Sharq allomalarining ilmiy


Хonlik – xon tomonidan boshqariladigan davlat. O’rta Osiyoda XVI  asr oxirida ikkita xonlik – Buxoro va Хiva xonligi vujudga kelgan.  Iqto’


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1615716
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1

Хonlik – xon tomonidan boshqariladigan davlat. O’rta Osiyoda XVI 
asr oxirida ikkita xonlik – Buxoro va Хiva xonligi vujudga kelgan. 
Iqto’ – o’rta asrlarda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida hukmdor 
tomonidan feodalga katta xizmatlar evaziga in’om qilingan chek yer. 
Odatda, iqto’ umrbod berilmay, hukmdor uni istagan vaqtida qaytarib 
olib, boshqa kishiga tortiq qilish mumkin bo’lgan. IX asrga kelib 
xalifa tomonidan arab amiriga idora qilish uchun berilgan viloyatlar 
ham iqto’ deb atala boshlagan. Amir o’zi hukmronlik qilayotgan 
ushbu viloyatlar solig`ini butunlay yoki qisman o’zlashtirish huquqiga 
ega bo’lgan. Iqto’ yerlari davlat mulki hisoblangan, lekin IX asrdan 
boshlab feodalning xususiy mulkiga aylana boshlagan. Тemuriylar 
davrida iqto’ o’rnida tiyul va suyurg`ol, boburiylar saltanati davrida 
esa jogir atamalari qo’llanilgan. 
Osiyo puli – tegirmon puli ham deyilgan. Buxoro amirligida har bir 
suv tegirmonidan yiliga 20 tangadan 100 tangachaga miqdorida 
olinadigan soliq. 
Alaf puli – O’rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bog` va 
uzumzorlardan olinadigan soliq. 
Bazzoz – ip-gazlama bilan savdo qiladigan do’kondor. Qadimda 
bunday do’kondorlar O’rta Osiyo bozorlarida ko’p bo’lgan. Bazzozlar 


223 
gazlamalarni ot-aravalarga ortib, uzoq qishloqlarga olib borib 
sotishgan. 
Bakovul – turli davrda turli xil ma’nolarni anglatgan: 1.XVI – XIX 
asrlarda belgilangan joylarda savdogarlarning tamg`a, ya’ni boj 
solig`ining to’plab o’tishlari ustidan nazorat qilib turgan kichik 
mansabdagi harbiy xizmatchi;
Bolish – mo’g`ullar imperiyasida tillo pul birligi, bolish 8 misqol, u 2 
donga teng bo’lgan. 
Botmon – Sharq mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyoda qadimgi davr 
va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og`irlik o’lchovi birligi. Botmon turli 
davrlarda turli joylarda miqdori o’zgarib turgan. Masalan: XIX asrda 
bir botmon Хivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Buxoro va 
Samarqandda – 8 pud (1 pud 16 kg), ya’ni 131,44 kg, Farg`onada – 8-
10 pud ya’ni 131,44 kg dan 163,800 kg gacha, Тoshkentda – 10,5 pud 
ya’ni 171,99 kg ga teng bo’lgan. Shuningdek, O’rta Osiyoda botmon 
sifatida yer o’lchovi sifatida ham qo’llanilgan, ya’ni bir botmon 
og`irlikdagi bug`doy sepilishi mumkin bo’lgan yer bir botmon 
hisoblangan. bu taxminan bir gektarga teng sath o’lchov belgisi 
bo’lgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling