Sharq allomalarining ilmiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
SO'Z BOSHI
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz tarixini o‘rganishga, unga xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar yaratdi, osori-attiqa yodgorliklarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni bir yoqlamali yoritish, chegaralash, ma’lum jarayon va ilm-fan arboblarining faoliyati va xizmatini inkor etishdek noto‘g‘ri g‘oyalar va usullardan tozalashga, hur fikrlilikka sharoit tug‘dirdi. Madaniy merosimizni, o‘tmish qadriyatlarimizni keng va xar tomonlama o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzalarida va muhtaram yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyevning ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlanganidek, hozirgi milliy manaviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarini shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish uchun zarurdir. Bu esa, o‘z navbatida, milliy ong, milliy g‘urur, tariximiz, o‘tmish avlodlar xizmatiga hurmat-e’tiborni, xalq mehnatiga, vatanga sevgi tuyg‘usini shakllantirish, yangi jamiyatimizning to‘g‘ri rivojini, kelajagini oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmat qiladi. Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o‘tmishda ilm- fan, madaniyatning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning ijodlari ko‘p qirrali bo‘lganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda din, axloq, insonning ma’naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni odilona boshqarish, saodati masalalari muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm-fan va diniy qoidalarning bir butunligini tashkil etib, umumiy ma’naviyat rivoji uchun xizmat qila olishini, foydali bo‘lishini isbotlaydi. Fan va din xalq madaniyatining turli sohalari, qismlari bo‘lib, yagona maqsadga qaratilgan holda bir-birini to‘ldirishi, xalqni shu yagona maqsadga yo‘naltirishga xizmat qilishi mumkin. Diniy taassavurning ilm-fan hisobiga kuchayuvi ijtimoiy rivojlanishga, madaniyatning kuchayishiga zarar keltirishini ma’lum tarixiy davrlarda yuz bergan jarayonlar o‘zida ifodalaydi. Madaniy rivojlanishda milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, madaniy 5 aloqalarni kuchaytirish, milliy qobig‘da o‘ralib, umumiy xalqaro aloqalar tizmasidan chetda ajralib qolmaslik, milliy madaniyatning umumjahon madaniyat yutuqlari bilan doimo boyib borishida nihoyatda katta rol’ o‘ynaydi. Bu ayniqsa hozirda jahon mamlakatlarining umumiylik, hamjihatlikka intilishi ortib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda hozirda yoshlarda mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy-madaniy boyliklarning asosiy tomonlarini o‘rganish, milliy madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni yaratgan yirik siymolar, donishmand adiblarning merosini o‘zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati yutuqlarini o‘rganish, ularga hurmat- izzatda bo‘lishni, bu masalalar bo‘yicha keng ta’lim, o‘quv-o‘qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy-madaniy boyliklarini yaxshi bilgan, milliy g‘urur, vatanparvarlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, dunyo madaniy rivojlanish darajasidan xabardor bo‘lib etishuvida etakchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Talabalar uchun mo`ljallangan ushbu o`quv qo`llanma O'rta Osiy Allomalarining ilmiy merosi haqida nazariy hamda amaliy bilimlar berib, fan bo`yicha mustahkam ko`nikma va malakaga ega bo`lishga ko`maklashadi. Berilgan har bir mavzu so`nggida nazorat savollari va test topshiriqlari talabalarga mustaqil ravishda fikr yuritishga, mavzu bo`yicha olgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling