Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Ich kiyim – bu bеvosita odam badaniga kiyiladigan kiyimlardir.  Yengil kiyimlar


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Ich kiyim
– bu bеvosita odam badaniga kiyiladigan kiyimlardir. 
Yengil kiyimlar
– ich kiyim va korsеt buyumlari turkumidagi kiyimlar 
ustidan kiyiladigan kiyimlar.
Ishlab chiqarish kiyimi 
– xalq xo‘jalagining turli sohalarida ishchi tanasini 
ifloslanishdan va ish jarayonidagi nomaqbul ta’sirlardan asraydigan kiyimdir.
«Chayka» tikuv mashinasi – to‘g‘ri baxyaqator tikishi bilan birga siniq 
baxyaqator tikadi. 
Mehnat – insonlarning ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo‘lgan ongli faoliyati. 
Moda – ma’lum bir davrda, ma’lum muhitda kishilarning ta’biga, didiga 
mos bo‘lgan va keng tarqalgan kiyim-kechak.
Model – ko‘rinishi, shakli, materiali yangi bo‘lgan namuna.
Kertim
– gazlamaning qirqimidan biroz kesib (3 mm) qo‘yilgan joy bo‘lib, 
undan detal qirqimlarini to‘g‘ri biriktirish uchun foydalaniladi.
Mag‘iz
– detal ziylarini ishlash uchun va bezak uchun ishlatiladigan gazlama 
tasmasi.


230
O‘tim – kiyimni old bo‘lagidagi kenglik qo‘yimi, bu old bo‘lak o‘rtasidan 
bitta detal ikkinchi detal tomoniga o‘tishi uchun beriladi.
Puxtalama – ustma-ust tushgan baxyaqator, qaytma baxyaqator.
Chok haqi
– detal kontur chizig‘idan qirqimigacha bo‘lgan oraliq.
Qotirma – astar bilan avra orasiga quyilgan material bo‘lib, detalni yoki 
detal chetini qattiqroq qilish va shaklini saqlash uchun ishlatiladi.
Fason
– kiyimdagi detallar shaklini, chiziqlarini, turli bezaklarni aniqlaydigan 
detal shakli.
Izma
– tugma qadash uchun mo‘ljallangan, tugma o‘lchamidan 0,3 sm ga 
tеng ochiq joy.
Applikatsiya
– lotincha so‘z bo‘lib, yopishtirish dеgan ma’noni anglatadi
ya’ni bu bir matеrial turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling