Sharq falsafasi va madaniyati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
SAYYOD
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………
|
27 |
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Uzoq ming yillar tarix shundan dalolat beradiki,
o’zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo ma’naviyat va ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o’rin egallanganligi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo’ldi.
Qayd etish lozimki istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, madaniyat va
ma’rifatga e’tibor kuchaydi. Eng avvalo mamlakat hukumati, Prezident Islom
Abdug’aniyevich Karimovning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. «Milliy qadriyatlarimizni tiklash o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish strategik vazifalarimizdan hisoblanadi». Ana shu vazifani ijro etishda G’arb faylasuflarining asarlari o’rni beqiyosdir. Jahon falsafasi insoniyat hayotining tarkibiy qismi sifatida umumiy uyg’unlikda namoyon bo’ladigan ijtimoiy tafakkur tizimidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega
bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan,
dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy falsafiy, axloqiy madaniya-tidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi.
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasixatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat
qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda bo’ldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga
salbiy ta’sir o’tkazdi.
Vaholanki, I.A.Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li"
kitobida ta’kidlaganidek, "O’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan- qancha avlodlarning ma’naviy ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir kursatmoqda".
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgan ona
zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz,
o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
Download 55.07 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling