41
Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra –
islimiy va
girih naqshlarga bo‘linadi.
Islimiy naqsh
– tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g‘uncha, qush,
baliq va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan moslashtirib olingan
shaklini ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi.
Stilizatsiya – qush, baliq, gul rangi va
shaklini manzarali tarzda
umumlashtirishdir.
18-rasm. Girih naqsh.
19-rasm.
Islimiy naqshlardan namunalar chizish.
42
Girih naqsh
– geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, chigal, tugun
degan ma’noni anglatadi. Girih naqsh murakkab naqsh turi. U geometrik
naqsh turlaridan biri bo‘lib, to‘rtburchak, uchburchak, aylana va yoylar
hamda ko‘pburchaklardan tashkil topadi. Tuzilish jihatidan to‘g‘ri chiziq,
egri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo‘linadi.
Naqqoshlikda garmoniya, kontrast, simmetriya, assimetriyaga alohida
e’tibor berish zarur.
Garmoniya
– grekcha so‘zdan olingan bo‘lib,
munosiblik, bog‘liq
bo‘lish, muvofiqlik degan ma’nolarni anglatadi. Naqqoshlikda naqshning
rangi, o‘lchami, shakllar nisbatidagi bir-biriga uzviyligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: