Sharq allomalarining ilmiy


Majlis – rasmiy doiralarda qo’yiladigan masalani muhokama qilish  uchun bo’ladigan yig`ilish va muhokama jarayoni.  Mazhab


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/38
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1615716
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1

Majlis – rasmiy doiralarda qo’yiladigan masalani muhokama qilish 
uchun bo’ladigan yig`ilish va muhokama jarayoni. 
Mazhab – shariat mazhablari: Islomda diniy huquq tizimlari va 
yo’nalishlari. VII – IX asrlarga kelib, shariatning shakllanishi 
jarayonida huquqshunoslik, fiqh sohasida juda ko’p mazhablar yuzaga 
kelgan. Hozirgi vaqtda sunniylikda 4 ta mazhab – xanafiya, malikiya, 
shofi’i, xanbaliya; shialikda bitta mazhab – ja’fariya saqlanib qolgan. 
Shariat mazhablari diniy aktalardan farq qiladi. Mazhablar umuman 
diniy huquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida 


220 
yengilroq yoki qattiq hukm chiqarish bilan bir-biridan farq qiladi. 
Hozir O’rta Osiyoda xanafiya mazhabi hukmron.
Makruh – shariat tushunchalaridan biri. Qat’iyan ta’qiq qilinmagan
lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan hatti-harakatlar makruh 
hisoblangan va bu uchun jazo belgilanmagan.
Ismoiliylar – VIII asr o’rtalarida arab xalifaligida shia oqimi 
doirasida shakllanib, Х–XI asrlarda yaqin va o’rta sharqda keng 
tarqalgan diniy maqsad tarafdorlari. Mazhab shialarining imom Ja’far 
al-Sodiqning katta o’g`li Ismoil nomi bilan bog`liq. Imom Ja’far katta 
o’g`li Ismoilni mahrum qilib kichik o’g`li Muso al-Kozimni voris 
qilib tayinlangandan keyin bundan norozi bo’lgan Ismoil tarafdorlari 
Ja’far vafotidan so’ng uning o’g`li Muhammad ibn Ismoilni imom deb 
tan olganlar. Keyingi davrlarda xalifalikda ko’tarilgan juda ko’p 
qo’zg`olonlar va taxt uchun kurashlarida ismoiliy ta’limoti diniy niqob 
bo’lib xizmat qilgan. 
Zohid – VIII–Х asrlarda Movarounnahrda molu-dunyoga rag`bat va 
xohishi bo’lmagan kishi: tarki dunyo qilgan va hayot lazzatlaridan voz 
kechgan kishi. Zohidlar musulmonlarni bu dunyo rohat farog`atidan 
voz kechishga, jabr zulmga chidashga undaganlar. Zohidlik 
so’fiylikning ayrim oqimlari bilan bog`liq bo’lgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling