Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Stol yasashning texnologik xaritasi


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Stol yasashning texnologik xaritasi.
t/r
Ishning
ketma-ketligi
Ishni bajarish 
bo‘yicha ko‘rsatma
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
Kichik ko‘rinishdagi 
stolni yasash uchun 
kerak bo‘ladigan 
xom ashyo materiallari 
va asbob moslamalar 
tanlab olinadi.
Chizg‘ich, 
go‘niya
Qalam, 
lobzikarra, 
parmalash 
dastgohi, 
qumqog‘oz,
2
Fanerga shablon 
asosida stolning oyoq 
qismi nusxa tushirish 
qog‘ozi yordamida 
chizib chiqiladi.
Shablon, 
faner
Qalam
3
Tasvirda hosil 
bo‘lgan chiziqlar 
asosida faner 
lobzikarra bilan 
qirqiladi.
Faner
Lobzikarra
4
Qirqib olingan 
bo‘laklar bir-
biriga biriktiriladi. 
Birikmalar orasiga 
yelim surtiladi.
Chizg‘ich, 
go‘niya
PVA yelim


27
5
Stolning tepa qismi 
chizib olinadi.
Sirkul, 
qalam
6
Chiziq asosida qirqib 
chiqiladi.
Lobzikarra 
7
Stolning oyoqlari 
tepa qismiga 
o‘rnatilishi uchun 
oyoqlarning o‘lchami 
asosida teshikchalar 
ochib chiqiladi. 
Chizg‘ich, 
qalam 
Lobzikarra 
8
Stolning barcha 
qismlari qumqog‘oz 
yordamida 
silliqlanadi.
Qumqog‘oz 
9
Stolning oyoq va 
tepa qismlari bir- 
biriga o‘rnatiladi. 
Yelim yordamida 
biriktiriladi.
Chizg‘ich PVA yelim 
10
Stol bo‘yaladi.
Lok
Mo‘yqalam


28
Amaliy mashg‘ulot
Yog‘ochdan turli xil ko‘rinishdagi uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlash 
mumkin. Biz o‘tgan darslarimizda kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlaridan stol 
va stulni yasash texnologiyasini o‘rgandik. Buyumni yasashda ishlatiladigan 
yog‘och turlarini ham farqlay oldik. Sifatli yog‘ochdan tayyorlanadigan buyum 
chiroyli va mustahkam bo‘ladi. Ayniqsa, tayyorlanadigan buyum bezak sifatida 
ishlatilsa, yog‘ochning chiroyi tabiiy guli bilan ko‘zga tashlanib turadi. Yog‘och 
o‘zining tabiiy ko‘rinishi va rangiga ega. Yog‘ochning tabiiy rangini saqlash 
maqsadida unga rangli bo‘yoq ishlatilmaydi. Faqat loklash bilan kifoyalanadi. 
Lok yog‘ochning yaltiroqliligini oshiradi. Uni zararli hasharotlar va namdan 
saqlaydi. Agar yog‘och quriq va toza joyda saqlansa, uzoq muddat xizmat 
qiladi. Tadbirkorlik va ishlab chiqarishning turlaridan biri mebelsozlikdir. 
Bugungi kunda mebel ishlab chiqarish kundan kunga rivojlanib bormoqda. 
Mebellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir qator korxonalar mavjud. 
Malakali ustalar tomonidan zamon talabiga mos keladigan mebel mahsulotlari 
har xil ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Siz, aziz o‘quvchilarga yog‘ochdan 
turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatishdan maqsad tadbirkorlik va 
ishbilarmonlikka yo‘naltirish, ana shu kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlarini 
yasash jarayonida iqtidor va qiziqishlaringizni sinovdan o‘tkazishdir. Mebellar 
kichik ko‘rinishda yoki katta bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarish texnologiyasi 
bir-biridan farqlanmaydi. Texnologiya darslarida yasaladigan buyumlarning 
texnologiyasi zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning 
kichik maketi hisoblanadi. Agarda sizlarda ushbu uy-ro‘zog‘or buyumlarini 
tayyorlashga qiziqish va ishtiyoq bo‘lsa, kelajakda tadbirkor bo‘lishingiz 
uchun yo‘l ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Har bir kishi qo‘lidan kelganicha uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘zi mustaqil 
yasashni xohlaydi. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda kerak bo‘ladigan 
xomashyo materiallari haqida ham ma’lumotlarga ega. Shunday ekan, 
qo‘limizdan keladigan yoki yasash imkoni mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or 
buyumlarini o‘zimiz o‘z qo‘limiz bilan tayyorlasak, yanada qadrliroq bo‘ladi. 
O‘lcham olish, olingan o‘lcham asosida buyumni rejalash, arralash, kesish, 
qirqish va boshqa ishlarni bajarishda esa sabr va qunt, e’tibor talab etiladi. 
Duradgorlik ustaxonasida tayyorlanadigan kichik ko‘rinishdagi stullarni 


29
yasash texnologiyasi bilan bizlar tanishmiz. Endi o‘sha texnologiyani 
ozgina murakkablashtirib, detallar sonini va o‘lchamini to‘g‘ri olsak, buni 
bajarishimiz ham oson bo‘ladi. Sizlar bilan darsda tayyorlamoqchi bo‘lgan 
buyumimiz shkaf bo‘lib, uni tayyorlashda ijodiy yondashish, e’tibor, aniqlik, 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling