Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari
«Chayka» tikuv mashinasi siniq baxyaqator hosil qilishda uning ignasi bir yo‘la vertikal va gorizontal harakat qiladi. Ya’ni igna, o‘zining vertikal harakati davomida ma’lum masofaga og‘ib gorizontal harakat ham qiladi. Siniq baxyaqator 5 ta asosiy mexanizmlar (igna, moki, ip tortkich, tepki, surgich mexanizmlar) bilan birga qo‘shimcha ignani og‘diruvchi mexanizmni bir-biriga bog‘liq harakatidan hosil bo‘ladi. Maishiy mashinalarda bu baxyaqatorning chalishuvi moki orqali hosil bo‘ladi. «Chayka» tikuv mashinasi to‘g‘ri baxyaqator tikishi bilan birga siniq baxyaqator ham tikadi. Bu bahyaqator kiyim choklarini sitilmaslik uchun yo‘rmalash maqsadida qo‘llanishi, uchma-uch ulash choklari, bezakli qavish, parallel baxyaqatorlar yuritish, kashta tikish, to‘rlarni, aplikatsiyalarni biriktirib tikish, bir va ikki marta bukib tikish, petla yo‘rmalash, tugma chatish, yashirin baxyaqator yuritish, qo‘sh igna yordamida parallel baxyaqatorlar yuritishi va boshqa ishlarni bajarishi mumkin. Bu chokning ko‘rinishi gazlama usti va ostida siniq shaklda (zig-zag) bo‘ladi. Bunday choklar tikuvchi maishiy mashinalar jumlasiga «Tula», «Chayka» (Rossiya); «Lada» (Chexoslovakiya); «Veritas», «Keller» (Germaniya) tikuv mashinalari kiradi. Rossiyaning «Chayka» tikuv mashinasi bir necha marta takomil- lash tirilib, qulayligi, yetarli chidamligi bilan o‘zini oqlagan. Maishiy mashinalarning bunday to‘g‘ri baxya tikish bilan birga siniq baxya tikuvchi xillari hozirgi davrda rivojlantirilib borilmoqda, Jumladan, Shvetsariyada «Bernina», (32-rаsm, a, b), Germaniyada «Pfaff-Singer» (32-rаsm, d, e) firmalarida tikuv mashinalari ishlab chiqarilgan. Ular zamonaviy mashinalar hisoblanib, qulay, yengil va juda sifatli chok 164 tika oladi. Imkoniyatlar ham kengdir. Yani ustki va ostki iplarni taqish yo‘llari qulay ishlangan. Ip qirqish, naychaga ip o‘rash, petla yo‘rmashda chegaralovchi moslamalari va boshqa maxsus tepki turlari kengayib, ularni qo‘llash ham qulay ishlangan. Shuningdek, siniqbaxya asosida turli chiziqli kashtalar hosil qilish sonlari kengayib sifati oshgan. Hozirgi davrda ko‘plab elektronika qo‘llangan, dasturlangan, mikro kompyuterli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Shvetsariyaning «Xuskvarna» firmasida ishlab chiqarilgan mashinalar dastur asosida turli kashtalar tikadi, bezaklarni biriktirib tikadi, applikatsiyalarni bezatib biriktiradi. Mashina turli moslamalarga ega d) e) «Plaff-Singer» 32-rasm. Zamonaviy tikuv mashinalari. a) «Bernina» b) 165 bo‘lib, murakkab operatsiyalarni bajarishda qulaylik tug‘dirib mehnatni yengillashtiradi, ish sifatini oshiradi. Mashina ignasiga ip taqish petlya, tugma o‘lchamlarini sozlaydigan, ip qirqish uchun qaychi moslamalari, ish tezligini o‘zgartirib, chegaralash imkoniyatlariga ega. Tugma qadaydigan mashinaning tеzligi 1500 ob/min. U masalan, bitta tugmani 1 soniyada qadaydi. Bir smеnada tugma qadash mashinasida bеsh mingta tugma qadashi mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling