Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti kurs ishi mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amerika Qo’shma Shtatlari


Download 138.25 Kb.
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi138.25 Kb.
#1585508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Amerika Qo’shma Shtatlari 260123123658

2.2 AQShning tashqi siyosati

Mamlakatning bepoyon hududlari va Rossiyadan sotib olingan Alaskani o‘zlashtirish bilan band bo‘lgan AQSH mustamlakalar va o‘z ta’sir doiralarini qo‘lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e’tibori dastlab Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Òinch okean bo‘yida joylashgan mamlakatlarga qaratildi. AQSH Lotin Amerikasida hukmron bo‘lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan „Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta“, degan g‘oyani targ‘ib qilib keldi. 1889-yilda AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro „Amerika respublikalari syezdi“ assotsiatsiyasini tuzishdan iborat bo‘ldi. AQSH ning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. „Monro doktrinasi“ga tayanib, ko‘p o‘tmay Samoa orollari qo‘lga kiritildi. 1898-yilda Tinch okeanning eng markazida, Osiyoga olib boradigan strategik jihatdan muhim bo‘lgan dengiz yo‘llari kesishgan joydagi Gavayi orollari bosib olindi.


1897-yilda AQSh prezidenti Uilyam MakKinli Gavayi Respublikasini qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Uni Qoʻshma Shtatlar hech qachon ratifikatsiya qilmagan. 1898-yil aprel oyida Qoʻshma Shtatlar Ispaniya bilan urush boshladi va Gavayi Respublikasi oʻzining betarafligini e’lon qildi. Amalda, Gavayi Qoʻshma Shtatlarga katta yordam berdi. U urush davrida dengiz bazasi sifatida oʻzining qadr-qimmatini koʻrsatdi va neytral boʻlmagan xatti-harakatlari uchun AQShning keng qoʻllovini oldi.[1] Muxolifat zaiflashgani sababli Gavayi Nyulend rezolyutsiyasi talabiga binoan Kongress-ijroiya kelishuvi usuli bilan qoʻshib olindi. Bu usul ikkala palatada koʻpchilik ovozini talab qiladi. Qonun loyihasi muallifi demokrat boʻlsa-da, uni qoʻllab-quvvatlaganlarning aksariyati respublikachilar edi. U 209 ovoz bilan qabul qilindi. Tarafdorlar orasida 182 respublikachi bor edi. U Senat tomonidan 42-21 ovozning uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilindi. Rezolyutsiya 1898-yil 4-iyulda tasdiqlangan va 7-iyulda MakKinli tomonidan imzolangan. 12-avgust kuni ʻIolani saroyida Gavayi davlati suverenitetining AQShga rasman oʻtkazilishini bildiruvchi marosim boʻlib oʻtdi. Ayrim Gavayi fuqarolari tadbirning qonuniyligini tan olmadilar va unda qatnashmadilar.
Qaror Gavayiga zarur boʻlgan qonunlarni oʻrganish uchun besh kishidan iborat komissiya tuzdi. Komissiya tarkibiga hududiy gubernator Sanford B. Doul (R-Gavayi hududi), senatorlar Shelbi M. Kullom (R-IL) va Jon T. Morgan (D-AL), vakil Robert R. Xit (R-IL) va sobiq Gavayi bosh sudyasi va keyinchalik hududiy gubernator Valter F. Frear (R-Gavayi hududi) kirdi. Komissiyaning yakuniy hisoboti bir yildan ortiq davom etgan munozaralardan soʻng Kongressga taqdim etildi. Kongress Gavayida saylangan hududiy hukumatni oʻrnatish oq tanlilar boʻlmagan shtatning qabul qilinishiga olib keladi, degan e’tirozlarni koʻtardi. Anneksiya orollar va materik oʻrtasida bojsiz savdoga ruxsat berdi. Biroq bu imtiyoz asosan qirol Devid Kalakaua 1875-yilda AQSh bilan tuzgan oʻzaro savdo bitimi orqali amalga oshirilgan va buning evaziga AQSh dengiz flotiga Pearl Harbor dengiz bazasi uchun uzoq muddatli ijaraga berilgan edi.
Gavayi hududining yaratilishi Gavayi suverenitetining tugatilishi va mahalliy aholi boʻlinishining uzoq tarixidagi yakuniy qadam edi. Anneksiyaga Polineziya aholisining ba’zilari qarshi chiqdi va bu jarayon hech qanday referendumsiz sodir boʻldi, deb e’tiroz bildirishdi. Suverenitetga qarshilar va suverenitet faollari oʻrtasida AQSh konstitutsiyasiga koʻra Gavayi qoʻlga kiritilishining qonuniyligi boʻyicha munozaralar davom etmoqda. Gavayi suvereniteti harakati anneksiyani noqonuniy deb hisoblaydi. Biroq, AQSh Oliy sudi uning qonuniy ekanligiga urgʻu beradi.
XIX asrning oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi. XIX asrning oxirida Ispaniya – Amerika urushi boshlanib ketdi. Bu urushning boshlanishga tashqi bahona shu bo`ldiki, Ispaniya Kubada o`z vatanining mustaqilligi uchun kurashayotgan qo`zg’alonchilarga qarshi urush olib bormoqda edi. AQSH Kubadagi va Ispaniyaning boshqa mamlakatlardagi – Filippin orollaridagi milliy ozodlik harakatidan o`z maqsadi yo`lida foydalanib kelmoqchi bo`ldi. AQSH Kubani bosib olish rejalarini bir necha o`n yildan beri tayyorlab kelmoqda edi. Bu orolning boyligi, unda bir qancha portlar borligi va orolning strategik mavqei AQSH davlat doiralarining e`tiborini jalb qilmasligi mumkin emas edi. Ispaniya bilan urush boshlashmasdan oldin Amerika kapitalistlari Kubadagi plantatsiyalarga konlar va temir yo`llarga 50 million dollarga yaqin mablag’ sarflab qo`ygan edilar. AQSH Kubadagi voqealarni juda sinchiklab kuzatib turdilar. Qo`zg’alonchilarga xayrixoh bo`lgan progressiv elementlar, AQSH Kubaning inqlobiy hukumatini tanidi va bu hukumatga ma`naviy hamda moliyaviy yordam beradi , deb umidvor bo`lgan edilar. Amerikaning progressiv tashkilotlari qo`zg’olon ko`targan kubaliklarning vakillari bilan aloqa bog’lab, ularning AQSH dan qurol yaroq va oziq-ovqat sotib olishlariga yordamlashishga ko`p harakat qildilar. Biroq AQSH hukumati Kubadagi qo`zg’olonchilarning «g’alaba qilishidan qo`rqqan moliyaviy guruhlar bilan inoq bo`lganligi sababli qo`zg’olonchilarni urushuvchi tomon deb tanishdan bosh tortdi. Xerst va Pulitser boshchiligidagi sotqin matbuotchilar movinistik propaganda avj oldirishga intilib, Kubadagi AQSH fuqarolari ko`p talofot bermoqda deb shovqin-suron ko`tardi. AQSH fuqarolaridan turmalarda va qamoq lagerlarida qamalib yotgan kishilarni munofiqlik bilan himoya qildi. AQSH hukumati ispanlarning Kubada qilayotgan zulm va vahshiyliklariga qarshi bir necha marta norozilik notalari yubordi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH o‘z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898-yil Kuba sohillariga o‘z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma’lum sababga ko‘ra portlab ketdi. AQSH bu qo‘poruvchilikda Ispaniyani aybladi. Kongress esa Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. Bu dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush edi. Hammasi bo`lib uch oy davom etgan urush Ispaniya monarxiyasining zaifligini va ichdan chiriganligini yaqqol ko`rsatdi. Ispaniya floti eskirgan kemalardan iborat bo`lib, yaxshi qurollanmagan va intizomsiz edi.
Ispanlarning Kubadagi 200 ming kishilik armiyasi kuchsizlanib qolgan edi, Kuba partizanlarining qahramonlarcha ko`rsatayotgan qarshiligi bu armiyaning qo`lini band qilib qo`ygan edi. Shuning uchun ham Amerika qo`shinlari Santyagoga yaqinlashib kelganlarida ispanlar ularga qarshi faqat 12 ming soldatni ro`para qila oldilar. Amerika davlati Manil ko`rfazida ispanlarning eskadrasini tor-mor keltirdi. Ispanlarning Santyago portidan qutulib chiqqan ikkinchi eskadrasini ham Amerika floti tor-mor qildi. 15-iyulda Amerika qo`shinlari Kuba qo`zg’olonchilarining aktiv yordami bilan Santyagoni ishg’ol qildilar. Ispaniya mag’lubiyatga uchradi va sulh tuzishga majbur bo`ldi. 1898 yil 10 dekabrda Parijda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq AQSH Filippin orollarini, Puerto-Riko va Guam orollarini oldi.
AQSH Ispaniyaga Filippin uchun 20 million dollor pul berdi. Bundan tashqari, Ispaniya Kuba oroliga bo`lgan o`zining hamma da`volaridan voz kechdi. Qog’ozdagina mustaqillik olgan Kuba respublika bo`lib qoldi va AQSH protektorati ostiga o`tdi.
Gavay orollari batamom anneksiya qilib olinganligi Ispaniya bilan bo`lgan urush natijalaridan biri bo`ldi. 1898-yil 12-avgustda kongress birlashgan rezolyutsiya qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Gavay orollari “AQSH hududining bir qismi” tariqasida anneksiya qilinganligi, bojlar bekor qilinganligi va Gavay orollaridagi Xitoylarning AQSHga kelishi taqiqlanganligi aytilgan edi.
Ispaniya-Amerika urushi Samoa masalasini hal qilishni ham tezlashtirdi. 1899-yil dekabrida tuzilgan shartnoma uch davlatning birgalikdagi protektoratiga xotima berdi.
Ikkinchi marta saylangan Mak-Kinli 1901-yil 4-martda prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Mak-Kinli 6-sentyabrda Bufaloga borib panomerika vistavkasini ko`rayotgan vaqtida bir anarxist unga suiqasd qildi va 14-setyabrda Mak-Kinli o`ldi. Konstitutsiyaga muvofiq vitseprezident Teodor Ruzvelt yangi saylovlar o`tkazilguncha prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Ashaddiy eskpansiyachi Ruzvelt aktiv tashqi siyosat o`tkazishga, AQSH ning qurolli kuchlarini ko`paytirishga, ayniqsa katta harbiy dengiz floti qurishga kirishdi. Ruzvelt AQSH agressiv doiralarining vakili edi va faqat G’arbiy yarim sharda AQSH ning gegemonligini o`rnatishgina orzu qilib qolmasdan, shu bilan birga AQSH ning butun dunyoga hukmron bo`lishini ham orzu qilardi.
AQSH Karib dengizi havzasida ham tajovuzkor siyosat olib bordi. 1903-yilda Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi. Unga ko‘ra, AQSHning ruxsatisiz bironta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o‘zining ichki siyosatiga birorta o‘zgarish kiritish huquqidan mahrum etildi. AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1911-yil oxirida 1,5 mlrd. Dollarga yetdi. Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi. AQSH Gvatemala, Kosta-Rika va Nikaraguaga asoratli shartlar asosida qarzlar berdi. Bu qarzlarni berish vaqtida qo‘yilgan shartlar AQSHning bu mamlakatlar ichki ishlariga aralashuviga imkon berardi. Gavayi va Filiðpin orollari bosib olinganligi hamda Òinch okean bo‘yida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kuchayganligi sababli, AQSH Òinch va Atlantika okeanlarini birlashtiruvchi kanal qurish masalasiga alohida ahamiyat bera boshladi. Fransiyadan Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchragan aksiyadorlik jamiyatining hamma aksiyalarini arzon-garovga sotib oldi. Kanal Kolumbiya hududida edi. Endilikda kanal qurish va undan foydalanish huquqiga Amerikaning to‘la ega bo‘lishiga Kolumbiya Senati qarshilik qildi. Shundan so‘ng, 1903-yil 3-noyabrda AQSH Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda „qo‘g‘irchoq“ hukumat tuzdi. Panama mustaqil respublika deb e’lon qilindi. AQSH Panama Respublikasining mustaqilligini tan oldi. Panama hukumati AQSH bilan kanal qazish, temiryo‘llar va Panama kanali 57 Panama kanali bo‘yida istehkomlar qurish uchun Amerikaga juda keng huquqlar bergan shartnomani imzoladi. Buning evaziga Panama 10 mln. Dollar oldi va yiliga 250 ming dollar renta olib turadigan bo‘ldi. AQSH Panama kanali qurilishiga e’tiborini kuchaytirdi. Qurilish 10 yil davom etib, 1914-yilda tugallandi. Kanal AQSHning Atlantika okeani sohillaridan Òinch okean sohillariga boradigan dengiz yo‘lini ancha qisqartirib, AQSH uchun strategik va iqtisodiy jihatdan juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1910-yilda Buenos-Ayresda o‘tkazilgan IV Panamerika konferensiyasida Amerika Respublikalari ittifoqi tashkiloti „Panamerika ittifoqi“ deb nomlandi va AQSH manfaati uchun niqob bo‘ldi. 1912-yilda prezident Òaft „dollar diðlomatiyasi“ siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qo‘llandi. „Yordam berish“ niqobi ostida sotib olish, davlat to‘ntarishlari uyushtirish oddiy holga aylanib qoldi. Lotin Amerikasini bo‘ysundirish uchun boshqa davlatlarga qarshi kurashda AQSH „Monro doktrinasi“ (VIII sinf darsligiga qarang. „Amerika amerikaliklar uchun“ shiori)ga tayanib ish olib bordi. Bu doktrinani Teodor Ruzvelt AQSHga moslab talqin etdi. Unga ko‘ra, Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda xalqaro politsiya rolini bajarish AQSHning burchi bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa „yo‘g‘on kaltak“ atamasi vujudga keldi. „Yo‘g‘on kaltak“ siyosati AQSHni „G‘arbiy yarimsharning politsiyasiga“ aylantirdi.
Ispaniya – Amerika urushidan keyin AQSH ning yirik burjuaziyasi yangi bosib olingan hududlardagi o`z hukmronligini mustahkamlashni tashqi siyosatdagi eng muhim vazifa deb hisobladi. Yirik burjuaziya Kuba va Filippinda o`z hukmronligini o`rnatmoqchiligi uchun AQSH ning ispanlar ustidan g’alaba qozonishga yordam bergan milliy ozodlik harakatini tugatish zarur bo`lib qoldi.
1901-yilda Kuba Konstitutsiya qabul qildi. Lekin, bu konstitutsiya AQSH kongressini qanoatlantirmadi. Kuba “bir qator tuzatishlarni” qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu tuzatish AQSH ga go`yo Kubaning mustaqilligini himoya qilish maqsadida interventsiya qilish huquqini berdi, Kubaning o`z teritoriyasini harbiy va dengiz bazalari qurish uchun chet davlatlarga berish to`g’risida shartnomalar tuzishini taqiqlab qo`ydi hamda AQSHning Kubada ko`mir va dengiz bazalari qurish huquqini berdi.
AQSH Xitoyda “ochiq eshik” siyosatini e`lon qilganligi “Tinch mamlakatlari” bilan savdo-sotiq kuchayib ketganligi hamda Gavay va Filippin orollarini bosib olganligi sababli, ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish masalasi alohida ahmiyatga ega bo`lib qoldi.
AQSH ning hukumron doiralari kanal qurishni nazoratlari ostiga olishga qaror qildilar. Buning uchun Angliya bilan tuzilgan Kleyton Bulver shartnomasini bekor qilish kerak edi. 1901-yilda AQSH Angliyani yangi shartnoma tuzishga majbur qildi, shu shartnomaga muvofiq AQSH kanal qurish, undan foydalanish va uni boshqarish huquqiga to`la-to`kis ega bo`lib qoldi. Panama kanalini qurayotgan va bankrotga uchragan fransuz aksionerlik jamiyatining hamma aktsiyalarini AQSH arzon-garovga sotib oldi. Shundan so`ng AQSH hukumati Kolumbiya bilan shartnoma tuzib, Panamada kanal qurish va bu kanaldan foydalanish huquqiga to`la ravishda ega bo`ldi. Biroq Kolumbiya senati bu shartnomani bir ovozdan rad qildi. Shundan so`ng 1903-yil 3-noyabrda AQSH Kolumbiyaga qarshi Panamada isyon tashkil qildi va isyonchilarga yordam berish uchun (bostirish uchun) Panama sohiliga kreyser yubordi.
Amerika kreyseri isyonchilarni bostirish uchun yuborilgan Kolumbiya qo`shinlarining yo`lini to`sib qo`ydi. Panama “mustaqil” respublika deb e`lon qilindi. AQSH darhol Panama respublikasining “mustaqilligini” tan oldi, Panama hukumati AQSH bilan shartnoma tuzib, kanal qurish temir yo`llar qurish va kanal bo`yida istehkomlar bino qilish huquqini batamom AQSH ga topshirdi. Buning evaziga 250 ming dollar renta olib turadigan bo`ldi. AQSH Panama kanalini qurishga kirishdi. Bu qurilish 10 yil davom qildi. Panama kanalining AQSH uchun juda katta harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyati bor edi.
AQSH uzoq sharqda Xitoy, Koreya va Sibirga nisbatan keng ekspansiya planlarini amalga oshirish maqsadini ko`zlab ish olib bordi. AQSH va Angliya juda katta yordam berib turganligi tufayli Yaponiya rus-yapon urushida g’alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. AQSH va Angliya Yaponiyaga pul berib, urush olib borish uchun zarur bo`lgan narsalarning hammasi bilan uni ta`minlab turdilar. Rossiya bilan Yaponiya o`rtasida Teodor Ruzveltning vositachiligida Portsmut sulh: shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga muvofiq, Rossiya Yaponiyaning Koreyada hukmronlik qilishini tan olishga, Sharqiy Xitoy temir yo`lining janubiy tarmog’ini Yaponiyaga berishga, Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirishga hamda Lyaodun yarim orolini va undagi Port-Arturni ijaraga olish huquqini Yaponiyaga topshirishga majbur bo`ldi.
AQSH urushdan keyin Manjuriyada ta`sir doirasini Yaponiya bilan bo`lishib olishga umid qilgan edi. Biroq Yaponiya o`zi qo`liga kiritgan o`ljalarni AQSH bilan qurishga sira ham istamas edi. Yaponiya janubiy Manjuriyada o`rnatgan rejim Angliya va Amerika kapitalistlarining faoliyatini juda qiyinlashtirib qo`ydi. “Erkin” yurtlar haqiqatda yopiq bo`lib qoldi. Yapon tovarlari uchun belgilangan imtiyozli tariflar boshqa mamlakatlarning tovarlariga yo`lni bekitib qo`ydi. Yaponiya bilan Amerika o`rtasidagi ziddiyatlar keskinlashgan bo`lsa ham, ammo AQSH Yapon imperalistlarini rag’batlantirish va ulardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish siyosatidan voz kechmadi. 1910yilda Yaponiya AQSH ning yordami bilan Koreyani bosib oldi va bu mamlakatda juda qattiq, mustamlakachilik tartibini o`rnatdi. AQSH Koreyada Yaponiyaga keng imkoniyatlar berib qo`yib, keyin Koreyada va Xitoyda o`zining ekspansiya rejalarini amalga oshirmoq uchun o`zining iqtisodiy quvvatidan foydalanishga umid qildi.
AQSH Monjuriyada muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Markaziy Xitoyda o`zining iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga intildi. Angliya, Fransiya va Germaniya Xitoyga qarz berish to`g’risida va temir yo`llar qurish uchun birgalikda konsessiya olish to`g’risida 1909-yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSH Xitoyga beriladigan bu qarzda Amerika banklarini qatnashtirishni talab qildi. AQSH ning diplomatik tazyiqi natijasida Yevropa davlatlari bu ishda Amerika banklarining ishtirok qilishiga rozilik berdilar. 1911-yil 20-mayda imzolagan bitimga muvofiq, Xitoyni ekspluatatsiya qilmoq uchun to`rt davlat banklarining konsortsiumi tashkil qilindi.

.




Download 138.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling