Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

80-rasm. 
Keraksiz sochiqdan pol yuvish moslamasini tayyorlash.
a) b) d) e) f)


226
81-rasm. Ish qurollarini solib yuradigan ish fartugi.
2. Chizilgan chiziq bo‘ylab qirqiladi (80-rasm, b).
3. Qirqilgan sochiq bo‘lagiga to‘rt tomonidan yopishtirgich (lipushka) 
tikib chiqiladi (80-rasm, d).
4. So‘ngra pol yuvish moslamasiga (shvabraga) yopishtirgich yordamida 
kiydirib qo‘yiladi (80-rasm, e, f) va polni bemalol artish mumkin bo‘ladi.
Endi kerakmas shimdan ish qurollarini solib yuradigan ish fartugini 
tayyorlaymiz (81-rasm).
Shimni olib, qadam chizig‘idan shimning oyoq qismlari qirqiladi 
(81-rasm, a).
So‘ngra old bo‘lakni belbog‘i qirqiladi (81-rasm, b).
Yon qirqimi qirqiladi (81-rasm, d) va ish fartugi tayyor bo‘lib belga 
taqiladi (81-rasm, e, f, g)
Quyidagi 82-rasmda eski trikotaj maykadan yostiq jildini tayyorlash 
ko‘rsatilgan.
1. Trikotaj maykaga mos keladigan yostiqning o‘lchami atrofidan 5–6 sm 
masofa qoldirib qirqiladi (82-rasm, a, b, d) va 82-rasm, e dagidek 
4 burchaklari qirqib tashlanadi.
2. So‘ngra 4 tomoni 4–5 sm uzunlikda va 2–3 sm kenglikda qirqiladi 
(82-rasm, f).
3. G‘ilofning bir bo‘lagini ko‘tarib olib orasiga yostiq qo‘yiladi 
(82-rasm, g).
e) f) g)
a) b) d)


227
82-rasm. 
Eski trikotaj maykadan yostiq jildini tayyorlash.
4. G‘ilofning ostki va ustki qismlari mos ravishda o‘zaro bog‘lanadi (82-
rasm, h
) va yostiq jildi tayyor bo‘ladi (82-rasm, i).
Mustahkamlash uchun savollar
1. Istе’moldan chiqqan buyumlardan foydalanishning ahamiyati nimada?
2. Istе’moldan chiqqan buyumlardan qanday buyumlar tayyorlash mumkin?
3. Eski trikotaj maykadan yostiq jildini tayyorlash jarayonini aytib bеring.
4. Keraksiz sochiqdan pol yuvish moslamasini tayyorlashni aytib bеring.
5. Mehnat qurollari solib yuradigan ish fartugini tayyorlash haqida aytib 
bеring.
6. Buyumga oxirgi ishlov bеrishda qanday ishlar bajariladi?

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling