Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar isloxoti. XVI asr о‘rtalariga kelib, kalendarni isloh qilish masalasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bо‘lib qoldi. 1582 yilda Rim papasi Grigoriy XSH maxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Balon universiteti professori astronom va matematik Ignatiy Danti (1536-1586) ham bor edi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyihasini tuzish vazifasi topshiriladi. Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini kо‘rib chiqib, italiyalik matematik va shifokor Aloiziy Luiji Lilio (1520-1576) loyihasini ma’kul topdi. Luiji Lilio Perudji shahridagi universitetda meditsinadan dars bergan. Ushbu kalendar loyihasini uning о‘limidan sо‘ng ukasi Antonio Luiji nashr qiladi. Kalendar loyihasi papa Grigoriy XSH tomonidan qabul qilinadi va kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi. Qabul qilingan loyihadagi tuzatishlar quyidagicha edi:
O’RTA OSIYODA QO’LLANILGAN OG’IRLIK, UZUNLIK VA HAJM O'LCHOV BIRLIKLARI.
REJA:
1.Og'irlik o’lchov birliklari.
2.Uzunlik o'lchov birliklari.
3. Hajm o'lchov birliklari.
Og’irlik o'lchov birliklari - narsalaming miqdorini ifodalash uchun qo'llaniladigan o'lchov birliklari. Ajdodlarimiz og'irlikni o'lchashning bir qancha turlarini asta sekinlik bilan kashf qilib keldilar. Avvallari narsalaming miqdori faqat biror sig'imga ega bo'lgan idish bilan o’lchangan bo'lsa, keyinchalik ba'zi o'lchov vositalari yordamida aniqlanadigan bo'ldi. Natijada og'irlik o'lchash uchun yuzlab o'lchov va o'lchov birliklari kashf etildi.
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida juda ko'plab o'lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda ham o'z kuchini yuqotmagan. Misqol, pud, botmon, karb o'lchov birliklariga ko'p duch kelamiz. Bu o'lchov birliklari xalqimiz hayotida keng qo'llanilibgina qolmasdan, iyyor-o'lchov va o'lchash ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar bo'lib, ular metall sofligini sinash, bozordagi tosh tarozilar to'g'riligini, muomaladagi oltin va kumush pullarning sofligini tekshirib, og'irligini o'lchash bilan shug'ulanganlar2.
Do'stlaringiz bilan baham: |