Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

7-rasm. 
Baliqni tangachalardan tozalashda ishlatiladigan baliqtozalagich turlari.


114
Dimlangan tovuq tayyorlash 
Аmaliy mashg‘ulot
Jihozlar
G
o‘shtga ishlatiladigan taxta va pichoqlar, tova, kapgir, sanchqi, qozon, 
likopchalar.
Kеrakli masalliqlar: tovuq, kartoshka 3–4 dona, pomidor 1–2 dona, 
bulg‘or qalampiri 1 dona, piyoz 1 dona, sabzi 1 dona, sarimsoqpiyoz bo‘lagi 
4–5 dona, limon 1 dona, sariyog‘ 70 g, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor va oshko‘katlar. 
Sousi uchun: mayonez yoki qaymoq 150 g, sarimsoqpiyoz bo‘lagi 4–5 
dona, quritilgan qizil bulg‘ori yarim oshqoshiq, tuz va ziravorlar.
Ishni bajarish tartibi
1. Mayonez yoki qaymoqqa tuz, ziravor va qizil bulg‘ori hamda mayda 
qilib to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz qo‘shib aralashtiriladi. 
2. Hosil bo‘lgan qorishmani tozalangan tovuqning avval yaxshilab ustiga, 
agar ortsa ichiga ham surtib chiqiladi.
3. Sanab o‘tilgan piyoz va limondan tashqari hamma sabzavotlarni o‘rtacha 
shaklda, piyozni esa yarim halqa shaklda to‘g‘rab, hammasi bir idishga 
solinadi, limonning yarmini siqib, suvi sabzavotlarga qo‘shiladi va 
ta’bga ko‘ra tuz, ziravor hamda oshko‘katlar solib aralashtiriladi.
4. Hosil bo‘lgan massaga bo‘laklarga bo‘lingan sariyog‘ qo‘shiladi va 
aralashtiriladi. Bu aralashma tovuq ichiga solinadi va limonning qolgan 
yarimta qismi bilan yopiladi. Bu limon 
birinchidan qopqoq vazifasini o‘tasa, 
ikkinchidan xushta’mlik beradi.
5. Tovuq oyoqlari uchini bir-biriga 
yopishtirib ip bilan bog‘lab qo‘yiladi.
6. Chuqurroq patnisni ozroq yog‘lab 
tovuq qo‘yiladi, agar sabzavotlar ortib 
qolgan bo‘lsa, ular tovuq atrofiga terib 
qo‘yiladi va tovuqning usti maxsus 
zarqog‘oz bilan yopilib, duxovkada 40 
daqiqa davomida past olovda pishiriladi.
7. 40 daqiqadan so‘ng tovuqning usti 
ochilib, 20–30 daqiqa baland olovda 
qizartirib olinadi.
8-rasm. Dimlangan tovuq. 


115
8. Tayyor bo‘lgan dimlangan tovuq kattaroq laganga butunligicha qo‘yiladi. 
Lagan didingizga qarab bezatiladi va dasturxonga tortiladi. 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling