Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili
She’rning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili
Download 38.73 Kb.
|
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili
She’rning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili.
Bir qarashda matnda milliylik, an’anaviylik aqidalari yaqqol ko`zga tashlanmaydi, ammo matnni professional o`rganib,tushunib, ichiga chuqur kirib boradigan bo`lsak, o`zbek xalqiga xos xususiyatlarni ko`rish mumkin. Tarixdan ma’lumki, xalqimiz ko`p kulfatlar ko`rgan, ne-ne qora kunlarni matonat bilan yengib, qaro kunlarni boshidan o`tkazgan. Tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib, bo`ron-u dovullardan eson-omon o`tib kelgan. adabiy janrlar Adabiy janr tushunchasi adabiy tur tushunchasi bilan almashinib qo`llanishi mumkin. Adabiy janrnig uchta asosiy turi mavjud: epos lirika drama Biz tanlagan matn - lirik tur janrlaridan biri hisoblandi. Lirika (yunoncha – cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning asosiy belgisi bu - voqeani emas, balki, tuyg`u-kechinmalarni ifodalashidir. Aniqroq aytadigan bo`lsak, lirik qahramonning ichki kechinmalari, ularga turtki beradigan omildir. Lirik asarda voqelikdan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi “parchalar”, detallargina aks etishi mumkin. Lirik asarda asosiy obraz – lirik qahramon (lirik subyekt). Ko`pincha lirik qahramon deganda shoirning o`zi tushuniladi, lekin har doim ham emas. Chunki shoir o`zining ichki kechinmalarini ifodalashi ham, o`zganing ruhiy holatini tasvirlashi ham mumkin. Shoir Shavkat Rahmon “Avtoportret” she’rida lirik qahramon o`zi hisoblanadi. She’r sarlavhasidan anglaganimizdek, shoir lirik qahramon sifatida o`zini tasvirlaydi. O`sha davrda “Avoportret” yozish urf bo`lgan mahal edi. Shavkat Rahmon ham o`ziga tashqaridan nazar solishga harakat qiladi. O`ziga “ko`zlarida qotgan yildirim”, “uning sokin isyoni so`nmas”, “tug`ulmagam shunchaki aslo, u hech qachon shunchaki o`lmas” – kabi ta’riflarni beradi. “Avtoportret” mavzusini davom ettiradigan bo`lsak, Murod Ibrohim ham o`zining shu ohangida she’r yozgan. Muallif endi bu vaziyatda lirik qahramonni, ya’ni o`zini boshqa vaziyatda olib qarab, tasvirlaydi. Lirik qahramonni samoviy bir tarzda ko`zdan kechiradi. Ko`zgudan “tortib chiqarib” osmonga olib chiqib qo`yadi. Aniqrog`i, bu yumushni endi shoir lirik qahramonning hayollari bajaradi: Xayollar qadoq kaftida Meni ushlab ko`taradi dast. Ochiq qolgan quloqlarimda Tovush to`xtar, uziladi sas. Biroq mazkur qahramon ko`kda turgan bo`lsa ham, o`zining barcha tomirlari bilan yerga bog`langan. Ko`zguga qarasam jlmayib turib, Ko`zguda ko`ringan ko`zlarim kular. Ichimga sig`magan keskin tabasssum Menim yuzlarimni kesib to`kilar. Kulguli naqadar, sig`ar tasvirga Oynaga qaragan afti basharam Men kulsam sovuq, turqimni ko`rib, Iljayib turibdi aksim ham. To`g`ri, bu she’r avtoportretdan ko`ra ko`proq o`z-o`ziga chizilgan do`stlik sharjiga o`xhaydi. Biroq o`z ustidan bu qadar kulayotgan muallifning naqadar jiddiy inson ekanligini, uning ham oyoqlari dunyo tubinda turganligini biz misralar orasidan bir qarashdayoq ilg`ab olamiz. Shoirning rostgo`yligi ham shunda. Shoirning kamtarligi ham shunda. Shoirning mag`rurligi ham shunda. Ushbu shoir ham Shavkat Rahmon singari o`ziga boshqacha nigoh bilan qarab, ushbu yo`nalishda ham qalam tebratgan. Download 38.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling