«sharq» nashriyot-matbaa


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana13.05.2020
Hajmi1.35 Mb.
#105580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
OILA PSIXOLOGIYASI (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik)

cha,  Yevropa  xalqlari  oilalarida,  yosh  oilalarda  va  urbaniza-
tsiyalashuv  darajasi  yuqori  bo‘lgan  shahar  oilalarida  ajralish
tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi. 
Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulo-
hazalarimizni  bildirishdan  oldin  o‘zbek  oilalarida  ajralishlar-
ning  o‘ziga  xos  xarakteri,  ya’ni  boshqa  (ayniqsa,  chet  mam-
185
www.ziyouz.com kutubxonasi

lakatlaridan)  millatlardan  farq  qiluvchi  jihatlariga  to‘xtalib
o‘tishni  lozim  topdik.  Bu  quyidagi  obyektiv  omillarga  bog‘liq
bo‘lishi  mumkin:  birinchidan,  qishloq  joylarda  ajrashgan  ayol
erkakka  nisbatan  jamoatchilik  tomonidan  ko‘proq  tanqidiy
muhokama  qilinadi.  Ikkinchidan,  qishloq  joylarda  ajralishgan-
dan so‘ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi,
negaki  o‘zbek  millatidagi  o‘ziga  xos  urf-odatlar  o‘zbek  ayoli-
ning uy-joylarni eriga qoldirib, o‘z ota-onasinikiga (uning aka-
ukalari  o‘z  oilasi,  xotini,  bolalari  bilan  yashayotgan  va  ajrash-
gan  ayol  uchun  ahvolni  yanada  jiddiylashtiruvchi  joyga)  borib
yashashga  majbur  bo‘ladilar.  Uchinchidan,  qishloq  ayollarida
ajralishgandan  so‘ng  qayta  oila  qurish  imkoni  nihoyatda
kamdir.  Mana  shu  obyektiv  sabablarni  hisobga  olgan  holda
qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasida-
gi  munosabatlar  nihoyatda  ziddiyatli,  nizoli,  ular  orasidagi
mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko‘nikib
yashayveradilar.  Ba’zi  ayollar,  aslida  eri  bilan  birga  yashama-
yotgan bo‘lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsa-
dida, uning boshqaga uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy
ravishda,  sud  orqali  ajrashishga  ko‘nmaydilar.  Qishloq  joy-
lardagi  ajralishgan  erkaklar  ayollarga  nisbatan  birmuncha
imtiyozli  vaziyatda  bo‘ladilar:  ular  ajralishgandan  so‘ng  o‘z
yaqinlari  tomonidan  ko‘proq  qo‘llab-quvvatlanadi.  Bolasi  yo‘q
bo‘lgan  holatda  esa  ajralishgan  erkak  uchun  turmushga  chiq-
magan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug‘dirmay-
di. Bundan tashqari u ajralishdan so‘ng oldingi sharoitda — o‘z
(ota-onasining)  uyida  qoladi  va  navbatdagi  yangi  oila  qurish
imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralish-
larning tashabbuskorlari ko‘proq erkaklar bo‘ladilar.
Agar  ajralish  «ozodlik»  deb  hisoblanadigan  bo‘lsa,  unda
hozirgi  zamon  nikoh-oila  qonunchiligiga  ko‘ra  bu    «ozodlik»
«kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan
Yevropa  xalqlariga  mansub  bo‘lgan  yosh  oilalarda  bu  quyidagi
formula tarzida bo‘lishi mumkin. 
Ayollar uchun:
Ajralish  =  ozodlik  +  bola  +  aliment 
 uy + yolg‘iz ona-
larga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi.
Erkaklar uchun: 
Ajralish = ozodlik 
 bola aliment  uy + yangi oila qurish
imkoniyati. 
186
www.ziyouz.com kutubxonasi

Agar  ajralishlarning  ayol  va  erkakka  ko‘rsatadigan  asosiy
ta’sirlarini sanaydigan bo‘lsak, ular quyidagicha bo‘ladi:
Jamiyat uchun — noto‘liq oilalar soni ko‘payadi, oilalararo
yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi
jinsga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi, fohishabozlik ortadi, teri-
tanosil  kasalliklarning  ortishi  kuzatiladi,  shaxsning  ijtimoiy
faolligi susayadi.
Erkak uchun — yolg‘izlik hissining ortishi, giyohvandlik va
ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. 
Ayollar  uchun —  yolg‘izlikni  his  qilishning  ortishi,  qayta
oila  qurish  imkoniyatining  cheklanganligi,  nevrozlar,  stresslar,
turli xastaliklar, o‘z joniga qasd qilish.
Yuqoridagilar  bilan  birga,  o‘zbek  oilalar  ajralishganda
o‘zgacha  xususiyatlar  ham  kuzatiladi.  Psixolog  olim  Faxriddin
Ro‘ziqulov  ajralishning  asoratlari  mavzusida  o‘tkazgan  maxsus
tadqiqot natijalariga ko‘ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol
bo‘ladi.  Ya’ni  ajralish  erkaklarga  nisbatan  ayollarni  kelgusi
oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila budjetiga, ayolning
salomatligiga,  o‘z  ota-onasi  bilan  bo‘lgan  ota-ona  va  farzand
munosabatlariga,  ajralishgan  ayolning  ruhiyatiga  kuchli  salbiy
ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  bilan  birga  ayol  uchun  katta  hayotiy
muammolarini  —  qayta  oila  qurish  va  yolgizlik  muammosini
keltirib  chiqaradi.  Bu  qishloq  va  shahar  ayollarida  deyarli  bir
xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida
jinsiy  xulq  jihatdan  birmuncha  erkin  bo‘lganlari  hamda  o‘z
kasb  faoliyatlari  bilan  faol  shug‘ullanganlari  tufayli  qishloq
ayollariga nisbatan yolg‘izlikdan kamroq jabr ko‘radilar. 
Noto‘liq  oiladagi  bolalar  tarbiyasi. Noto‘liq  oila  haqida
gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar
ham  turlicha  yuzaga  keladi.  Oilalar  er-xotinlardan  birining
vafot  etganligi  tufayli  yoki  ularning  ajralishi  tufayli  noto‘liq
bo‘lib  qolishi  mumkin.  Albatta,  oilada  ota  yoki  onaning  vafot
etishi bu ulkan fojia, avvalo, bu fojia hech kimning boshiga tush-
masin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga
nisbatan,  uning  sha’niga  ijobiy  munosabatlar  saqlanib  qoladi.
Biroq  er-xotinning  ajralishi  sababli  yuzaga  kelgan  noto‘liq
oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetim-
lik»  jamoatchilik  o‘rtasida,  ayniqsa,  bolalar  jamoalarida  (bog‘-
chada,  maktabda,  tengdoshlar  davrasida)  nisabatan  kuchliroq
qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomo-
187
www.ziyouz.com kutubxonasi

nidan,  ularning  yaqinlari  tomonidan  sobiq  turmush  o‘rtog‘i
sha’niga,  uning  shaxsiyatiga  salbiy  bo‘yoqlar  beruvchi  muno-
sabatlar  shakllanadi.  Sobiq  er-xotinlar  tomonidan  bir-birlarini
qoralovchi  fikr-mulohazalar  ko‘proq  bildiriladi.  Bular,  albatta,
bu  toifa  noto‘liq  oilalardagi  o‘zaro  munosabatlarning  shaklla-
nishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Ajralish  faqatgina  ajralgan  er-xotinlar  emas,  balki  ajralish
oqibatida  otasiz  yashayotgan  farzandlarga  ham  salbiy  ta’sir
ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish natijasida otasiz o‘sayotgan qiz
bolaning  his-tuyg‘ulariga,  otasiga  bo‘lgan  mehriga,  qiz  bolada
shakllanadigan  ota  obraziga  va  otasiz  o‘sayotgan  qizning
ruhiyatiga  kuchli  salbiy  ta’sir  qiladi.  Bu  esa  nafaqat  qiz  bola-
ning bolalik davrida balki kelgusida o‘zi mustaqil oila qurganda
ham  o‘z  asoratini  ifodalashi  mumkin.  Ko‘p  tadqiqot  natijala-
rining  ko‘rsatishicha  va  rivoyatlarda  ifodalanishicha  hamda
F.Ro‘ziqulov  tadqiqotlarida  ilmiy  jihatdan  o‘z  tasdig‘ini  top-
ganligi  asosida  o‘z  otasiga  mehr  va  hurmati  yetarli  ravishda
shakllanmagan  qiz  kelajakda  oila  qurganda  turmush  o‘rtog‘iga
ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi. 
Mazkur  tadqiqot  natijalariga  ko‘ra  ajralishgan  oiladagi  va
otasiz o‘sayotgan o‘g‘il bolaning o‘qishiga va tarbiyasiga salbiy
ta’sir etishi kuchli bo‘lar ekan. 
Shu  bilan  birga  ajralish  kelin-kuyovlarning  ota-onalarini
ruhiyatiga,  salomatligiga,  qudalar  orasidagi  munosabatiga,
qarindoshlar va jamoa orasidagi obro‘si va oila budjetiga salbiy
ta’sir  qiladi.  O‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  kuyov  tomonga
nisbatan ko‘pgina mezonlar bo‘yicha kelin tomon, ya’ni kelin-
ning ota-onalari ruhan ko‘proq jabrlanar ekan. 
Ma’lumki, o‘zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa mil-
latlar,  masalan  rus  oilalarinikiga  qaraganda  ikki  marta  kam.
Lekin  har  bir  ajralishgan  oilaga  to‘g‘ri  keladigan  «tirik  yetim»
bolalar  soni  o‘zbek  oilalarida  2—2,5  martaga  ko‘p.  Shu  bilan
birga,  «ajralish  madaniyati»ni  quyi  saviyada  ekanligi  va  o‘ziga
xos  milliy  xususiyatlari  bilan  ifodalanishi  o‘zbek  oilalarida
ko‘proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko‘ra ajralishlar-
ning  salbiy  asoratlari  o‘zbek  oilalarida  boshqa  millatlar  oilala-
ridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi. 
Shuning  uchun  ham  hozirgi  vaqtda  ajralish  muammosini
ilmiy asosda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu  o‘rinda  ajralish  omillari  va  sabablarini  aniqlash  muhim
188
www.ziyouz.com kutubxonasi

ahamiyatga  ega.  Chunki  aksariyat  hollarda  mahallalarda
nikohni bekor qilish borasida o‘tkaziladigan sud ishlarida ajral-
moqchi  bo‘lgan  oilani  buzilishining  asl  sababini  aniqlab,
nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. 
8.6. AJRALISHLARGA SABAB BO‘LUVCHI OMILLAR
Ko‘pincha  ajrashayotganlardan  ajralish  sababini  so‘ralsa,
ular qandaydir hamma uchun standart bo‘lib qolgan sabablarni
ko‘rsatishga  harakat  qilishadi.  Masalan,  «xarakterimiz  mos
tushmadi»,  «o‘zga  shaxsning  aralashuvi»,  «qo‘pollik»,  «moddiy
qiyinchilik»,  «ichkilikbozlikka  berilish»,  «yashash  sharoitining
noqulayligi», «ota-onalarning noo‘rin aralashuvi» va h. k.  Agar
tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, vaziyatga qarab, bunday ko‘rsat-
kichlar  ba’zilarda  sabab,  ba’zilar  uchun  esa  bahona  vazifasini
o‘taydi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  oiladagi  ma’naviy-
ruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birini qan-
chalik  yaxshi  tushunsalar  bu    «sabablar»  (bahonalar)  oilaning
inqiroziga  asosiy  sabab  bo‘la  olmaydi.  Yoshlar  (er-xotin)
o‘rtasidagi  munosabat  qanchalik  noxush  bo‘lsa  bu  bahonalar
shunchalik kuchli va salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu holatlar ajra-
lishlarning sababi bo‘lib qolishi mumkin. 
O‘zbek  oilalarida:  «turmush  o‘rtog‘ining  qo‘polligi»,  «tur-
mush  o‘rtog‘iga  nisbatan  qo‘pol  munosabatda  bo‘lish»,  «tur-
mush  o‘rtog‘ining  ota-onasi  va  boshqa  qarindoshlarining
aralashuvi»,  «turmush  o‘rtoqlardan  birining  oilani  umumiy
masalalariga  befarq  qarashi»  kabilar  ko‘proq  sabab  bo‘lsa,
Yevropa  xalqlari  oilalari  uchun  esa  ajralish  sabablari  sifatida
aksariyat  hollarda,  ichkilikbozlikka  berilish,  er-xotin  xiyonati,
xarakterlarning mos kelmasligi kabilar qayd etiladi.
Ajralishlarning  sabablarini  aniqlash  maqsadida  o‘tkazilgan
tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  o‘zbek  oilalarida  ajralishlarning
motivlari  sifatida  ko‘rsatilgan  ta’sirlardan  asosiylari,  yuqorida
qayd etilganidek, «turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi», «ota-onalar
va  boshqa  qarindoshlarning  aralashuvi»,  «bir-biriga  nisbatan
befarqlik»,  «er-xotindan  birining  oilaviy  masalalarga  nisbatan
befarqligi» kabilar ajralish sabablari sifatida ko‘rsatilgan.
Shunday  qilib,  ajralish  muammosi  hozirgi  paytda  jamiyat-
ning  eng  dolzarb  muammolaridan  biri  bo‘lib  qolmoqda.
Oilalarni  ajralishlarining  mavjudligi  bizning  respublikamizda
189
www.ziyouz.com kutubxonasi

ham  keng  jamoatchilik  diqqatini  o‘ziga  qaratib,  bu  muammo-
ning  yechimini  topish  uchun  kerakli  choralarni  ko‘rishga  da’-
vat  etmoqda.  Chunki  yuqorida  qayd  etilganidek,  ajralishlar
natijasida millionlab odamlar — eng avvalo, farzandlar, ayollar,
qolaversa  erkaklar  va  hatto  ajralishganlarning  yaqinlari  ham
«ma’naviy jarohat» oladilar.
Bularning  barchasi  o‘zbek  oilasida  ajralish  masalasiga  jid-
diyroq  e’tibor  berish  lozimligini  va  uning  oldini  olish,  salbiy
asoratlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan hol-
da ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan qanday xulosa chiqarmog‘imiz va shaxsiy
hayotimizda  nimalarga  amal  qilmog‘imiz,  nimalarga  e’tibor
bermog‘imiz lozim?
1.  Turmush  o‘rtoq  tanlashda  shoshilmang  va  adashmang.
«Nikoh  oldi  omillari»  va  o‘zga  mavzulardan  tegishli  xulosa
chiqarib ish ko‘ring.
2.  Hayot  taqozosi  bilan  va  tajribali  kishilar  maslahatlariga
ko‘ra ajralishingiz muqarrar bo‘lsa, vaqtni cho‘zib o‘tirmang va
farzand ko‘rishdan saqlaning.
3.  Ajralish,  Sizga,  turmush  o‘rtog‘ingizga,  ota-onalaringiz-
ga,  (agar  bo‘lsa)  farzandlaringizga  imkoni  boricha  salbiy  ta’sir
qilmasligi choralarini ko‘ring. 
Sizning  ajralishingiz  qarindoshlar  orasiga  sovuqchilik
tushurmasligi,  ular  orasidagi  munosabatlarning  buzilishiga  olib
kelmasligi zarur.
4. Ajralishgan turmush o‘rtog‘ingiz bilan ijobiy munosabat-
ni  saqlab  qolinishini  ta’minlang.  Bu  avvalo  Sizning  farzand-
laringiz,  ota-onangiz,  qolaversa  shaxsan  o‘zingizning  man-
faatingiz ekanligini unutmang. 
Er-xotin  ajralishi  bolalari  otasiz  yoki  onasiz  o‘sishiga,  ota
va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak.
5.  Ajralib  ketgan  eringiz  yoki  xotiningiz  haqida  farzand-
laringizga  salbiy  ma’lumotlar  berib,  u  haqda  salbiy  tasavvur
shakllantirishdan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakl-
lanishi  bolangizning  kelgusi  hayotiga,  shaxsiy  oila  munosabat-
lariga,  qaynona-kelin  munosabatlariga  va  farzand  —  ota-ona
munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi.
6.  Ajralish  eng  so‘nggi  chora!  U  faqat  Sizning  emas,  balki
yaqinlaringiz taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutmang.
Shu  sababli  bu  yuzasidan  asossiz  yengil  qarorlar  chiqarishdan
190
www.ziyouz.com kutubxonasi

saqlaning. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan yaxshi
kishilar bilan maslahatlashing.
Imkoniyatingizdan  kelib  chiqib  shu  soha  mutaxassisi
bo‘lgan psixolog bilan maslahatlashing.
Kim  bilan  maslahatlashishdan  qat’i  nazar  qarorni  har
tomonlama  o‘ylagan  holda  o‘zingiz  chiqaring  va  qaror  mas’-
uliyatini o‘z bo‘yningizga oling.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Oilaviy nizolar yaxshimi yoki yomonmi?
2. Oilaviy nizolar qanday turlarga farqlanadi?
3. Er-xotin nizolarining xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Biriktiruvchi va ajratuvchi nizolar qanday nizolar?
5. Er-xotin munosabatlarida nizolar qanday rivojlanadi?
6. Chegaralangan va chegaralanmagan nizolar qanday nizolar?
7. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar qanday xarakterda
bo‘ladi?
8.  Qaynona-kelin  o‘rtasidagi  nizolar  qanday  yuzaga  keladi  va
ularning sababi nima?
9. Qaynona-kuyov nizolari qanday xususiyatlarga ega?
10. Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nimalardan
iborat?
11. Qanday sabablarga ko‘ra oilalar buziladi?
12. Ajralish qanday oqibatlarga ega?
13. Ajralishning oldini olish va ajralish yuzasidan nimalarga amal
qilishimiz zarur?
Mavzuga oid aforizmlar
Nikoh uzugi bu oila zanjirining birinchi halqasidir.
Jarko Petan
Nikoh  shunday  bir  romanki,  uning  bosh  qahramoni  bi-
rinchi bobdayoq o‘ladi.
Lorens Piter
Ayollarning  portlashiga  ishonmasangiz,  bittasini  tashlab
ko‘ring.
Djerald Liberman
191
www.ziyouz.com kutubxonasi

Rashk kasallik kabi kechga borganda kuchayadi.
Pol Lotan
Sevgi-muhabbatga  kuch  qolmaganda  ham  rashk  qilish
uchun kuch topiladi.
Mariya Dombrovskaya
Er-xotin mehmonlarni yaxshi ko‘rishardi, chunki mehmon
bo‘lmagan kuni uyda janjal bo‘lardi.
Tibbiyot fani kuzatuvlariga ko‘ra: bo‘ydoqlarning aksariyati
aqldan ozib o‘ladilar. Uylanganlarning aksariyati esa bu yoshga
yetishga ulgurmaydilar. 
A. Chexov
Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi.
Ular orasidagi farq ana shunda, xolos.
Leonard Djevetskiy
Beladonna:  Italiyada  bu  go‘zal  ayoldir,  Angliyada  esa
kuchli zahardir. Ikki til asosidagi bu o‘xshashlik kishini hayrat-
ga soladi.
Ambroz Birs
Dunyoda  ayol  kishini  mendan  ko‘p  biladigan  erkakning
o‘zi yo‘q, men esa hech narsa bilmayman.
Seymur Xiks
Uylanishga  qaror  qilish  erkak  kishining  hayotida  so‘nggi
mustaqil qabul qilgan qaroridir.
Vanda Blonskaya
Erkak  kishini  uydan  haydash  yaxshi  emas,  u  qaytib  kel-
masligi ham mumkin.
Mavzuga oid latifalar
—  Xotinimni  sanatoriyaga  yuborish  uchun  olgan  putyovka
menga juda qimmatga tushdi, biroq u o‘zini to‘la qopladi.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi

— Xotining davolanib, tuzalib ketdimi?
— Yo‘q, u uyga qaytmadi.
*  *  *
Er xotiniga murojaat qilayapti:
— Luiza, agar men sendan oldin o‘lsam, sen faqat Karelga
turmushga chiq.
— Nima uchun aynan Karelga?
—  Faqat  Karelga,  boshqa  hech  kimga  emas!  Boshqa  hech
kim menga hayotda unchalik yomonlik qilmagan.
*  *  *
— Ikki xotinlik nima bilan jazolanadi?
— Ikkita qaynona bilan!
*  *  *
— Xudoyim-ey! Basharangga nima qildi?
— Unga uchar tarelka tegdi.
— Uchar tarelka?! U qayoqdan kelib qoldi?
— Tasavvur qila olmayman, xotinim ularni qayoqdan xarid
qilar ekan...
*  *  *
Er  xotini  bilan  uzoq  vaqt  tortishib  oxiri,  noiloj  bo‘l-
ganidan:
— Xo‘p!... mayli, hammasi sen aytgandek bo‘la qolsin...
— Endi kech bo‘ldi! Men u fikrimdan allaqachon qaytdim!
Boshqasini o‘yladim!
Mavzuga oid rivoyatlar
1. O‘rta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim
Bir  vaqtlar  Uskudorda  istiqomat  qiluvchi  o‘rta  yoshlardagi
bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu
zotning axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko‘rar edi.
Ayni  zamonda  fikri  tiniq,  qarashlari  qat’iy,  ilm-irfon  sohibi
edi.
Avvaliga  yosh  xonim  xojasining  fe’l-atvorini  juda  yaxshi
ko‘rar, unga qo‘lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko‘rsatar,
193
7 — Oila psixologiyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi

xojasiga  nisbatan  o‘z  vazifalarini  chiroyli  bajarardi.  Xojasiga
oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichi-
da  barcha  qo‘shnilari  bilan  tanishdi,  qo‘shnilar  uni,  u  esa
qo‘shnilarni  hurmat  qilardi.  Ammo  o‘sha  mahallada  yomon
fe’lli, hasadgo‘y bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga
nisbatan  hurmati  bo‘lgani  va  shirin  turmushlari  ul  xotinining
rashkini  keltirardi.  Yosh  xonim  bilan  qo‘shni  bo‘lganlaridan
beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi:
—  Qizim,  sen  juda  yoshsan,  go‘zalsan,  shunday  katta
yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o‘zing kabi
chiroylik erga turmushga chiqmabsan, — deb juvonning boshi-
ni  aylantirardi.    Yosh  xonim,  «men  xojamdan  juda  mamnun-
man, fe’li, axloqini sevaman» desa ham, yomon ayoldan qutula
olmaydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar ta’siridanmi, «erimdan
ajralishaman»  deydi. Yomon fe’lli, hasadgo‘y ayol:
—  Qo‘lingdagi  qimmatli  ashyolaringni  asta-sekin  sotsang,
xojangga  yomon  ko‘rinasan,  uning  sendan  ko‘ngli  soviydi,  —
deb ko‘nglini buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota bosh-
laydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli
falon  narsani,  ertasiga  —  bugun  bunday  qimmatli  narsani  sot-
dim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chi-
royli,  xushxulqli,  ilm-irfon  sohibi  bo‘lgan  ul  zot  xotiniga:  «jo-
ning  sog‘  bo‘lsin  yangisini  olarmiz»,  —  der  edi.  Xonim  uyida
sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni
foydalaniladigan  o‘ttiz  yillik  obdastani  toshga  urib  sindirdi.
Kechqurun eri kelganida ul xonim:
— Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parcha-
parcha qilib tashladim, — dedi.
—  Ana  xolos!  Bu  nimasi!  —  deb  xojaning  ko‘zlariga  yosh
keldi.
— Men sizga hayronman, — dedi xonim. — Uydagi shun-
cha  qimmatli  narsalarni  yo‘qotganimda  jahlingiz  chiqmay,
«o‘zing  sog‘  bo‘lsang  bas»  degan  edingiz.  Endi  hojatxonadagi
oddiy ko‘za singanida,  ko‘zingizdan yosh to‘kdingiz, nega?
—  Xonim,  ul  ko‘za  o‘ttiz  yildir-ki  mening  eng  mahram
yerlarimni  ko‘radi.  Hozir  yangi  bir  ko‘za  olib,  unga  mahram
yerlarimni  qanday  ko‘rsataman?  —  deb  javob  berdi  xoja  yosh
ayoliga.
—  Yosh  xotin  bir  onda  g‘aflatdan  uyg‘ondi  va  kechirim
194
www.ziyouz.com kutubxonasi

so‘rab  erining  qo‘llarini  o‘pdi,  oyog‘iga  yiqildi.  «Meni  afv
eting,  sizning  amringizdan  hech  chiqmayman,  sizga  nisbatan
ozgina bo‘lsada, itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi.
Vazifa: Psixologik tahlil qilinsin.
2. Aqlli xotinlar erlar baxti
Bir  odam  juda  aqlli,  odobli  va  yaxshi  tarbiya  olgan  qizga
uylandi.  Ul  odam  xonimidan  juda  mamnun,  uylarida  g‘alva-
g‘avg‘o yo‘q.
Bu  yigit  bir  kun  do‘stlarining  huzuriga  bordi.  U  axloqsiz
odamlarning  xotinlarini  «unday  urdim,  bunday  urdim»,  deb
maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan so‘radi:
—  Nega  xotinlaringizni  urasiz?  Hech  gunohi  yo‘q  xotinni
qanday urib bo‘ladi?
Do‘stlari:
— Dunyoda bundan oson ish yo‘q. Uyga bir qadoq qiyma
go‘sht  olib  kelasan.  Qiymali  suyuq  ovqat  tayyorlab  kelsa,
«boshqa  ovqat  yeyishni  xohlayman»,  deysan,  deb  aql
o‘rgatishibdi.
Yigit  ertasiga  kechqurun  uyiga  kelib,  dasturxon  oldiga
o‘tirdi.  Xotini  qiyma  solib  tayyorlangan  sho‘rva  olib  keldi.  Ul
xotiniga jerkib:
— Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman, — dedi.
— Qiyma ham bor, — dedi xonimi.
— Men tok bargiga o‘ralgan qiyma xohlardim.
— U ham bor.
Xojasining  odatlarini  juda  yaxshi  bilgan  odobli  xotin  eri
xush  ko‘radigan  barcha  narsani  qo‘lidan  kelguncha  harakat
qilib, tayyorlagan va uning ko‘nglini olgan.
Yigit  ertasiga  yana  do‘stlari  oldiga  chiqdi.  Ular  darhol  qi-
ziqib so‘radilar:
— Nima bo‘ldi? Xotiningni kaltakladingmi?
Yigit bo‘lgan voqeani aytgan ekan, do‘stlari:
Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan, —
debdilar.
195
www.ziyouz.com kutubxonasi

3. Mahkamada xotinining yuzini ochishni istamagan odam
Bir vaqtlar uylangan bir odam, oylar o‘tdi, yillar o‘tdi, xo-
tinining mahrini bermadi, shu burchini ado eta olmadi.
Bir  kuni  xotini  bilan  kelisha  olmay  qoldilar.  Xotini  o‘sha
zamon mahkamasiga shikoyat qilib, qozining huzuriga bordi va
eridan  mahrini  talab  qildi.  Ayol  yuzida  chimmat  (parda)  bor
edi. 
Qozi ul ayolga:
— Ikki shohid lozim, — dedi.
Ayol:
— Shohidlarim bor, ular shu yerdalar, — dedi.
Qozi:
—  Juda  yaxshi,  yuzingizni  oching,  so‘ng  hukm  chiqaza-
man, — dedi.
Shu yerda bo‘lgan eri darhol o‘rnidan turib:

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling