168
Izma uchli, o‘tkir qaychi bilan yoki
maxsus tikuvchilik ish quroli – izma
ochkich bilan qirqiladi (35-rasm, a).
Ko‘zli izmalar maxsus o‘ygich yoki
qaychida ko‘zli izma uchun 0,2x0,2
sm
kvadrat qilib o‘yib olinadi (34-rasm, b).
Qirqilgan izmalar oldin
oddiy ipda mayda
qiya qaviqlar bilan,
kеyin halqa qaviq
bilan ipak ipda yo‘rmalanadi (35-rasm, d,
e). Izma yo‘rmalash boshida va oxirida puxtalanadi, buning uchun bir joyning
o‘zida izma eniga 2–3 ta qaviq tushirib,
kiyim gazlamasini ilib, halqa qaviq
bilan o‘raladi (35-rasm, f).
34-rasm.
Mashinada izma tikish.
a) b) d) e) f)
35-rasm. Qo‘lda izma tikish jarayoni.
Izma siniq baxyaqatorli mashinada yo‘rmalanadigan bo‘lsa,
uni yuqo-
ri uchidan, ya’ni «ish» uchidan boshlab 0,5
sm kеnglikda yo‘rmalanadi
(35-rasm). Siniq chiziq kеngligi 0,2
sm. Har bitta baxya tushganda gazlamaning
surilishi minimal darajada bo‘ladi. Izma oxirida (boshida ham) bitta joyda bir
nеcha baxya qilinadi. Yo‘rmalangandan kеyin tikuv mashinasining to‘plamidagi
maxsus pichoq bilan yoki o‘tkir uchli qaychi bilan izma qirqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: