Xiva
xonligi
Buxoro
amirligi
1873-yil 12- avgustda Kaufman bilan Muhammad
Rahmxon o`rtasida Gandimiyom shartnomasi
tuzildi. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga
aylantirildi. Amudaryo quyi oqimining o’ng tomonidagi yerlar
Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, xonlikka oltin hisobida
2 million 200 ming so’m tovon to’lash yuklatildi.
Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida bojsiz savdo qilish,
xonlik hududida yer olish, sanoat korxonalari qurish xuquqini
oldi. Xon o’zini Rossiya podshohining itoatkor xizmatkori,
deb tan olishga majbur bo’ldi.
Rassiya
imperiyasining
Turkistonni bosib
olishining
natijalari
Mustamlakachilarining iqtisodiy siyosati va amaliyoti.
Turkistonni paxta xomashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi. 1885-1916 - yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 ming tanobdan 550 ming tanobga ko’paydi.
Turkiston xomashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. . 1908 - yilda o’lkada 378 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 1917 - yilda ularning soni Buxoro amirligi va Xiva xonligida qurilgan korxonalarni ham qo’shib hisoblaganda 1200 taga etgan
Etishtirilayotgan xom-ashyoni tashib ketish maqsadida
Temir yo’l qurilishini boshlab yubordi
1880-1889 – yillarda O’rta Osiyo temir yo’li, 1890-1905 – yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurildi
Turkistonni doimiy egasi bo’lish uchun «ko’chirish» siyosatini qo’llandi. 1875 - yildayoq Avliyoota tumanida 8 ta rus qishlog’i vujudga kelgan bo`lsa, 1910 124 taga yetdi.
o’lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig’i XIX asr oxirida 4 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 1916 - yilda 38 million so’mdan oshib ketdi.
Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o’tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi Turkiston nafaqat Rossiya davlatining, shuningdek, rossiyalik savdo-sanoatchilar manfaatiga xizmat
qiladigan o’lkaga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |