Mikroelementlarni boshqalar bilan klassifikatsiyasi.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, kimyoviy elementlarning ozuqa
ratsionidagi ahamiyatiga qarab ham ularni turli kategoriyalarga bo‘lish mumkin.
Ular metabolizm eruvchanlik, o‘rin almasha olish, toksinlik darajasi, biologik
aktivligi, geokimyoviy xususiyatlari, ionliligi va kovalent xarakteri, Mendeleyev
jadvalidagi o‘rni va boshqa faktorlarga bog‘liq. Mukammal klassifikatsiyaning yo‘qligi, kimyoviy elementning fiziologik xususiyatlarini ko‘pligi bilan tushuniladi. Bundan tashqari, yangi ma‘lumotlarning o‘rganilishi kimyoviy elementning biologik ro‘lini yana qaytadan o‘rganishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |