Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Elektr isitish asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi
Elektr isitish asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari
Elektr tarmoqlariga ulanadigan har qanday qurilmalardan foyda- lanadiganlar, uy-ro‘zg‘or elektr asboblari va mashinalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xavfsizlik qoidalarini, ko‘rsatmalarini bilishi hamda uning talablariga rioya qilishi kerak. 88 Elektr qurilmalar, elektr simlari nosoz bo‘lganda, texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va xavfsizlik texnikasiga oid instruksiyalar ishdan chiqqanda uy-ro‘zg‘or elektr asboblari bilan ishlagan paytda elektr toki bilan jarohatlanish xavfi tug‘ilishi mumkin. 0,06 A li tok kuchi inson hayoti uchun xavfli, 0,1 A tok esa halokatli hisoblanadi. Kuchlanishi 36V dan ortiq bo‘lgan asboblar bilan ishlaganda xodimlarni tok bilan jarohatlanishdan saqlash uchun elektr tokidan izolatsiyalovchi himoya vositalaridan (dielektrik qo‘lqoplar, dastasi izolatsiyalangan asbob-uskunalar va hokazolar) foydalanishlari kerak. Himoya vositalari «Elektr qurilmalarida ishlatiladigan himoya vositalari- dan foydalanish va ularni sinash qoidalari»ga javob berishi kerak. Issiqlik relesining tuzilishi va ishlash prinsipi Elektr qurilmalarini ishga tushirish va himoya qilish maqsadlarida qo‘llanadigan relelar amalda eng ko‘p tarqalgan issiqlik relelaridir. Issiqlik relelari faqat himoya relelari sifatida va ishga tushirish – himoya relelari sifatida ishlab chiqariladi. Himoya issiqlik relelari bimetall plastina va isitkichdan tarkib topsa, ishga tushirish himoya relelari elektromagnit va issiqlik himoya relelari to‘plamidan iborat bo‘ladi. 2 1 4 3 52-rasm. Issiqlik relesining tuzilishi: 1 – bimetall yaproq; 2 – qayta ishga tushiruvchi tugma; 3 – prujina; 4 – bimetall yaproq tutqichi. 89 Issiqlik relesi (52-rasm) uchta asosiy qismdan: elektr isitkich – EK, bimetall yaproq tayanch (plastinka) 1 va normal holatda berk bo‘ladigan kontaktlar (KK)dan iborat. Bimetall yaproq tayanchi (plastinka) issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsient (O 1 va O 2 )lari turlicha (a 1 < a 2 ) bo‘lgan ikki metall yaproqchalar (plastinkalar)ni bir-biriga qizdirib yopishtirish yoki payvandlash yo‘li bilan olinadi. Ma’lumki, O 1 va O 2 bo‘lgan bimetallning bir uchi qo‘zg‘almas qilib mahkamlansa va qizdirilsa, u chiziqli kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan tomonga og‘adi. 53-rasmda (a) bimetall yaproqni qizitil magan holati, 53-rasmda (b) esa uni qizitil gandan keyingi holati ko‘rsatilgan. Issiqlik relelarida chiziqli kengayish koeffitsienti o‘ta kichik bo‘lgan invar (ya’ni nikel va temir qotishma) va chiziqli kengayishi yuqori bo‘lgan sirti nixrom– nikel bilan qoplangan magnitlanmaydigan po‘latdan keng foydalaniladi. Bimetall qancha uzun va yupqa bo‘lsa, uning og‘ishi shuncha yuqori bo‘ladi. Bimetallning qizishi uning o‘zidan o‘tadigan iste’molchi toki yoki iste’molchi toki va maxsus elektr isitkich o‘rnatish tufayli vujudga keladi. Amalda bu oxirgi usul keng qo‘llaniladi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling