OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA-MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI YOʻNALISHI
3-KURS 303-GURUH TALABASI JAXONOVA MAFTUNANING
DASTURIY INJINIRING FANIDAN TAYYORLAGAN
referaT
TEKSHIRDI: URUNBAYEV J
SAMARQAND – 2023
Himoyalangan axborot tizimlarda funksional talablar: resurslardan foydalanish va ishonchli marshrut.
Reja:
Himoyalangan axborot haqida ma‘lumot
Himoyalangan axborot tizimlarida resurslardan foydalanish
Axborot tizimlarida ishonchli marshrut tushunchasi
Himoyalangan axborot haqida ma’lumot
«Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
tеxnik axborot;
agrobiologik axborot;
siyosiy axborot;
xuquqiy axborot;
iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi.
Axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio, video, grafik va matnli axborot.
Axborotni muhofaza qilish- bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog’liq jarayon. Amalga oshirilish usullariga ko’ra barcha axborot himoyasi choralarini quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:
-huquqiy;
-ma’naviy-etik;
-texnologik;
-tashkiliy;
-fizik;
-texnik(qurilmaviy va dasturiy).
1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.
2. Ma’naviy-etik. Obyektda qat’iy belgilangan o‘zini tutish qoidalarining buzilishi ko‘pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo‘llab quvvatlash.
3. Fizik. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi fizik to‘siqlar yaratish.
4. Ma’muriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish.
5. Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish.
6. Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.
7. Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |