Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
4-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Uy-ro‘zg‘or isitish asboblarining tuzilishi. Elektr isitixsh asboblaridan xavfsiz foydalanish qoidalari. Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi. Amaliy mashg‘ulot Yasama issiqlik relesini konstruksiyalash. Elektr bilan isitish – isitishning boshqa turlariga (gaz, suyuq yoki qattiq yoqilg‘i yordamida isitishga) qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Asosiy afzalliklaridan biriga turar joy xonalari sanitariya-gigiyena sharoitlarining ancha yaxshilanishini kiritish mumkin. Elektr bilan isitish asboblari vazifasi va assortimentiga ko‘ra juda ham xilma-xildir. Ular mehnatni ancha yengillashtiradi, turli uy ishlariga sarflanadigan vaqtni kamaytiradi va foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘ladi. Elektr bilan isitish asboblarining afzalliklaridan yana biri isitish darajasini kerakli haroratgacha rostlash imkoni borligidir. 84 Turmushda yuqori qarshilikli o‘tkazgichlar vositasida elektr bilan isitish, infraqizil nurlar yordamida isitish, yuqori chastotali toklar bilan induksion isitishdan foydalaniladi. Isitish qismlari uchun simlar yoki tasmalar tayyorlanadigan qotish- malarning solishtirma qarshiligi mis yoki boshqa o‘tkazgichlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bu narsa tuzilishining ixcham bo‘lishini va haroratga kam bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi (kengayishdagi harorat koeffitsienti juda ham kichik bo‘lishi kerak). Bundan tashqari, ular suyuqlanmasdan va oksidlanmasdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratga chidashlari kerak. Bunday talablarni metallar ichida maxsus qotishmalar – konstantan, nixrom va fexral bajarish mumkin. Barcha isitish qismlarida tok o‘tkazuvchi sim yoki tasmani qobiqdan puxta himoya qilinadi. Elektr isitish asboblarining sifati va ishonchliligi, shuningdek, uni ishlatishdagi xavfsizlik shu narsaga bog‘liq. Vazifasiga qarab isitish qismlari ochiq va yopiq qilib ishlanadi. Yopiq isitish qismlari nogermetik va germetik bo‘lishi mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling