Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Mustahkamlash uchun savol
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli topshiriq P armalash stanogida teshiklarni qiyalatib ochish uchun qanday usuldan foydalaniladi 1.4. MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Mustahkamlash uchun savol
Parmalash stanogining asosiy uzellarini aytib bering. Jihozlar Parmalash stanogi Ishni bajarish tartibi 1. Yog‘ochga ishlov berish, parmalash stanogi qismlari tuzilishi va bajariladigan vazifasini o‘rganib chiqing. 2. Stanokda ishlatiladigan keskichlarning shakli, ular bilan bajariladigan ishlar hamda ularni stanokka o‘rnatish qoidalari o‘qituvchi tomo nidan ko‘rsatiladi. Muammoli topshiriq P armalash stanogida teshiklarni qiyalatib ochish uchun qanday usuldan foydalaniladi? 1.4. MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI Uy-ro‘zg‘or, turmushda va maktabda qo‘llanilayotgan texnika va konstruksiyalash elementlari Duradgorlik buyumi detallar va uzellardan iborat bo‘ladi. Detallarni o‘quv ustaxonalarida yig‘ish qo‘lda (mexanik) bajariladi. Masalan, shakli va o‘lchamlari chizmada ifodalangandek, yelimlangan brusok, ko‘p qavatli yelimlangan faner, payvandlash va boshqa yo‘llar bilan tayyorlangan buyumlar – detallar sanaladi. Uzellar deb, tarkibiy qismlari ustaxonada tayyorlanadigan, mah- kamlash, yelimlash va boshqa yig‘ish yo‘li bilan biriktirilgan buyumlarga 2 – Texnologiya 7-sinf. 34 aytiladi. Uzel – yig‘ma buyum bo‘lib, unga detallar, materiallar, ikkinchi, uchinchi darajali uzellar va ustaxonada yasalmay, balki tayyor holda olingan buyumlar kiradi. Tarkibiga boshqa uzellar kirmaydigan uzellar oddiy, tarkibida boshqa uzellar bo‘lgan uzellar murakkab uzellar deyiladi. Masalan, bir necha detal yelimlab yasalgan brusok oddiy uzel, shkafning tortma yashigi murakkab uzeldir. Duradgorlik buyumlarining detal va uzellari turli nomlar bilan ataladi. Masalan, stulning oyoq bog‘lagichlari, orqa suyanchig‘i va o‘rindig‘i uning detallaridir. Shkafning devorlar, eshikchalar, qopqoqlar, asoslar, surilma yashik va tokchalari uning asosiy elementlaridir. Duradgorlik buyumlarida detal hamda uzellar bosh konstruktiv rol o‘ynaydi va buyumlar konstruksiyasining asosini tashkil qiladi. Bunday buyumlarning detal va uzellarini oshiq-moshiq bilan biriktirish mumkin. Brusoklar duradgorlik buyumlari konstruksiyasida keng qo‘llani- ladigan turli shakldagi zagotovkalardir. Brusokning yog‘ochi yillik halqalari joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan ingichka qismi qirra, keng qismi esa qatlam deyiladi. O‘ng qatlam doimo yog‘ochning o‘zagi yonida, chap qatlam esa uning atrofida joylashadi. Brusokning yog‘och tolalarini to‘g‘ri burchak ostida qirqish natijasida hosil qilingan sirti tores , to‘g‘ri burchakdan kichik yoki katta burchak ostida qirqish bilan hosil qilingan sirti yarim tores deyiladi. Detal qirrasining o‘tkir qirqilgan yon qismi – qovurg‘asi faska deb ataladi. Faska materialning tashqi ta’sirga qarshiligini oshiradi. Duradgorlik buyumlarini yasashda texnik-iqtisodiy va estetik talablarni, ularni tayyorlashda ishlatiladigan materialning texnologik va fizik xossalarini hisobga olib, konstruksiyalanishi kerak. Buyum tayyorlashda turli nav yog‘ochlar asosiy konstruksion material hisoblanadi. Konstruktor yog‘ochda radial va tangensial yo‘nalishda sodir bo‘ladigan deformatsiyalanishni nazarda tutishi va buyum detallarini ana shu deformatsiyalarni hisobga olib joylashtirishi kerak. Shunday qilinganda buyumning shakli va mustahkamligi o‘zgarmaydi. 35 Yog‘och tolasini xohlagan yo‘nalishda kesish undan tayyorlangan detalning mustahkamligiga putur yetkazadi. Shuning uchun, masalan stullarning orqa oyoqlarini yog‘och tolalari kamroq kesiladigan qilib loyihalash kerak. Shuningdek, yog‘och tolalarining yo‘nalishi detalning uzunligi bilan ustma-ust tushgan yoki undan ko‘p chetlashmagani ma’qul. Ayrim detallardagi tolalar yo‘nalishi cho‘zuvchi yoki siquvchi tashqi kuchlar yo‘nalishiga to‘g‘ri kelishi va eguvchi kuchlar yo‘nalishiga perpendikular bo‘lishi mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling