Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-rasm. Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish. 16-rasm
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
15-rasm.
Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish. 16-rasm. Qirquvchi iskana yordamida rejalash va qirqish: a – rejalash; b – qirqib tushirish. 38 Xomaki yo‘nish yakunlangandan so‘ng sirtlarni silliqlash jarayoni boshlanadi. Silliqlash qirquvchi iskana yordamida bajariladi. Qirquvchi iskana (mayzel)larning eni har xil o‘lchamda va yassi bo‘ladi. Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish ishlari bajarilganda tig‘ning o‘tmas burchakli qismidan boshlab ko‘pi bilan 2/3 qismi kesishda ishtirok etadi (15-rasm), tig‘ning o‘tkir burchakli uchi yo‘nish vaqtida kesishda ishtirok etmasligi kerak. Aks holda tig‘ yog‘ochga botib, sirtning silliqligini buzadi. Qavariq sirtlar tig‘ning faqat o‘tmas burchakli qismi bilan yo‘nib hosil qilinadi. Qirqish esa faqat o‘tkir burchakli uchi bilan bajariladi (16-rasmga qarang). Qirqib tushirishda tig‘ yuqoriga qaratib tutib turiladi. Buyum yoki detal tayyor bo‘lgandan so‘ng ko‘ndalang qirqimlarni tekis qirqib tushirish uchun yog‘ochning ikkala uchi aniq o‘lchamli qilib qalam bilan rejalab olinadi. Rejalash stanok ishlab turgan vaqtda yoki shpindel qo‘l bilan aylantirib bajariladi. a) b) d) e) f) 17-rasm. Turli xil sirtlarni rejalash va yo‘nish: a – sirkul yordamida rejalash; b – tik bo‘yinlar hosil qilish; d – pog‘onali (to‘g‘ri burchakli) sirtlar; e – o‘yiqlar; f – botiq sirtlar. 39 Qirqish vaqtida yog‘ochning yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab payraha chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib turiladi. Qirqish jarayoni yog‘ochning diametri 8–10 mm qolgunga qadar davom ettiriladi. Silindr sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab chizg‘ichida olinadi, sirkul bilan rejalashda esa oldindan o‘lchamga sozlanib olinadi. Silindr sirtlarda tik bo‘yinlar (17-rasm, b) hosil qilinadi, bo‘yinning uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanadan foydalaniladi. To‘g‘ri burchakli o‘yiqlar (17-rasm, d) hosil qilishda zagotovka o‘lchamlar asosida rejalanib, o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yiladi va reja bo‘yicha burchak ostida payraha chiqariladi. Ularning chuqurligi kronsirkul yoki shtangensirkul bilan o‘lchanadi. Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar (17-rasm, e, f) hosil qilishda zagotovka dastlab aniq o‘lchamlarda rejalab olinadi. Botiq sirtlar yo‘nuvchi iskana yordamida hosil qilinadi. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling