Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili
She’rning tashqi kompozitsiyasi (grafik shakllantirilishi)
Download 38.73 Kb.
|
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- She’rning tematik kompazitsiyasi.
She’rning tashqi kompozitsiyasi (grafik shakllantirilishi).
Shavkat Rahmonning “Avtoportret” she’ri 1980-yilda Toshkentda yozilgan. Shavkat Rahmonning “Avtoportret” she’ri “Yurak qirralari” to`plamiga kiritilgan bo`lib 1980-yilda yozilganligi qayd etilgan. Shavkat Rahmonnig “Avtoportret” she’ri “Abadiyat oralab” nomli to`plamiga kiritilgan bo`lib 1980-yilda yozilganligi qayd etilgan. She’rda tinish belgilarining qo`llanshi. She’r sarlavhasi ikkala nashrda ham tinish belgisisiz qo`llangan. birinchi band. Birinchi qo`llangan vergul bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini bog`lashga xizmat qilyapti. Nuqta esa fikr tugallanganligini ifodalagan. 3-misradagi tire sinonim so`zlar orasiga qo`ylib, kuchaytiruv-ta’kidni ifodalab kelyapti. Vergul bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini bog`lab kelyapti. 4-misradagi vergul uyushiq bo`laklarni ajratishga xizmat qilgan. Nuqta fikr tugalligini ifodalab kelmoqda. ikkinchi band. Birinchi misradagi vergul - uyushiq gap qismlarini ajratib kelmoqda. 2-vergul ham uyushiq gap qismlarini ajratishga xizmat qilgan. 3-misradagivergul ham uyushiq gap qismlarini ajratib kelgan. Nuqta esa gap tugalligini ifodalamoqda. uchinchi band. Ikkinchi misrada qo`lllangan nuqta fikr tugallanganligni ifodalamoqda. To`rtinchi misrada qo`llangan nuqta ham gap tugashini ko`rsatmoqda. to`rtinchi band. Ikkinchi misrada qo`llangan nuqta fikr tugallanganligini ko`rsatmoqda. Oxirgi misrada qo`llangan nuqta ham gap tugalligini ifodalab kelgan. She’rning yozilgan yili ikkala nashrda ham quyiga qayd etib qo`yilgan. She’rning tematik kompazitsiyasi. Keyingi tahlilimiz she’rning tematik kompozitsiyasiga qaratilgan. She’rning tematik xususiyatlarini uning sarlavhasi, epigrafi, she’rdagi ilk va oxirgi misra yoki jumla, qofiya va takrorlar belgilab beradi, chunki, aynan mana shu nuqtalarda she’rning mazmuni kuchayadi, his-tuyg`u, kechinmalar kulminatsion nuqtasiga chiqadi. Hamma she’rlarda ham epigraf yoki sarlavha bo`lavermaydi, bu shoirlarning tabiatiga bog`liq. Lirik asarda boshlanma vazifasini ilk misra, ilk qo`sh misra, yo ilk band bajarishi mumkin. Boshlanma o`zi o`quvchini she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi. Bu vazifani yuqoridagilardan tashqari she’r sarlavhasi, epigrafi yoki janr qaydi bajarishi mumkin. Janr qaydi bu – misol uchun, milliy she’riyatimiz uchun noodatiy bo`lgan janrlarda yozilgan she’rlar sarlavhasi ostiga elegiya, epigramma, rondo, rondel kabilar yozib qo`yiladi. Bu juda kam uchraydi. Boshlanma. Biz tanlagan she’r matnida esa sarlavha yozilgan. Avtoportret. Sarlavhaning o`zi tushunarsiz atama bo`lib, o`quvchini izlanishga undaydi. Sarlavha ma`nosi qidirib topiladi, rassom o`z tashqi ko`rinishini ko`zguga qarab ifodalashi bu – avtoportret deyiladi. Demak, o`quvchi hayolida shoir o`z-o`zini so`zlar orqali tasvirlab bergan ekan degan tasavvur paydo bo`ladi. Ko`rinib turibdiki bunda ko`proq sarlavha boshlanma sifatida muhim rol o`ynayabdi. O`quvchi she’rning ruhiy dunyosiga kirib bordi. O`y-filr rivoji. She’rning 2-3-bandlarida shoir bermoqch bo`lgan fikr, tuyg`ular eng kulminatsion nuqtasiga chiqadi. Ayniqsa, 3-bandda shoir aytmoqchi bo`lgan o`y-fikrlar kulminatsion nuqtasiga yetgan. Ikkinchi misrada she’rning asosiy qismi yoritib berilgan. O`y-fikr rivoji mana shunday tarzda ya`ni asosiy fikr aytiladi, maqsadi aniqlashadi, unga tomon intiladi. Yakun. 4-band badiiy ijod namunasi bo`lmish she;rni yakunlab beradi. Bunda shunchaki yaunlanmaydi, shiddatli ravishda yakunlanadi va shu misralarda shoir tabiati asosan yoritib beriladi. Download 38.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling