Sharq allomalarining asarlarida mehnatsevarlik to'G'risida ilgari surilgan pedagogik fikrlar


Ta`limda muntazamlilik va izchillik


Download 169.92 Kb.
bet38/39
Sana16.06.2023
Hajmi169.92 Kb.
#1510295
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
pedagogika kitob sit

Ta`limda muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.


HOZIRGI KUNDA BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASH DIAGNOSTIKASI TARBIYA KO'RGANLIKNI ANIQLASH
Avvalo, shuni ta’kidlash zarurki, 1997 yildа qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim soxasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish printsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy isloxotlarning biz tanlagan "o’zbek modeli" — o’z ta-raqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jaxondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmish-da majburan singdirilgan komunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustaxkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur xayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, xar tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi.
O’zoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta ko’rmasdan va islox etmasdan turib bu maksadga erishish aslo mumkin emas edi.
Agarki O’zbekistonda axolining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 62 foizdan ziyo-dini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini xisobga oladi-gan bo’lsaq bu isloxotlarning ro’li va axamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.
Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning printsipial xususiyati shundaki, umumta’lim makta-bidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomi­da ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda taxsil olib, ularning xar biri umumta’lim fanlari bilan birga, mexnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-xunarlarni ham egallaydi.
*O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman — bu biz uchun printsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq, joylarda, tugrisini ayt­ganda, xamma x.am 12 yil o’qishni xoxdamaydi. Bugungi kunda usib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yil­lik majburiy ta’lim olish bi­lan birga, aniq mutaxassislik va kasb-xunarga ega bo’lishi kerak. Bu, aynikea, qizlarimiz uchun muximdir. Chunki yosh oilaning mustahkamligi, avvalo, qizlar-ning biror bir mutaxassislikni egallab, hayotda o’zining mustaqil fikri va urniga ega bo’lishi bi­lan bevosita bog’liqdir. O’n ikki yillik majburiy ta’limdan so’ng ularning xar biri, o’z xoxishiga ko’ra, bakalavr va ma­gistr darajasini olish uchun oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishi mumkin.
O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va islox. etish bo’yicha miqyosi va qo’lamiga ko’ra ulkan ishlar amal­ga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan kurildi, kapi­tal rekonstruktsiya qilindi va za­monaviy o’kuvlaboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va meto­dik jixatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora tadbirlar amalga oshirildi.
Maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, kozok, kirgiz, turkman va tojik tilla-rida olib borilmoqda.
Mamlakatimizda 1500 dan ortik yangi kasb-xunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Siz, konferentsiya qatnashchilarining ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z me’moriy kiyofasi va texnik tahminotiga ko’ra eng yaxshi oliy uquv yurtlaridan aslo qolishmasligiga ishonch xosil kilishingiz mumkin. Kasb-xunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun umumiy fanlar bo’yicha nafakat to’liq bilimlar xajmini egallash, ayni vaqtda ushbu uquv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni uzlashtirish imkonini xam beradi.
Biz ta’lim tizimida o’quvchilarning nafakat keng bilim va professional ko’nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro’y berayotgan barcha voqea-xodisalar, yangilik va o’zgarishlardan atroflicha xabardor bo’lish, jaxondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muxim sharti xisoblangan xorijiy tillarni xam chukur o’rganishlari uchun katta axamiyat bermoqdamiz.
Xrzirgi kunda yurtimizdagi barcha ta’lim, fan, madaniyat va mahrifat muassasalari ta’lim portali va internetga ulangan. Bu esa ta’lim jarayoniga masofadan turib o’qitish usullarini, o’quvchi yoshlar uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng majmuini joriy etish imkonini bermoqda.
Ta’lim jarayonini islox etish va mexnat bozorida talab qilinadigan yukori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yurtlari muxim o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika univer­siteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’ e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli fao­liyat ko’rsatmoqda. Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat xuquqi kabi mex­nat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha baka­lavr va magistrlar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga eta bo’lmoqda.
O’zbekiston Milliy univeriteti va fnlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning yetakchi oily o’quv yurti Kembrich universiteti bilan hamkorlikda 2012 yilda yuksak tehnalogiyalar o’quv tajriba markazi tashkil etilmoqda. Markazning asosiy va vazifasi iqtidorli talabalara aspirant va yosh olimlarni kimyo, fizika, biologiya, biokimyo, biofizika, gealogiya va geodeziya sohalarida amaliy inavatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishning zamonaviy metodlariga o’rgatishdan iborat. Markazning eng zamonaviy asbob uskunalar bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda. U yerda Kembrich universitetining olim va mutahasislari konkret yo’nalishdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida yosh olimlarni tayyorlab boradi.
Shuni qayd etish joizki, aynan shu yo’nalish, ya’ni qator akademik ilmiy muassasalarni universitetlar ihtiyoriga berish va xamkorlikda foydalaniladigan oily o’quv yurtlariaro zamonaviy ilmiy laboratoriya majmualarini tO’zish hisobidan oily o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va innovatsion faoliyatga asoslangan o’quv jarayonini integratsiyalashtirish hozirgi bosqichda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yoshlarni sport bilan shugullanishiga jalb etish muxim agallaydi. Byudjet, homiylik va xayriya mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkil etilgani aynan shundan dalolat beradi. O’tgan davr mobaynida ushbu fond mablag’lari hisobidan qariyb 1500 ta eng zamonaviy, barcha yoshlar foydalanishi mumkin bo’lgan bolalar sporti ob’ekti barpo etildi. Bugungi kunda mamla­katimizdagi deyarli xar bir maktab, kollej va litsey ochiq sport maydonchalari qatorida zamonaviy sport anjomla-ri bilan jixozlangan yopiq sport zallari va suzish xav-zalariga egadir.
*Yurtimizda uch bosqichdan iborat, xar yili o’tkaziladigan, maktab o’quvchilari uchun aloxida, kasb-xunar kolleji va akademik litsey o’quvchila­ri uchun aloxida bellashuvlarni, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun universiadani o’z ichiga olgan yaxlit sport musobaqalari tizimi shakllangan. Bunday tizim yuz minglab farzandlarimizni, yigit va qizlarni ommaviy ravish-da jismoniy sog’lomlashlashtirish va sport xarakatiga jalb etish imkonini bermoqda.
Mutaxassislarni tayyorlash sifati va ularning real iqtisodiyotda talab etilishi masalalari bizning doimiy e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda.
Dastur doirasida kollejlar, litsey va oliy o’quv yurt­lari uchun uqituvchilar va domlalar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, avvalo, o’quv-uslubiy bazani butunlay qayta ko’rib chiqish va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tasdiqlash bo’yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ta’lim soxasi xodimlari faoliyatini baxolash va ragbatlantirish mezonlari tubdan o’zgartirildi.

Download 169.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling