Sharq allomalarining ilmiy
«ossuariy» - «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spitamen
- Ellinlashtirish
«ossuariy» - «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous deb
ataluvchi maxsus binolarga qo’yilgan. Ahamoniylar – miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi 214 VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig`i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O’rta Osiyo hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan. Uning davrida qadimgi Sharqning katta qismi o’z hukmronligiga bo’ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi Х sh a t r a - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan. Har bir satraplik belgilangan miqdorda soliq to’lashga majbur bo’lgan. Satrap – viloyat boshlig`i bo’lib, u cheklanmagan vakolatlarga ega edi. Miloddan avvalgi IV asrning oxirlarida O’rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiyning yurishi boshlanadi. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlarining harbiy san’ati yuqori darajada bo’lgan. Хanjar «akg`ainak» atalgan, jangovor bolta «sagiris» deb nomlangan. Spitamen –O’rta Osiyoning yirik qo’mondoni va Makedonskiyga qarshi miloddan avvalgi 329-327 yillarda Maroqandda ko’tarilgan qo’zg`olon rahbari. Maroqanda – Samarqandning yunoncha nomi. Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda Maroqanda o’rnida mudofaa devorlar bilan o’ralgan qishloq bo’lgan. Yunon tarixchilari Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Strabonning ma’lumotlariga ko’ra miloddan avvalgi 329 yilida A.Makedonskiy So’g`diyona poytaxti Maroqandni zabt etib, vayron qilgan, so’ngra o’zining harbiy garnizoni uchun qal’ani qayta tiklagan. So’g`diylar Spitamen boshchiligida bu bosqinchilarga qarshi kurashgan, qo’zg`olon bostirilgach, Makedonskiy Maroqandni yana vayron qilishni buyurgan. Maroqand keyinchalik Semizkent, Samarqand nomini olgan. Iskandar vafotidan so’ng O’rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Salavka ham bu yerdagi yerlarni satrapliklarga bo’ldi. Satraplikdagi davlat mudofaasi va qo’shinlarini tashkil etish ishlari bilan strateg shug`ullangan. Yunon va Makedon istilolaridan boshlab O’rta Osiyo viloyatlari madaniyati tarixida antik (yunoncha «qadimgi») davr boshlandi. Bu hol Sharq va /arb o’rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Baqtriya madaniyatida yunon madaniyatining ta’siri sezila boshladi. Ellinlashtirish – Sharqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayoni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling