Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari
Rimdagi kalendarlar. Yulian va Grigorian kalendarlari
Download 128.1 Kb.
|
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.
Rimdagi kalendarlar. Yulian va Grigorian kalendarlari. Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi sanasi tо‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Bizga ma’lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (miloddan avvalgi VIII asrning о‘rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanganlar. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bо‘lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi,... о‘ninchi) bilan nomlangan. Tо‘rt oy 31 kundan (1,3, 5, 8 oylar) va olti oy 30 kundan iborat bо‘lgan.
Yil bahorgi tengkunliqdan boshlangan. «Romul yilini» astronomik yilga tenglashtirish maqsadida 10 oyning oxiriga qо‘shimcha kunlarni qо‘shganlar. Miloddan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib tо‘rtta kalendar oylariga nom berildi. Iilning birinchi oyi «Marius», ikkinchi oy «aprilis», uchinchi oy «mayus», turtinchi oy «yunius» deb ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalenar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari xam emasdi. Miloddan avvalgi VII asrda kalendar islohoti о‘tkaziladi. Bu islohotni yarim afsonaviy shaxs Rim podshosi Numa Pompiliy boshladi. U bir yilda kunlarning sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi. Numa Pompiliy islohati natijasida kо‘shimcha yangi ikki oy paydo bо‘lib yanuarus va februaris nomini oldi. Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy «februarius» 23 sutkadan iborat bо‘ldi. «Februarius» oyiga har yili 5 kun qо‘shiladigan bо‘ldi. Islohotlar natijasida «Numa yili» astronomik bir oy yilidan bir sutka ortik, tropik yildan esa 10,5 sutka qiska edi. Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Kalendarda yil bahorgi tengkunlik davridan boshlanardi. Rim kalendaridagi birinchi oy Martius - ilgari chorvachilik va dehqonchilik, keyinchalik esa urush xudosi Marsga atab qо‘yilgan. Ikkinchi oy - aprilis - lotincha «arepge»- «namoyon bо‘lmoq», «ochmoq» ma’no-larini bildiradi. Bu oyda hamma daraxt va о‘simliklar ochilib gullay boshlagan. Uchinchi oy Mayus - xudo Merkuriyning onasi Yer ma’budasi Maya nomi sharafiga. Tо‘rtinchi oy Yunius - Yupiterning rafiqasi, osmon ma’budasi, ayollarning himoyachisi Yunona sharafiga qо‘yilgan. Keyingi oltita oy kalendardagi tartib raqami bilan atalib, Kvintilis -«lotincha»-beshinchi, sekstilis-oltinchi, september-yettinchi, oktober-sakkizinchi, november-tо‘qqizinchi, detsember-о‘ninchi degan ma’nolarni bildiradi. О‘n birinchi oy yanuaris deb atalib, ikki yuzli xudo Yanus nomiga kо‘yilgan. Un ikkinchi oy februarius - yer osti podshosi februs nomiga qо‘yilgan. Shuningdek, «GeShape» sо‘zi «tozalanmok», «poklanmoq» degan ma’nolarni bildiradi. Yilning oxirida ular poklanish marosimini о‘tkazganlar. Fevral oyi oxiriga qо‘shimcha kunlarni kо‘shgan (masalan fevral 23+5). Miloddan avvalgi VI asrda rimliklar mazkur oy kalendarini Oy-quyosh kalendariga aylantirishga urinib kо‘rdilar. Buning uchun ular interkalyatsiya sistemasidan (qо‘shimcha oylarni qо‘shish) foydalandilar. Qadimgi Rim kalendariga har ikki yilda 20 kunlik qо‘shimcha oyni joriy qildilar. Bu oy «Marsedonius»-marsedoniy oyi nomini oldi. Juft raqamlarni baxtsizlik ramzi hisoblangan rimliklar marsedoniy oyini 23-24 «februarius»ning о‘rtasiga joylashtirdilar. Mazkur islohatdan sо‘ng kalendar yili 365 kunni (355+ 355+ 20): 2 = 365 tashkil qildi va ularning yili ham Misr «daydi» yiliga teng bо‘lib qoldi (Tropik yildan chorak sutka qisqa edi). Download 128.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling