, yuklamalarini to’g’ri taqsimlanishida hamda vosita usullarni samarali variantlarini qo’llashida amaliy yordam beradi. 5 Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan yengil atletika darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni organizmga bo’lgan tahsirini o’rganish, yengil atletika darslarini samaradorligini tahminlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo’lib oliy ta’limning o’quv dasturidagi yengil atletika darslarini o’tkazilish tartibi va darslarni tashkil etish samaradorligini o’rganish zaruratiga etibor qaratadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling