Sharq allomalarining ilmiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/38
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1615716
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1

Iyd, iyd ayomi – musulmonlarning diniy bayramlari. Iyd atamasining 
bir oz buzilgan o’zbekcha talaffuzi hayitdir. O’tmishda yetti kun 
davom etadigan iyd al-qurbon, ya’ni qurbon hayiti (ba’zi manbalari 3 
yoki 4 kun bo’lgan) va uch kun davom etadigan iyd as-fitr, ya’ni ro’za 
hayiti kunlari orasida iyd ayyomi deb yuritilgan. 
Ilohiyot – diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko’rsatmalarni o’z 
ichiga olgan diniy ta’limot. Ilohiyot hozir ham diniy madrasa, institut 
va universitetlarda o’qitiladi. Islomda ilohiyot ilk shakllanishi 
davridan boshlab Kalas deb nomlangan. 
Arab tilidan o’zlashgan iqtisod bilan bog`liq tarixiy atamalar: 
Хiroj – Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumladan, O’rta 
Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer solig`i. Хiroj arablar 
tomonidan joriy qilingan. Хiva va Qo’qon xonliklarida hamda Buxoro 
amirligida joriy yig`ish uchun har bir viloyatlarga sarkor, devonbegi 
va kotib saylangan. Хiva xoni Muhammad Rahim I xirojni pul bilan 
undirishni joriy qilgan. Bunda xiroj olingan hosil miqdoridan emas
balki yer egasining xo’jaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qo’qon 
xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin xiroj bu yerda 
natura o’rniga pul bilan yig`iladigan bo’lgan. 


221 
Mutavalliy – vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik 
qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarni ijaraga berish, 
vaqf mulkida xo’jalik ishlarini yuritishni ham mutavalliy bajargan. 
Zakot – Islom dini besh asosiy talablaridan biri bo’lib, mol-mulk va 
daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq, 
muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. 
Zakot miqdori pul daromadlaridan qirqdan bir ulushiga teng. 
Dehqonlar va cho’ponlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha 
yuqori bo’lgan. Zakot kambag`allar, yetim-yesirlar, kasallar va hech 
kimi yo’q ayollar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan. 
Vaqf – davlat tomonidan, shuningdek, ayrim kishilar tomonidan diniy 
muassasalar, masjidlar, madrasalar, ixtiyoriy daromaddan foydalanib 
turish, ammo sotmaslik sharti bo’lib o’tkazilgan yoki vasiyat qilib 
qoldirilgan mol-mulk, ya’ni yer-suv, bino va boshqalar vaqf deyiladi. 
Vaqfdan keladigan daromadlar diniy muassasalar va ularda xizmat 
qiladigan din peshvolariga berilgan. 
Devon – somoniylar davrida boshqaruv shakli bo’lib, vazirlar 
mahkamasi vazifasini o’tagan. Devonbegi esa vazirlar mahkamasining 
bosh ma’muri bo’lgan. 
Somoniylar davrida shahar hokimi rais deb atalgan. Viloyat hokimlari 
esa ba’zan vazir deb atalgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling