Sharq va gʻarb lirik janrlari misolida tahlil


Download 464.57 Kb.
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi464.57 Kb.
#1127616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 - mavzu

Shuningdek, bu borada turk ilmi rivojiga hissa qo’shgan Alisher Navoiy va Fuzuliyning qarashlari ham e’tiborli. Ulug’ shoirlarning ayrim mumtoz janrlar haqidagi qarashlarini berish barobarida she’riy janrlar nafaqat allomalar tomonidan, balki bevosita badiiy ijod bilan shug’ullangan shoirlar tomonidan ham ularning o’ziga xos jihatlari o’rinli qayd etilganligining guvohi bo’lamiz.

  • Shuningdek, bu borada turk ilmi rivojiga hissa qo’shgan Alisher Navoiy va Fuzuliyning qarashlari ham e’tiborli. Ulug’ shoirlarning ayrim mumtoz janrlar haqidagi qarashlarini berish barobarida she’riy janrlar nafaqat allomalar tomonidan, balki bevosita badiiy ijod bilan shug’ullangan shoirlar tomonidan ham ularning o’ziga xos jihatlari o’rinli qayd etilganligining guvohi bo’lamiz.

Shu o’rinda XX asr boshlarida Yevropa tilidagi adabiyot nazariyalarini shakllantirish borasida Sharq poetika maktabiga qayta-qayta murojaat qilib, undagi omil va jozibali sifatlarni o’rgangan olim Fitratning she’riy janrlar tasnifiga bag’ishlangan qarashlarini ham keltirishni lozim deb topdik. Zero, “Adabiyot qoidalari” mumtoz poetika bilan zamonaviy aabiyot nazariyasini tutashtiruvchi o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tagani uchun ham bunday benazir vositaga tayangan holda o’tmish she’riyatiga nazar tashlash ham mumkin ekanini olimning nazariy qarashlari asoslaydi.

  • Shu o’rinda XX asr boshlarida Yevropa tilidagi adabiyot nazariyalarini shakllantirish borasida Sharq poetika maktabiga qayta-qayta murojaat qilib, undagi omil va jozibali sifatlarni o’rgangan olim Fitratning she’riy janrlar tasnifiga bag’ishlangan qarashlarini ham keltirishni lozim deb topdik. Zero, “Adabiyot qoidalari” mumtoz poetika bilan zamonaviy aabiyot nazariyasini tutashtiruvchi o’ziga xos ko’prik vazifasini o’tagani uchun ham bunday benazir vositaga tayangan holda o’tmish she’riyatiga nazar tashlash ham mumkin ekanini olimning nazariy qarashlari asoslaydi.

Shu bilan birga Fitrat domla “Fors shoiri Umar Hayyom” asarida nafaqat ulug’ riyoziyot olimini dunyoga shoir sifatida tanitgan ruboiy janri haqida, balki saljuqiylar saroy adabiyotida urf bo’lgan qator she’riy janrlar haqida ham ma’lumot bergan.

  • Shu bilan birga Fitrat domla “Fors shoiri Umar Hayyom” asarida nafaqat ulug’ riyoziyot olimini dunyoga shoir sifatida tanitgan ruboiy janri haqida, balki saljuqiylar saroy adabiyotida urf bo’lgan qator she’riy janrlar haqida ham ma’lumot bergan.
  • 3. Qadimgi she’riy janrlardan namuna keltiring.

Download 464.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling