Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati tarixi


Indoneziya, Malayziya va Singapur siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlari


Download 171 Kb.
bet17/26
Sana28.10.2021
Hajmi171 Kb.
#169104
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
001 siyosiy madaniyat

Indoneziya, Malayziya va Singapur siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlari.

Indonez jamiyatidagi polietnik va ko‘pkonfessiyaviylikning Indoneziya siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati shakllanishiga ta’siri. Sobiq prezident Suxartoning merosi. Siyosiy madaniyatda islom omili va uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri. 1999-2001 yillarda Indoneziyada A.Vaxidning prezidentligi. Demokratik partiyaning Indoneziyada hokimiyat uchun kurashi va 2001 yil 23 iyulda Megavati Sukarnoputrining hokimiyat tepasiga chiqishi. Indoneziyadagi hozirgi siyosiy voqelik. Malayziya va Singapur siyosiy tuzilishining o‘ziga xos jihatlari. Singapurning “avtoritar demokratiya modeli”. 1997-1998 yillardagi Osiyodagi moliyaviy inqirozning Malayziyaga ta’siri – hukmron partiya va Bosh vazir Maxatxirning ta’siri kuchayishi. Bruneydagi monarxik hokimiyat tizimi. Filippin – diktaturadan “yangi demokratiyaga”. 1992-1998 yillarda va 1998-2001 yillarda Filippinda prezidentlar tomonidan islohotlar o‘tkazishga urinishlar. Siyosiy sulolalarning hukmron elitalarni shakllantirishga ta’siri. Hozirgi prezidenti ichki siyosati strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari.



Hozirgi arab mamlakatlarining davlatchiligi va siyosiy tarkibi: islom an’analarining ta’siri.

Arab malakatlari davlatchiligi va siyosiy tarkiblarining har xilligi, siyosiy jarayonlarning o‘ziga xosligi. Monarxik va respublika boshqaruv shakllari. Arabiston yarimoroli mamlakatlarida davlat institutlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, hukmron oilalarning alohida roli. Davlat va jamiyatda islom dinining o‘rni. Shariat arab mamlakatlari normativ tizimi va huquqiy madaniyatining bir qismi sifatida. Davlatning konstitutsiyaviy qurilishi, mamlakat rahbarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi o‘rni va roli, Sho‘ro kengashlari va boshqa konsultativ kengashlarining o‘rni va roli. Arab mamlakatlarida siyosiy partiyalarning faoliyati va ularning ijtimoiy asosi. Ko‘p partiyaviy va bir partiyaviy tizim.



Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling