Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
Ishni bajarish tartibi
1. Iste’mol qilinib bo‘lgan tunukali idish tanlab olinadi. Idish tayyorlana- digan tunuka o‘rtacha qattiqlikda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Chunki yumshoq tunuka idishidan qirg‘ich tayyorlab bo‘lmaydi. 2. Idishning belgilangan qismidan marker qalami yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. 3. Marker qalami yordamida to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular holatda yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim. 51-rasm. Metall tunukadan gul yasash. 81 4. Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab olinib, qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib olinadi. 5. Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida silliqlanadi. 6. Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi. 7. Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parmaning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda qirg‘ichdan o‘tkaziladigan mahsulotning katta-kichikligi har xil bo‘lib qolishi mumkin. 8. Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Biz bilamizki, qirg‘ichdan turli xil mahsulotlarni maydalashda foydalaniladi. Safarga, dam olish maskanlariga sayohatga chiqqanimizda uydagi barcha buyumlarni olib ketishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday sharoitda qo‘lbola usulda tayyorlangan qirg‘ich bizga kerak bo‘ladi. 1-jadval T /r Ishni amalga oshirish bosqichlari Ishni amalga oshirish bosqichlarining rasmli tasvirda ifodalanishi 1 Iste’mol qilib bo‘lingan tunukali idish tanlab olinadi. 2 Idishning belgilangan qismidan marker qalami yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. 3 Marker qalam yordamida to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular holatda yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim. 82 4 Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab chiqiladi. 5 Qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib olinadi. 6 Teshik ochish ishlari birin-ketin amalga oshirilib boriladi. 7 Teshikchalarni barcha nuqtalarda bajarilgani tekshirib chiqiladi. 8 Teshik teshish vaqtida hosil bo‘lgan temir bo‘laklarini silliqlash uchun qumqog‘ozdan foydalaniladi. 9 Teshilgan teshikchalar qumqog‘oz yordamida silliqlanadi. Qo‘lni temir tilib yubormasligi uchun ish jarayoni asta-sekinlik bilan bajariladi. 10 Idishimizdagi ortiqcha metall bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi. 83 11 Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parma- ning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. 12 Ishni bajarish ketma-ketligi barcha teshiklarni bukib chiqish bilan davom ettiriladi. 13 Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling