Shartli(orttirilgan) va Shartsiz(tug’ma) reflekslar turlari


Download 182.5 Kb.
bet2/2
Sana01.06.2020
Hajmi182.5 Kb.
#113069
1   2
Bog'liq
Shartsiz reflekslar(2)

miya po'stlog'i deb atala-di, go'yo burmalardan tarkib topgandek boiib ko'rinadi, shu tufayli yopqich yuzasi har xil yo'nalishlarda bir-biri bilan navbatlashib bo-ruvchi egatlar va ular o'rtasidagi pushtalar deb ataluvchi ko'tarma-lardan tashkil topgan nihoyat darajada murakkab naqshga ega boiadi (120- rasm). Hamisha uchraydigan chuqur egatlardan har bir yarim sharni bo'laklar deb ataluvchi katta-katta boiaklarga bo'lish uchun foydalaniladi. Bo'laklar o'z navbatida bo'lakchalar va pushtalarga boiinadi. Har bir yarim sharda beshta boiak: peshonatepachakkabo'lagi va yon egatning tubida yashirinib yotadigan, orolcha deb ataladigan bo'lakcha bo'ladi.

Yarim sharlarning ustki — lateral yuzasi uchta egat vositasida bo'laklarga ajralgan: lateral egat gorizontal ravishda boradi va chakka boiakni yuqorida joylashgan peshona bo'lagidan ajratib turadi: markaziy egat tikkasiga boradi va peshona boiak bilan (oldindan) tepa bo'laklar o'rtasidagi chegara boiib xizmat qiladi; tepa boiakning orqa chegarasi tepa boiakni ensa bo'lagidan ajratib turadigan tepa-ensa egatidir.

Har bir boiakda o'z navbatida yana egatlar tafovut qilinadi. Chunonchi peshona bo'lagining ustki — lateral yuzasida: oldingi markaziy pushtani ajratib turadigan oldingi markaziy egat va peshona bo'lagining qolgan qismini uchta peshona pushtasiga ustki, o'rta va tepa pushtasiga ajratib turadigan ikkita peshona egatlari — ustki va pastki egatlar farq qilinadi.

Yarim sharlarda qadoqsimon tana damidan pastroqda o'rta chiziqqa simmetrik ravishda ikkita yon qorincha yotadi.

Yarim sharlar asosining medial yuzasidan bir qancha tuzilmalar limbik sistema degan sistemani tashkil etadiki, uni «visseral miya» deb qaraladi, chunki u ichki organlar faoliyatini idora etishda qatnashadi.

 Yarim sharlarning oq moddasi. Miya po'stlog'ining kulrang moddasi bilan bazal tugunlar o'rtasidagi bo'shlig'ining hammasi oq modda bilan band. Bu modda har xil yo'nalishlarda boruvchi va oxirgi miyaning o'tka-zuvchi yo'llarini hosil qiluvchi bir talay nerv tolalaridan tuzilgan.

Nerv tolalari uch turga bo'linishi mumkin:

1) bitta yarim shaming o'zidagi po'stloqning turli qismlarini bir-biriga bog'laydigan assotsiativ tolalar;

2) miya komissuralari yoki bitishmalari deb ataladigan tuzilmalar tarkibiga kiruvchi komissural tolalar, bular ikkala yarim sharlarning simmetrik qismlarini bir-biriga bog'laydi;

3) proyeksion tolalar, bular miya po'stlog'ini markaziy nerv sistemasining pastda yotadigan bo'limlari, jumladan orqa miya bilan harri bog'laydi. Mana shu tolalarning biri qo'zg'alishlarni markazga intiluvchi yo'nalishda, po'stloq tomoniga qarab o'tkazsa, boshqalari, aksincha, markazdan qochuvchi yo'nalishda o'tkazib turadi.

Bosh miya po'stlog'ining sitoarxitektonikasi. Bosh miya po'stlog'ining tuzilish elementlari o'zlarining o'simtalari — aksonlari va dendritlari bilan birgalikda hisob qilinadigan nerv hujayralaridir. Miya po'stlog'ida 12 mlrd. dan 18 mlrd gacha nerv hujayralari bo'ladi. Po'stloqning hujayralar tuzilishidagi xususiyatlari, tolalarning olgan joyi va funksional ahamiyati bilan bir-biridan farq qiladigan turli qismlari po'stloq maydonlari deb ataladi. Ular bir-biridan keskin ajralib turmaydi. Po'stloq maydonlari nerv signallari oliy darajada analiz va sintez qilinadigan joylar — po'stloq yadrolaridir. Odamda 52 ta hujayra maydoni tasvirlangan.



Po'stloq neyronlari shakli juda xilma-xil: yulduzsimon, duksimon, o'rgimchaksimon, gorizontal va piramidal bo'ladigan multipolyar hujayralardir. Piramidal hujayralar bosh miya po'stlog'i uchun asosiy va hammadan spetsifik bo'lgan shaklni tashkil etadi. Po'stloqda turli nerv hujayralari notekis joylashgan bo'lib, katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi va har xil funksional ahamiyatga ega bo'ladi. Po'stloq neyronlari keskin ajralib turmaydigan qatlamlar holida joylashgan. Har bir qatlami qanday bo'lmasin biror turdagi hujayralar ko'pchilikni tashkil etishi bilan, ustun turishi bilan xarakterlanadi. Harakatlantiruvchi po'stloqda oltita asosiy qavat tafovut qilinadi.

I-qavat molekular qavat deb ataladi. Unda nerv hujayralari kam bo'lib, asosiy massasi pastda joylashgan qavatlardagi hujayralaridan iborat.

II-qavat —   tashqi  qavat, .dumaloq, tugunsimon, yulduzsimon va piramida shaklidagi mayda (10 mkm atrofida) neyronlardan hosil boigan.

III-qavat — piramidal hujayralar qavati, hammadan serbar bo'lib piramida shakliga bo'lgan har xil kattalikdagi (10—40 mkm) neyronlardan tuzilgan.

IV-qavat — ichki donador qavat, ba'zi maydonlarda yaxshi rivojlangan, ba'zan esa bo'lmaydi. Bu qavat yulduzsimon mayda hujayralardan tuzilgan.

V-qavat — ganglionar qavat yoki katta piramidalar qavati, shubilan birga markaziy pushtada unda gigant hujayralar (Bets hujayralari) bo'ladi. Ana shu hujayralarning ustki qismidan miyaning yuza qavatlarida tarmoqlanadigan yo'g'on o'simta — dendrit chiqadi.  Katta piramidalarning aksonlari oq moddaga qarab ketadi va po'stloq osti yadrolari bilan orqa miyaga tomon yo'naladi.

VI-qavat — polimorf hujayralar qavati, har xil, asosan duksimon shakldagi neyronlardan tuzilgan.

Po'stloq hujayralarining funksional ahamiyati har xil. Spetsifik afferent yo'llar, uchinchi neyronlarining aksonlari tugallanadigan hujay­ralar birinchi guruhga kiradi. Ular po'stloqqa keladigan sezuvchi signallarning idrok etilishini ta'minlaydi. Funksiyani, asosan, yulduzsimon neyronlar ado etadi, miya po'stlog'i sensor sohasining III va IV qavatlarida shunday hujayralar ayniqsa ko'p. Bosh miyaning pastroqda joylashgan bo'limlariga impulslar yuborib turadigan hujayralar ikkinchi guruhga mansubdir. Bularga po'stloq harakat zonasining asosan V qavatida joylashgan piramida hujayralari (Bets hujayralari) kiradi. Bosh miya po'stlog'idagi turli zonalar o'rtasida aloqa bog'lab turuvchi neyronlar uchinchi guruh hujayralarga mansubdir. Funksiyasi jihatidan bular kontakt yoki qo'shimcha neyronlar ularga mayda va o'rtacha piramida hujayralar bilan duksimon hujayralar kiradi. Po'stloqning hozir tasvir-langan olti qavatli hujayra tuzilishi turli zonalarida juda har xil bo'lishini aytib o'tish kerak.

Bosh miya po'stlog'ida nerv tolalari ham olti qavat bo'lib joylashadi, ularning tuzilishi va munosabatlari nerv hujayralari qavatlaridan ko'ra ham ancha murakkabdir.



Nerv hujayrasining tarkibiy qismi, neyronlarning o'zidan tashqari, neyrogliyadir. Neyrogliya hujayralarining uch turi tafovut qilinadi — ependimotsitlarastrotsitlar va oligodendrogliotsitlar. Ependimotsitlar orqa miya kanali, miyaning qorinchalarini qoplab turadigan zich hujayralar qatlamini hosil qiladi va orqa miya suyuqligini hosil etishda qatnashadi. Astrotsitlar bir talay o'simtalari bo'ladigan mayda-mayda hujayralar bo'lib, markaziy nerv sistemasida tayanch apparatini hosil qiladr. Oligodendrogliotsitlar — hammadan ko'p tarqalgan hujayralar bo'lib, markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv sistemasidagi neyronlarning tanalarini o'rab turadi. Ular trofik funksiyani bajaradi va, chamasi, nerv impulslari reseptsiyasi va ularni o'tkazish jarayonlarida qatnashadi. Xotira mexanizmlarida bu hujayralarning ma'lum rol o'ynashi aniqlangan.
Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling