Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti kurs ishi mavzu: “Tariхi Tabariy” asarida Markaziy Osiyo tarixi
Download 58.88 Kb.
|
Kurs ishi MOXT Manbashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishida qo’llanilgan metodlar.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini yozishdan maqsad, tarixdan bizga meros bo’lib qolgan manbaning tahlilini bayon qilish mobaynida, bu manbaning Markaziy Osiyo tarixini o’rganishdagi tutgan o’rnini yoritib berish va bu manba Markaziy Osiyo tarixini yoritishda muhim manba ekanligini ochib berish bosh maqsad qilib olindi.
Kurs ishining obyekti. Ushbu kurs ishining obyekti Markaziy Osiyoning tarixi hisoblanadi. Obyekt boshqa tarix sohalari uchun ham umumiy bo'lishi mumkin. Xuddi shu kabi Markaziy Osiyoning tarixini o’rganishni bosh obyekt deb qaraymiz. Kurs ishining predmeti. Ushbu kurs ishining predmeti Tabariyning “Tariхi Tabariy” asari va u haqidagi ma'lumotlarni o'rganishdan iboratdir. Kurs ishining vazifasi. Kurs ishining asosiy vazifasi Tabariyning “Tariхi Tabariy” asarining Markaziy Osiyo tarixini yoritishdagi muhim manba ekanligini yoritib berishdan iborat. Kurs ishida qo’llanilgan metodlar. Qiyosiy tahlil, kuzatuv,tarixiy izchillik. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kurs ishining to’liq matni betdan iborat. I bob. Markaziy Osiyo tarixini o’rganish xususida. 1.1. Tarixiy-badiiy manbalarning tarixni o’rganishdagi roli Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’rifatdir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. Birinchi Prezident Islom Karimov, "...tug'ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson"1 deb yozadi. Insonda tarixiy xotira o’z Vatani tarixini o’z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. O’z o’tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo’ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O’tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi. Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko’pgina xalq, elatlar bilan ahil, hamjihat bo’lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e’tiqodlar erkinligi va inoqligi bo’lganligidan guvohlik beradi. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”2,- deydi, Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Asrlar o’sha, dovonlar osha kelayotgan bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviyahxoqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi”.3 Tarix fani asrlar mobaynida qo‘lyozma asarlarda ifodalangan hayot, voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan sivilizatsiya hayotining shakllanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo‘lni bosib o‘tgan. Eng qadimiy tariximiz xususida madaniy yodgorliklar va arxeologik topilmalar ma'lumot beradi. Asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayot tarixi haqida ma'lumotlar, Saroy yilnomalari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan bitilgan qo‘lyozma manbalar shaklida jamlana borgan. O‘rta asrlar tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar tarixi ayniqsa mufassal yoritilgan. Nodir qo’lyozma manbalarda O‘rta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashg‘ulotlari, karvon yo‘llari, urushlar, g’alayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotiga doir turli ma'lumotlar bayon etilgan. O‘rta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilgach, istibdod tuzumi tartibotlari tarix sohasidagi ilmiy tadqiqot ko‘lami va mavzusiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. O‘sha davr tarixchilarining O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati o’zining bir yoqlamaligi, metropologiya manfaatlariga xizmat qilishga mo’ljallangani bilan ajralib turadi. XX asr boshlarida milliy davriy matbuot sahifalarida tarix muammolariga oid maqolalar e'lon qilina boshlagan. Jadidchilik harakati namoyandalari mamlakat rivoji, millat taraqqiyoti, o‘zlikni anglashda tarix faniga alohida e'tibor qaratganlar. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy komil inson tarbiyasi ma'naviyat-ma'rifat taraqqiyoti, jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta'kidlab, asarlarida faqatgina Vatan tarixini emas Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirgan. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», degan g‘oyasi tarix tajribasida o‘zining haqligini to‘la isbotladi. Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramay, o‘ta murakkab sharoitda oliy ta'lim tizimida tarix ta'limining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshladi. Tarix fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. O‘rta Osiyo Davlat universiteti, Samarqanddagi Oliy pedagogika institutida qo‘lyozma kitoblar, vaqfnoma va vasiqalar yig‘ilib, ilmiy tahlil qilindi. 1943 -yilda Tarix institutining tashkil etilishi Tarix fani rivojida muayyan bosqich bo‘ldi, tadqiqotlarni ma'lum ilmiy yo’nalishlar va reja asosida amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazga aylandi. Ammo Tarix fani nihoyatda siyo-siylashtirilib, ilmiy-tarixiy tafakkur hukmron ideologiya qattiq nazorati ostida bo‘lgani tufayli juda ko‘p masalalarning asl mohiyatini ko‘rsatib, yoritib berish imkoni bo‘lmadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Tarix fani sobiq mafkuradan ozod bo‘ldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtisodiy jarayonlar Tarix fani oldiga o‘zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, uning taraqqiyot va jahon hamjamiyatidagi o‘rni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targ‘ib qilish orqali millatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, madaniyati, qadimgi an'analarini tiklash imkonini yaratdi. Badiiy-tarixiy adabiyot yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ahamiyatli bo’lib, badiiy adabiyotning qimmati ta’lim oluvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. Ta’lim oluvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta'lim tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar. Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati ega bo’lib; badiiy asarning ta’lim oluvchilar yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir. Proza yo’lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi, ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo’qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so’zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o’rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi. Mazkur janrlardagi asarlarning ahamiyatli jihatlari e’tiborli bo’lib, u ta’lim oluvchiga: birinchidan, o’tmishning madaniy merosi, uning rang-barangligi, o’zbek xalqining takrorlanmas iste'dod egalari bo’lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarlima'lumot beradi; ikkinchidan ta’lim oluvchilarning o’zligini anglashi uchun boy ma'naviy oziq beradi; uchinchidan, o’zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo’ladi; to’rtinchidan, sharq xalqlari, o’zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarlik insonparvarlik, mehmonnavozlik, imon e'tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo’ladi. Download 58.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling