Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Mustahkamlash uchun savol


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Mustahkamlash uchun savol
1. Issiqlik relesi deb nimaga aytiladi?
2. Issiqlik relesining qo‘llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilish
Amaliy mashg‘ulot
Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilish jadvalini ishlab 
chiqish. Ikki qutbli ulab-uzgich bilan bitta, ikkita, uchta lampani ulash
Xonadon (oshxona, zal) elektr tarmog‘ini montaj qilishdan oldin xonadon 
(oshxona, zal) ning elektr uskunalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Montaj 
53-rasm. Bimetall yaproqni 
haroratga bog‘liqlik holati.


90
qilish jarayonida tok manbayi qayerda joylashganligiga e’tibor qaratish va uni 
qanday turga mansubligini aniqlashingiz; elektr energiya iste’molchisining 
joylashgan o‘rni va vazifasini aniqlashingiz; o‘tkazgichlarning qanday 
o‘tkazilganini, kalit va rozetkalarning qan day o‘rnatilishini ko‘rib chiqib, 
shundan so‘ng prinsipial sxemasini chizishingiz lozim.
Bu dars jarayonida xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha 
elektromontaj ishlari amalga oshirilishini e’tiborga olib, siz xonadon (oshxona, 
zal)ning yig‘ilgan namunasini va undagi barcha detallari bilan tanishib chiqing. 
Shundan so‘ng yoritqich va elektr jihozlarning konstruktiv jihatdan o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘rib chiqasiz. Xona donning xususiyatlariga hamda elektr 
lampa patroni, kalit, rozetkalarning o‘rnatilishi, o‘tkazgichlarning joylashuviga 
e’tibor qarating. 
Amaliy mashg‘ulot
1. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bilan tanishish. 
2. Yoritish lampasi va kalitlarni joylashtirish rejasini tuzing.
3. O‘rnatiladigan elektr jihozlari mo‘ljalini olib, elektr rozetkasini o‘rnatish 
joylarini aniqlang.
4. O‘rnatiladigan elektr jihozlarining quvvatini e’tiborga olib, o‘tkazgich 
tanlang.
5. Xonadon (oshxona, zal)elektr tarmog‘ini montaj sxemasini chizing.
6. Xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha sxema asosida montaj 
qiling. 
7. Dars oxirida o‘quvchilar xonadon (oshxona, zal)ning maketi bo‘yicha 
sxema asosida montaj qilingan ishini o‘qituvchiga ko‘rsatadi. 
8. O‘quvchilar bajargan ishlariga ko‘ra baholanadi. 
9. Mustahkamlash sifatida o‘quvchilar o‘zlari bajargan ishlarining ayrim 
kamchiliklarini bartaraf etishni o‘rganadilar. 
I z o h : 
xonadonning xususiyatlariga qarab elektr o‘tkazgich, elektr lampa, 
kalit, rozetkalarni o‘rnatishdan oldin, ulardan foydalanishdagi qulaylik va 
xavfsizlik darajasi hamda o‘tkazgichlarning joylashuviga e’tibor bering.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling