Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 1.37 Mb.
|
darslik KIB (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI BOB. INNOVATSION SIYOSAT KONSEPSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA YO‘NALISHLARI 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari.
- 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari
Nazorat va muhokama uchun savollar:
Ilmiy tashkilotning ta’rifini bering. Ilmning turli sohalaridagi tashkilotlarga misollar keltiring. Ularning faoliyati o‘rtasidagi tub farqlar nimada? Ilmiy tadqiqotlar tabiati (fundamental, amaliy) ilmiy tashkilotning tashkiliy, moliyaviy va sarmoyaviy jihatlariga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston Fanlar akademiyasining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy xususiyatlarini aytib bering Ta’lim tizimining tuzilishini aytib bering. Oliy, o‘rta va boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi sohalari bugungi kunda qanday taqqoslanadi? Va ularni saqlash uchun federal budjet xarajatlari haqida nima deyish mumkin? Tushuntirib bering. Davlat va nodavlat ta’lim sektorining tashkilotlar soniga nisbati qanday? Ta’limga sarflanadigan xarajatlarning umumiy hajmida byudjetdan tashqari fondlar ulushining o‘sish tendensiyasini qanday izohlashingiz mumkin? Ta’lim tizimi samaradorligini pasayishining eng muhim salbiy oqibatlari qanday? Sizningcha, ta’lim muassasalari faoliyatidagi mavjud salbiy tendensiyalarni qanday qilib bekor qilish mumkin? XI BOB. INNOVATSION SIYOSAT KONSEPSIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA YO‘NALISHLARI 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari. 11.2. Davlat innovatsion siyosatning maqsadi va mazmuni. 11.3. Hududiy innovatsion siyosat. 11.1. Hozirgi jamiyatda innovatsion siyosat: tamoyillar va amalga oshirish xususiyatlari Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi singari O‘zbekiston hududida ham innovatsiyalarni joriy qilish va uni aholi orasida keng yoyish masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki mamlakatning iqtisodiy barqarorligi, kadrlar raqobatbardoshligi va jamiyatning ijtimoiy farovonligi darajasi sohalarga innovatsiyalarni joriy etish bilan yuksaltirish mumkinligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Shunday sharoitda mamlakatimizda innovatsion siyosat qanday va u qay darajada amalga oshirilmoqda? Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” gi PF-5264-sonli Farmonini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Unga ko‘ra Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi va bugungi kunda yurtimizda har qanday innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi yagona tizim barpo etildi va vazirlik bugungi kunda turli xil tamoyillar asosida mamlakatimizda innovatsion faoliyatni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion siyosatning asosiy tamoyillari quyidagilar: davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganish; fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlash; yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etish; ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etish; innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etish, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirish; innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish. Umuman olganda yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy hal qiluvchi rolni innovatsiya egallaydi. Chunki iqtisodiyot, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, ijtimoiy soha, qurilish, bandlik umuman mamlakatda mavjud barcha sohalarga innovatsiyani joriy etish orqali uchinchi renessansni yarata olishimiz mumkin. Bu borada mamlakatimizda innovatsion faoliyatni amalga oshirishning bir qancha xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: innovatsion faoliyatning erkinligi; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi; raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish; axborotni erkin almashish; innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Innovatsion siyosat O‘zbekiston Respublikasida to‘lig‘icha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling