Sharq mutafakkirlarining shaxs xulq-atvori haqidagi qarashlari


Download 131 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi131 Kb.
#1754786
  1   2
Bog'liq
Xudoyberdiyeva Sh kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


INNoVATSION VA IJTIMOIY – IQTISODIyot UNiVERSITeTI 6/22 GURUH TALABASI


XUDOYBERDIYEVA SHAHLO RAVSHAN QIZINING
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING SHAXS
XULQ-ATVORI HAQIDAGI QARASHLARI
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI

TOSHKENT 2023


Mundarija:

  1. Shaxsning shakllanish omillari;

  2. Shaxsning xilma-xilligi va ularning xulq – atvorlari;

  3. Insoniyatning psixologik qonuniyatlari;

  4. Xulq-odob haqidagi hadislar;

  5. Yaxshi xulqqa intilgan shaxsning kelajagi;

  6. Insoniyatning agressivlikka moyilligi;

  7. Farzand tarbiyasida haqida



Kirish
Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’- naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liqdir. Shu bois Abdulla Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar egallashga, kitob mutolaasiga undaydi. Shuningdek, Avloniy ilmsizni jaho- lat bilan tenglashtirib, shunday fikrlarni bildiradi: “Jaholat deb o‘qimagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydur- gan nodonlikni aytilur”, – deydi. “Ilm sahroda – do‘st, hayot yo‘llarida – tayanch. Yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar, qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda – qurol- dir”22. Mutafakkir: “Go‘zallik yuzda ermas, ey birodar, so‘zi shirin kishi har kimga yoqar”, “So‘zing oz bo‘lsinu, ma’noli bo‘lsun, eshitganlar qulog‘i durga to‘lsun,” — deb insonlarni xushsuxan bo‘lishga chorlaydiki, toki so‘zlarimiz farzandla- rimiz uchun namuna bo‘lsin.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Mutafakkirning 154 ta asari nomlari ma’lum. Ulardan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Ma’sud qonuni”, “Astronomiya va yulduzlar to‘g‘risida”, “Minerologiya” va boshqa asarla- ri bizgacha yetib kelgan. Mutafakkir o‘z asarlarida falsa- fiy-axloqiy qarashlar bilan bir qatorda xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Beruniy- ning fikricha, kishilar uchun dunyoda turli holatlar bor. Bu mahmud (maqtaluvchi), yaxshilik va yomonlikdir. “Maqtanarli (yaxshi) hollarning (markazi) muruvvat (mardlik-erlik) bo‘- lib, muruvvatning tayanchi poklik va tozalikdir”, – deydi.
Beruniyning fikricha, kishi axloqiy mukamallikka eri- sha olishi uchun o‘z xulqi va odatlaridagi nuqsonlarni to- zalab, o‘zini tarbiyalab, axloqan davolashi zarur, deydi. Be- runiy xalqlar o‘rtasida do‘stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida oila va nikoh munosabatlarini yoritadi. Mutafakkir oila va nikoh munosabatlarining nozik tomonlarini axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar ekan, oilaning mu- stahkam va tinch-totuv bo‘lishi, er-xotinning ahilligi, shi- rinso‘zligi, bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatiga bog‘liq, degan fikrni ilgari suradi. Beruniy yoshlarga qarata shunday dey buyuk Sharq mutafakkirlarining merosi biz- ni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka, adolatga va mehr-oqibatga chaqiradi. Albat- ta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini, tarixini, o‘ziga xos urf-odat va an’analarini milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING SHAXS XULQ-ATVORI HAQIDAGI QARASHLARI


Sharq olimlarining, jumladan, Ibn Sinoning hikmat- lari, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro‘shnoyinoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qu- tadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Abu Rayhon Beru- niyning hikmatlari, Kaykovusning “Qobusnoma”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy” kabi asarlarida bola tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor o‘z aksini topgan. Qayd etilgan asarlardan farzand ota-onaning baxti bo‘lsa, tarbiya farzandning buguni, er- tasi va kelajagidir, degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham tarbiya – ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishi- lik jamiyati paydo bo‘lgan davrlardan beri mavjud. Negaki, inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo, u tarbiyalanishi zarur. Xalqimiz orasidagi “Tarbiyachi, avva- lo, o‘zi tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak”, degan naql bekorga ay- tilmagan. Mutafakkir Ibn Sino tarbiya beruvchilarga qarata,“Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga, avvalo, o‘zing amal qil”, – deydi.


Farzand tarbiyasida, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va boyitishda, mutafakkirlarning fikr-mulohazalari, pand-nasihatlari, hikmatlaridan foydalanish va barkamol insonni voyaga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Shaxs bu - alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o’zida inson mohiyatini, uning mavjud sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiygumanitar fanlarda o’z yo’nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o’ta murakkab ziddiyatli, qarama-qarshi, o’zini o’zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy-axloqiy va estetik aql idrok tafakkur obyekti sifatida hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxsning shakllanish omillari ko’p va xilma-xildir. Masalan genetik, (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o’z turdoshlari bilan munosabat va boshqalar shaxsning genetik jixati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, fe’l-atvor bilan, biofiziologik jixati esa yashash uchun quvvat olish bilan belgilanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy -axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o’zlashtirilishi, dunyoqarashning boyish jarayoni va natijasidir. Ijtimoiylashuv jarayoni o’zining sifat va xususiyatlariga ega, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart - sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo’lishiga ko’ra murakkabdir. Ana shu sababli u o’zida turli fanlar tomonidan ko’rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko’rinishlarini aks ettiradi. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud; An’anaviy - oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar- sharoitlarni yaratish. Institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish. Shaxslararo-o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; Refleksiv-o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baxolash, o’z-o’zini loyixalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali indiviual ongni taraqqiy etish. Sharq yulduzi sanalgan Abu Rayhon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) qarashlarida iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonining mohiyati, ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi moddiy extiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog’liqlikda aks ettirgan. Jaxon fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan buyuk qobusiy olim Abu Ali alXusayin ibn Abdulloh ibn Xasan ibn Ali (980-1037) Ibn Sino o’zining buyuk “Tib Qonunlari” asarida iqtisodiy tarbiya haqida so’z yuritib; “Agar oila boshlig’i ,deydi Ibn Sino, tajribasizlik va noxaqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundanda yomon natijalar kelib chiqadi” . Uning fikricha agar oila boshligi yetarlicha ijtimoiylashgan va bu borada ma’lum tajribaga ega xolatda oilani ijtimoiylashtirsa oila baxtli bo’ladi. Mutafakkir va davlat arbobi Yusuf xos Xojib o’zining “Qutadg’u bilik” asarida ham aynan ijtimoiylashuv masalasiga oid 4ta obraz vositasida mohiyatni ochib bergan; Birinchisi-adolat bo’lib u Podshox Kuntug’di timsolida, ikkinchisi davlat bo’lib, vazir Oyto’ldi , uchinchisi- aql bo’lib , vazirning o’g’li O’gdilmish, to’rtinchisi- qanoat bo’lib Uning qarindoshi O’zgirmish qiyofasida tasvirlangan. Shaxsning iqtisodiy ijtimoiylashtirish jarayonida iqtisodiy tarbiya masalasi ham muxum o’ringa ega. Bunda buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (1441-1501) Alisher Navoiy. qarashlari o’ziga xos alohida axamiyat kasb etadi. Allomaning shaxs ijtimoiylashuvi borasidagi qarashlari, asosan, “Xazoyin ul-maoniy” She’riy devoniga joylangan.
Oʻtmishda ajdodlarimiz insoniyatning psixologik qonuniyatlarini muayyan ilmiy yoʻnalish sifatida oʻrganmagan boʻlsalarda, biroq allomalarning asarlari, qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning yoritilishi, tahlili kuzatiladi. Biz sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini oʻrganishga boʻlgan intilishi kishilar hayotining har xil tarixiy bosqichlarida ularning qanday nazariy va amaliy bilan taqozo qilganligini baʼzi qonuniyatlar qanday kashf etilganligini bilib olamiz. Taʼkidlash lozimki, allomalarning shaxs maʼnaviy-ruhiy kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgi kungacha oʻz oʻrni va ahamiyatiga egadir. Jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, kabi mutafakkirlarning pedagogik-psixologik qarashlari bugungi kunda fan taraqqiyotining metodologik asosi boʻlib xizmat qilmoqda.
Xulq-odob haqidagi hadislarda eng ezgu insoniy xislatlar ulugʻlanib, gunoh sifatidagi illatlar qoralanadi. Hadislarda insoniy xislatlardan ezgulik, iffat, sabr-qanoat, shukronalik kabi axloqiy xislatlar ulugʻlansa, isrofgarchilik, taʼmagirlik, ochkoʻzlik, nafsu-havoga, shahvoniy hissiyotlarga berilish, baxillik, johillik kabi illatlar, yomon xatti-harakatlar “gunoh” sifatida qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi ezgu xatti-harakatlar, faoliyat “savob” tarzida olqishlanadi. Abu Nasr Farobiy inson kamolotga yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada boʻlish, ularning koʻmaklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj boʻladi, deb hisoblaydi. Bunga Farobiy taʼlim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini toʻgʻri bilib oladi va hayotda toʻgʻri yoʻl tutadi, boshqalar bilan toʻgʻri munosabatda boʻladi, jamiyat tartib-qoidalariga rioya qiladi.
Farobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq-odobda ham qay darajada pok boʻlishi kerakligini “Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida”gi risolasida shunday taʼriflaydi: “Falsafani oʻrganishdan avval oʻzingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notoʻgʻri tuygʻularga emas, balki kamolotga boʻlgan hirs-havas qolsin.
Bunga xulq-axloqni faqat soʻzdagina emas, balki haqiqatda tozalash orqali erishish mumkin. Shundan soʻng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yoʻlini tushunib olishga boshlovchi (notiq-soʻzlovchi, fikrlash maʼnosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur”.
Abu Rayhon Beruniy ilmli, maʼlumotli kishi boʻlishning oʻzini odob-axloq va nafosat bilan bogʻlaydi. Uning dunyoqarashida axloq masalasi insonning eng asosiy sifatlari sifatida mujassamlashgan. Beruniyning fikricha, aqliy qobiliyatlar odamlarning kundalik ehtiyojlari asosida vujudga kelsa, axloqiy masalalar tarixiy taraqqiyot, odamlarning oʻzaro munosabatlari bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻladi va rivojlanib boradi. Beruniy soʻzlari bilan aytganda, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Shuningdek, u insonning ijobiy va salbiy tomonlarini birma-bir taʼrif etadi. Masalan, olim insondagi yaxshilik, rostgoʻylik, oliyjanoblik, muruvvat, mehr-shafqat, doʻstlik va jamoatchilik kabi fazilatlarni ulugʻlaydi. Shu fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan har bir inson har narsaga qodirligini, oʻz eli va yurti uchun beqiyos naf keltirishi mumkinligini alohida taʼkidlaydi, bu hozir ham taʼlim-tarbiya sohasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Yolgʻonchilik, yomonlik, raqobatlashish, gʻanimlik, ichqoralik, qoʻpollik, oʻgʻrilik, tuhmatchilik, ikkiyuzlamachilik, oʻziga bino qoʻyish, xushomadgoʻylik, chaqimchilik illat sifatida qoralanadi.
Beruniy gʻazab, taʼma balosidan qutila olmagan kishilarni inson degan pok nomga sazovor emas, deb taʼlim bergan. Yuqorida lazzat va alam kabi tushunchalarning mazmunini bayon etar ekan, alloma alam, taʼma, oʻch olish singari salbiy tushunchalarni yaxshilik tushunchasiga mutlaqo yot deb hisoblaydi. Beruniy axloqsiz odamlarni qayta tarbiyalash orqali odobli, yaxshi kishilar safiga qoʻshishi, axloqsiz yomon odamlar birinchi navbatda nafsoniy hirs-havasdan oʻzini tozalashi, axloqiy kitoblarda zikr qilingan barcha yaxshiliklarni oʻrganishi hamda yaxshilar bilan yaqin munosabatda boʻlishi, yaxshilarga taqlid qilib yashash orqali odam oʻzini-oʻzi qayta tarbiyalashi mumkinligini isbotlashga uringan. Yaxshi kishilarga ergashish bu faqat bolalargina emas, balki barcha jamiyat aʼzolariga ham xos xususiyat ekanligini oʻsha zamonda aytilgan boʻlsada, ular hozirgi zamon pedagogik-psixologiyasining ham asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Yaxshi xulqqa intilgan, namunaga taqlid qilgan oʻquvchi eng avvalo oʻz imkoniyatlarini tushuna boradi, jamoadagi oʻrnini toʻgʻri belgilaydi. Inson ongli va tabiatning eng oliy mavjudoti boʻlgani uchun ham namunadan oʻrnak oladi. Irodasizlik oʻzini-oʻzi qoʻlga ololmaslik insonga xos xususiyat emas deb koʻrsatgan edi, Beruniy.
Jaloliddin Rumiy ham “Maʼnaviy masnaviy”sida inson xulq-atvoridagi salbiy xususisyatlar borasida oʻz qarashlarini bildiradi. U adovat, badjahillik, hasadgoʻylik, aybjoʻylik, gʻaraz, qahr-gʻazabni qattiq qoralaydi va insonning eng qabih illatlari sifatida tavsiflaydi.
Uning taʼkidlashicha, “hasad nafsga bogʻliq sifat boʻlib, kishi oʻzidagi nuqsonni va begonaning kamolotini anglab yetgach, kin-adovat va badjahillikdan bedavo ruhiy dardga giriftor boʻladi. Hasadchi hamisha oʻz qurbonini muayyan sifatdan mahrum boʻlishini orzu qilib yashaydi. Bu dard uni hamisha taʼqib aylaydi. Hasadchi ranj ichida oʻz oʻtiga qovriladi. Hasad murakkab sifatdir. Uning natijasi xavfli va gʻoyatda ogʻir. Oʻz nuqsonini anglagan kishi avvalo oʻz kamoloti yoʻlida harakat qilmogʻi oʻrniga fazilat sohibining mahrumiyatini, xaloqatini istaydi. Xuddi shuning oʻzi nafsning zaifligini, darmondaligini isbotlaydi… Hasad mashaqqatli dovon. Undan kamdan-kam odamgina oʻta oladi. Alloma “Ayb qidirmoq va taʼna qilmoq insonning eng qabih illatlaridandir”- deydi. Bu koʻngilsiz hol bir odamning oʻzi nopisand bilgan kishiga nisbatan adovati mahsuli hisoblanadi. Kimki pok insonlar va Xudoning mardlariga taʼna qilsa oʻz botini yuzidagi pardani olib tashlagan boʻladi. Oʻzining bad niyatini oshkor aylaydi. Badnom va rasvo boʻladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Jaloliddin Rumiy oʻzining “Maʼnaviy masnaviy”sida insoniyatning agressivlikka moyilligi, agressiv reaksiyalar, agressiv xulq-atvor shakllari xususida qarashlarini bayon etadi.
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida insoniy fazilatlar va ezguliklarni madh etib, targʻibu-tashviq etish bilan cheklanmay, ayni zamonda odamlardagi yomon, xunuk, insoniylikka xilof xislatlarni, insonlar uchun, jamiyat uchun zararli, sharafli inson shaʼniga yarashiqsiz xulq-atvor va sifatlarni tanqid qiladi. Achchiq soʻzlilik, nodonlik, yomon qiliqlilik, yolgʻonchilik kabi illatlarga berilgan kishilarni qoralaydi. Navoiy ana shu yomon, yaramas xislatlardan, illatlardan odamlarni xoli koʻrishni istaydi. Karamli, muruvvatli, sadoqatli, yumshoq koʻngilli, shirinsuhan, muloyim boʻlish kabi bir talay fazilatlarni Navoiy koʻklarga koʻtarib madh etadi.
“Achchiq tillik” eng yomon xususiyatlardan biri ekanligi haqida Alisher Navoiy shunday yozadi: “Achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Koʻngilda til nayzasining jarohati bitmas, unga hech narsa malham boʻla olmaydi”. Uning bu fikrida verbal agressiya, yaʼni salbiy his-tuygʻularni ogʻzaki tarzda ifodalash shakli oʻz aksini topganligini koʻrishimiz mumkindir.
Navoiy kishilarni ochiq chehrali boʻlishga daʼvat etadi va deydiki, bunday kishilarning “ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik va shirin soʻzidan ulusgʻa shodlik yetishadi”. Alisher Navoiy inson xulq-atvoridagi salbiy jihatlarni quyidagicha ifodalaydi:
“Yaxshilikka mukofotni qoʻpollik, odob bilan qilingan xushmuomala evaziga kekkayish, takabburligʻdan oʻzgacha munosabatni koʻrmaymiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan oʻn zarb yeyishga tayyor turmoq kerak, kimgaki bir tavozeʼ koʻrsatsang, ming qoʻpollik va dilsiyohlikka xozir boʻlib turmogʻing lozim. Har qanday xizmatkorlik qilib, uning evaziga jabr-jafo koʻrganing holda, sendan yana xizmat kutadilar. Har qancha vafodorlik koʻrsatib, koʻz oldida ranj-mashaqqat tortsang, yana qulluq taʼma qiladilar. Doʻst sifatida joningni bermasang, joningga dushmanlik qiladilar, ularning koʻngli uchun nohaq qon toʻkishga rozi boʻlmasang, qoningning toʻqilishiga guvohlik beradilar. Doim istagan ishlarini oʻz vaqtida qilsang-u, ammo bir gal kechiksang, soʻkib haqoratlaydilar”.
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida yaxshi fazilatlar va yomon xislatlar borasida fikr bildirar ekan, axloqsizlik sifatida eʼtirof etiluvchi agressiv xulq-atvor xususida ham toʻxtalib oʻtib, bu xulq-atvor shaklini hayotiy misollar orqali tushuntirishga harakat qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali Ibn Sino axloqlikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan taʼriflaydi. Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham tahlil etadi va har biriga taʼrif beradi. Masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega boʻladi, yomon illatlardan oʻzini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi-muhabbat, moʻtadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qatʼiyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Inson hissiy va maʼnaviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-syokin inson feʼl-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini oʻrab olgan tashqi muhit, odamlar alohida muhim rol oʻynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishgagina emas, balki uning xulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham taʼsir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor boʻlish kerakligini, bola yomon odatlarga oʻrganmasligi uchun, uni yomon odatlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning tarbiyalash masalalariga keng oʻrin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga yetadi.
Tarbiya - shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
Qadimiy Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardo‘shtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Zardo‘shtiylik ilohi Axuramazda – ezgulik, Axriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Zardo‘shtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas ki- tobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui, deyish mumkin. Qadimgi Yunon allomalari Suqrot, Aflotun, Arastu ta’lim-tarbiya, axloqshunoslik borasida bir qator qarashlarni ilgari sur- gan. Arastu antik dunyo fuqarosining an’anaviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – “jen” (insoniylik)dir. Masalan, “Lun yuy” (Hikmatlar) kitobida shunday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi.”10
Abu Nasr Forobiy Arastu izidan borib, falsafani ik- kiga: nazariy va amaliy jihatlarga ajratadi va axloqiy tarbi- yani amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning “Baxtga erishuv yo‘lini ko‘rsatuvchi kitob “Fozil odamlar shahri”11 kabi asarlarida yoritilgan. Mutafakkirlar o‘z asarla- rida insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiya- lab, sabot-matonatli, ajdodlar an’anasiga bo‘ysunadigan, axloqan pok, ezgu niyatli, barkamol bo‘lishiga alohida e’tibor bergan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida kishi- dagi ijobiy fazilatlar uni doimo kamolot sari yetaklashi, inson doimo o‘z tarbiyasiga e’tiborli bo‘lib yurishi zarur- ligi uqtiriladi. Shuningdek, unda uyat-andisha, or - nomus, vatanparvarlik, xushmuomalalik, shirinso‘z, kattaga hurmat, kichikka izzat, o‘z-o‘zini hurmat qilish, ochiq yuzlilik, aqlli va dono, bilimli, xulqi xush kabi – jami 17 ta fazilatlar yoritilgan. Jumladan, uning:
Birisi shoshilmoq, biri-ko‘zi och,
Biri jaholatdir, yaqinlashma, qoch.
To‘rtinchi – yovuzlik, buzuq fe’llilik,
Oxirgisi – yolg‘on, qo‘pol tillilik.
Bulardan tubani yomon fe’l erur,
Yomon fe’l kishiga alamlar berur.
Ochiq yuz, shirin so‘z, mayinlik kerak,
Fe’l-atvorda moslik, tayinlik kerak,
degan misralarida xalqni g‘iybatdan, yolg‘ondan, tubanlik- dan, qo‘pollikdan yiroq bo‘lib, shirinso‘z va chiroyli, mayin muomalada bo‘lishlikka chorlaydi. Zero, bunday milliy fa- zilatlarga yondashgan insonning oilasi mustahkam, o‘zi esa baxtli bo‘ladi.
Agar Sharq adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, islomiy g‘oyalar negizidagi axloqqa oid dastlabki asarlar pandnoma, hikmatlar ko‘rinishida yaratilganining guvohi bo‘lamiz. Bu, albatta, islomiy adabiyot olamida inson tarbiyasi masala- si qadimdan katta ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki pandnoma va hikmatlarda ko‘tariladigan asosiy g‘oyalar shaxs- ning ma’naviy va jismoniy kamoloti masalalaridir.
Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Hakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi mutafakkirlar o‘zlarining beqiyos ma’rifatlari bi- lan umuminsoniy madaniyatning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shishgan. Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy ma’rifat- ni ilm, amal, odob bilan o‘zaro bog‘liq xislatlar deb hisob- laganlar. Ularning fikriga ko‘ra, kishining odobi, xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, uning xulqi shun- chalik yaxshi va mukammal bo‘ladi.
Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini o‘rganar ekanmiz, beixtiyor milla- timizga xos bo‘lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar ko‘z o‘ngi- mizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno- sabat, go‘zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning: “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi va his qilishi- ning o‘zi yetarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishi muhimdir”, – degan fikrlarida olam-olam ma’no bor. Mu- tafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o‘zlari namuna bo‘lgan holda oilalarida, ishlarida, ro‘zg‘orlarida, uy tutishlarida, o‘zaro munosabatlarida, yurish-turishlari- da, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo‘ladigan muomalada go‘zallikni yarata olishla- ri zarur, degan g‘oya o‘z aksini topgan. Ajdodlarimiz ham o‘z- lari namuna bo‘lgan holda o‘z farzandlariga pandu nasihat- lar qilganlar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi xulq-atvorga, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, — degan ekan. Arab hikmatlarining birida: “Uch narsa kishi aqlini pesh- laydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat, ikkinchisi ha- yotiy tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. In- son ikki narsaning qadrini faqat yo‘qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog‘liq”, — deb ta’kidlangani bejiz emas. Darhaqiqat, inson odamlar orasida yashar ekan, o‘zaro muomala va munosabatda bo‘ladi hamda o‘sha jamiyatdagi insonlarning axloqi, tarbiyasi ko‘zgusida yashaydi, unga ko‘nikib ketadi. Jamiyatda xushmuomala, tarbiyali, aqlli, tashabbuskor, faol insonlarni hamma yaxshi ko‘radi. Mutafakkirlarimizning tarbiya, ilm, fanga oid qarashlarini quyida keltirishdan maqsad, ular farzand tarbiyasida unumli foydalanishda oz bo‘lsa-da, yordam beradi, deb umid qilamiz.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalari- ga oid katta ilmiy meros qoldirdi. M.Xayrullayev o‘zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari” monografiyasida Forobiyning 119 ta asari ro‘yxatini keltiradi. O‘z davri- ning zukko, ilmli mutafakkiri Forobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan va ko‘pgina tillardagi eng muhim asarlarni asliyatda mutolaa qilgan.15 Agar Aristotel Sharqda “Mual- limi avval” degan unvon olgan bo‘lsa, Forobiy Aristotel asarlarini targ‘ib qilgani va uning qarashlarini yanada ri- vojlantirgani, Aristotel kabi universal ilmga ega bo‘lga- ni uchun “Muallimi soniy”16 (“Ikkinchi muallim”) degan nom olgan. Forobiy ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan “Fozil shahar aholilarining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” kabi asarlarni yozgan. Forobiy fazilatli shaharda ilm, falsafa, axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i ke rak, shundagina jamiyat yetuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritish, axloqiy va aqliy mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir,17 shuningdek, bi- lim-ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim,
— degan so‘zlari zamirida oilada, ta’lim muassasalarida far- zandlarga nafaqat bilim, balki tarbiya ham zarurligi ilgari surilgan. Zero, dono xalqimiz “Bola – odobi bilan go‘zal”, deb bejiz aytmagan.
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumid-din” kito- bida to‘rtta katta mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi va g) najot beruvchi narsalar haqidagi qism- lar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Ta’kidlash joiz, Abu Homid G‘azzoliy biror mavzu- ni yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradi, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadi, keyin esa sahobalar va boshqa ulug‘larning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradi, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadi, lozim o‘rin- larda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydi.18 Biz Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining “Muhliqot”(ha- lokatga olib boruvchi ofatlar) qismini, ya’ni “Til ofat- lari”ni tanladik. Ushbu kitobda muomala odobi, yuksak axloqiy intizom masalalari oyat, hadis asosida sahobalar- ning so‘zlari, ibratomuz rivoyatlar orqali yoritilgan. Biz qisqa bo‘lsa-da, til, til ofatlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir doirasiga chek yo‘q: yaxshilik sari yursa, oldida keng maydon, ufqlar qadar cho‘zilgan, yomonlik yo‘liga kirsa, ilon-chayonlar kabi sudralib, tubsiz tubanlikka ketishi mumkin ekani beixtiyor, har birimizni avval o‘ylab, keyin so‘ylashga chorlaydi.
Abu Bakr ibn Iyosh hikoya qiladi: “To‘rtta shoh – Hind,
Chin, Eron va Rum podshohlari bir joyga jamlandi. Biri
edi: “Aytmaganlarimga emas, aytgan so‘zlarimga pushaymon- man”. Yana biri aytdi: “Qachonki bitta so‘z gapirgan bo‘lsam, u so‘z mening xo‘jayinimga aylandi, men unga tobe. Gapirma- gan so‘zimga esa men xo‘jayin bo‘ldim, u menga tobe”. Uchinchisi dedi: “Gapirgan gapi o‘ziga qaytarilsa, zarar beradigan, agar qaytarilmasa, foyda bermaydigan gapiruvchiga ajablana- man?!” To‘rtinchisi dedi: “Aytganlarimdan ko‘ra, aytmaganla- rimni rad qilish menga osonroq”.
Abu Zar deydi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam menga shunday dedilar:
Badaningga yengil, mezonda og‘ir amalni senga o‘rgataymi?
Ha, albatta, ey Ollohning rasuli, — dedim.
Bu amal – jim yurish, go‘zal xulq va behuda gaplardan tiyilishdir, — dedilar.
Ibn Mas’ud aytdi: “Sizlarni ortiqcha gapdan ogohlanti- raman! Kishiga ehtiyoj darajasidagi gap kifoyadir”.
Mujohid dedi: “Albatta, so‘zlar yozib boriladi. Hatto kishi o‘g‘lini tinchitish uchun: “Senga falon-falon narsalar sotib olaman,” – desa, uni “kazzob” deb yozib qo‘yiladi.
Mutafakkir Abu Homid G‘azzoliy qarashlaridagi go‘zal xulq, muomala, so‘zlashda aql va zakovat bilan o‘ylab gapirish, yolg‘on gapirishdan yiroq bo‘lish ilgari surilgan. Mutafak- kirning bu fikrlarini yoshlar ongiga singdirish va tarbiya- lash orqali oilalardagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, turli kelishmovchiliklar, nizolarni oldini olish mumkin. Chunki yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan chiqishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, kelinglar, oilada farzandlar- ga, yaqinlarga muloyim, shirinso‘z, chiroyli muomalada bo‘lib, imkon qadar namuna bo‘lishga harakat qilaylik.
Tarbiyani keng ma’noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi bilan chegaralab qo‘ymaydi. U, avvalo, bolaning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish lozimligiga e’tibor qarata- di. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’- rifatga ega bo‘lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avlo- niy fikricha, «badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgat- moq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur».
Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiya- si borasida asosiy mas’uliyat muallimlar zimmasida ekani- ga urg‘u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning «diqqatla- riga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mu- tafakkir Abdulla Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘- liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’- kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuy- g‘usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqati qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni ta- savvur etib bo‘lmaydi, degan fikrlarni ilgari suradi.


Xulosa
Ijtimoiylashuv cheksiz jarayon sifatida baxolanib, Biron bir yosh davri bilan chegaralanmay, aksincha, individning hayoti davomida ijtimoiy malakalarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan uzluksiz jarayondir. Individ tomonidan ijtimoiy rollar va odob-axloq normalarini o’zlashtirilishiga alohida urg’u berishi, ijtimoiylashuv xodisasining ijtimoiy tajribani boshqa individga yetkazishning ajralmas xususiyati sifatida ko’rilishi bilan bog’liq xolat ekanligidadir. Bundan ko’rinib turibdiki shaxsning ijtimoiylashuvi nafaqat xozirgi zamon global masalasigina bo’lib qolmay bir necha asrlar avval yashab o’tgan sharq mutafakkirlarining ham asarlarida alohida yoritilgan mavzulardan bo’lgan.



Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling