Sharq allomalarining ilmiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amirlik
Muxtasib – musulmon mamlakatlaridagi amaldor. Ko’pincha
sayidlardan tayinlangan. U aholining urf-odatlarga amal qilish hamda bozorlardagi narx-navo va o’lchov asboblarining to’g`riligi ustidan nazorat qilib turgan. XIX – XX asrlarda Buxoroda muxtasib rais deb ham atalgan. Sohibqiron – 1.Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasini bir- birini to’sish paytida tug`ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Тemur ikki sharofatli yulduzlar Zuhra va Mushtariy sayyoralari bir- birlariga yaqinlashgan paytda tug`ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga ko’ra, bunday odam baxtli, ulug` martabali bo’lishi muqarrar sanalgan. Amir Тemurning Sohibqiron deb atalishi ham shundan. Sohibqiron so’zining asl ma’nosi «baxtiyor podshoh», «qudratli podshoh» demakdir; 2.Sharq mamlakatlarida obro’li, g`olib podsholarga berilgan unvon. O’rta Osiyoda dastlab Amir Тemurga shunday unvon berilgan. Ma’lumki, Amir Тemur o’zining harbiy muvaffaqiyatlariga o’zining kuchli qo’shini bilan erishgan. U qo’shinni o’ntalik askariy birikmalardan iborat lashkarlardan tuzgan. Lashkar o’ng minglik 222 bo’lsa – tuman, minglik esa – hazora, yuzlik – xushun, o’nlik esa – xayl deb nomlangan. Ularga boshchilik qilgan lashkarboshilar esa tuman og`asi, mirikazora, qo’shinboshi, aylboshi deb yuritilgan. Amir – Mo’g`ullar istilosidan so’ng Oltin O’rda, keyin O’rta Osiyo va Eronda mo’g`ul va turk qabilalari birlashmasi – ulus boshlig`ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron Тemurning unvoni ham amir bo’lib, tarixda Amir Тemur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan boshlab, Buxoroda mang`it sulolasiga mansub bo’lgan hukmdorlar ham o’zlarini amirlar deb yuritishgan. Amirlik – musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat. XVIII asrning o’rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan. Хon – turkiy xalqlar va mo’g`ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig`i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshohlar davrida viloyat yoki shahar hokimi, mo’g`ul feodal imperiyasida ulus boshlig`i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshohlik qilmagan. Chingiziylarda esa sulton deb yuritilgan. Qo’qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Хiva xonligida hukmdorlar o’zlarini xon deb ataganlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling