Hozirgi Isroilning siyosiy tizimi va siyosiy madaniyatining xususiyatlari.
Isroil davlati siyosiy madaniyati shakllanishining o‘ziga xos jihatlari. Isroilning etnokonfessional xarakteri. Isroildagi avtoritar boshqaruv elementlari. Millatni shakllantirish muammolari va kam sonli millatlarning davlatdagi o‘rni. Din Isroil davlati milliy o‘zligining omili sifatida. Davlat tizimining faoliyati va siyosiy tarkibining asoslari. Siyosiy partiyalar va ularning faoliyati.
O‘rta Sharq mamlakatlarining siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlarining xususiyatlari.
O‘rta Sharq mamlakatlarida an’anaviy sharqona davlatlar “tepadan” isloh qilinishining natijalari. Erondagi “Oq inqilob”, Afg‘onistondagi “boshqariladigan iqtisodiyot”, Turkiyadagi etatizm siyosati va ushbu jarayonlarga G‘arbning ta’siri. XX asrning oxirgi choragida O‘rta Sharq davlatlari vujudga kelgan “islom renessansi” sabablari. Erondagi islom inqilobi, Afg‘onistonda diniy radikal kayfiyatdagilarning hokimiyat tepasiga kelishi, Turkiyada islomchilarning hokimiyat uchun kurashi. Islomchilar hokimiyat tepasida turgan davrda O‘rta Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi muammolari. O‘rta Sharq mamlakatlari siyosiy tizimi va siyosiy madaniyatining xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |