Sharq allomalarining ilmiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noyib
- Laylat-ul qadr
Shariat – Islom diniy huquq tizimi. Unda sof xuquqiy masalalardan
tashqari, ahloqiy normalar va amaliy talablarga ham qonun tusi berilgan. Тarovih – dindorlar tomonidan ramazon oyi davomida, ya’ni ro’za tutish kechalari o’qiladigan qo’shimcha namoz. Munofiqlar – Islom tarixiga xos atama bo’lib, ikki yuzlamachilikni anglatgan. Islom dinining yuzaki qabul qilib, o’zi esa avvalgi qabilaviy diniga sig`ishni davom ettirgan arablarga nisbatan qo’llanilgan. Murid – pir yoki eshonga qo’l berib, ularni o’zining rahnamosi deb bilgan shaxs. Muridlar o’z pirlariga itoat etishi, xizmat qilish va ularning izidan borishi lozim bo’lgan. Noyib – O’rta asrlarda musulmon davlatlarida o’lka yoki viloyat hukmdori. Oltin O’rdada noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi. Sunna – Muhammad Payg`ambarning ko’rsatmalari va oyatlari haqidagi hadislar, rivoyatlar. Islomda faqat Muhammad ibrati, an’anasi deb e’tirof etilib, Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Sunna VII asr o’rtalarida yig`ila boshlagan. So’fi - 1.Masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs. Muazzin atamasining sinonimi. Muazzin xalq tilida «so’fi» deb ham ataladi. 2. Namozxonlar safini tartibga soluvchi. 3. So’fi tariqat va sulukda bo’lgan murid. Laylat-ul qadr - ramazon oyining 27-kunga o’tar kechasi. Islom diniga sig`inuvchilar har yili shu kechada Alloh har bir insonning ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning taqdiri haqida hukm chiqaradi, deb tasavvur qiladilar. Mana shuning uchun ham Laylat ul-qadr kechasining Qur’on o’qib, Allohga iltijo qilib, duo va ibodat qilib o’tkazish rasm bo’lgan. Masjid – sajdagoh, musulmonlarning ibodat joylari. Musulmonlar jamoa bo’lib, namoz o’qiydigan joy. Masjidlar asosan musulmonlarning kundalik besh vaqt namoz o’qishi uchun mo’ljallangan muqaddas joy. Juma va Hayit namozlari esa jome’ masjidlarida o’qiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad Payg`ambar qurdirgan. Imom – arabcha so’z bo’lib, namozda jamoatning oldida turib namozni boshqaruvchi kishi. Shuningdek, Islom dinida 219 musulmonlarning rahbari, boshlig`i demakdir. Imom atamasi nihoyatda keng mazmuni bo’lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan va ishlatilmoqda: 1. Sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari; 1. Sunniylikka shariat mazhablarining asoschisi; 3. Shialikda eng yuksak rahnamo, ya’ni Hazrati Ali va uning avlodlari; 4. Sunniylikda ham, shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor – masjid imomi. Madrasa – Musulmon ilohiyotining masalalarini sharhlab berib turadigan markaz. U madrasa sifatida arablarda VII – VIII asrlarda paydo bo’lgan. Keyinchalik ayrim masjidlar qoshida ilohiyot maktablari tarkib topib, madrasa deb atala boshlangan. Madrasalar xonlar va yirik yer egalari va boshqa davlatmand kishilar tomonidan qurdirilgan. Mutavalli vaqfdan tushgan daromadni mudarris, mullavachcha, imom va boshqalarga taqsimlangan. Madrasaga maktabni tugatgan o’spirinlar qabul qilingan. O’rta Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan «Avvali ilm» kitobi o’qitilgan. Ayrim madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasaning har bir bosqichida o’qish muddati 3- 4 yil davom etgan. Mavlid – Muhammad Payg`ambarning tug`ilgan kuni bilan bog`liq diniy bayram. Rabi al-avval oyining 12 kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida mavlud kuni duolar, Payg`ambar sha’niga madhiyalardan iborat she’rlar o’qiladi, sadaqalar beriladi, dindorlarning yig`ilishlari o’tkaziladi. Maddoh – XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo hududida odam gavjum, maydonlarda, joylardagi ochiq maydon va choyxonalarda hamda saroylarda odamlarni to’plab, ularga aziz avliyolarning karomatli mo’jizalarini izohlab beruvchi, diniy qonun-qoidalarini sharhlab tushuntiruvchi diniy notiq. Maddoh xizmati evaziga tinglovchilaridan nazr yig`ib olingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling