Shaxrisabz davlat pedagogika instituti


Xulosa……………………………………………………………………………62 Foydalanilgan adabiyotlar


Download 140.63 Kb.
bet2/13
Sana23.06.2023
Hajmi140.63 Kb.
#1651912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KOMILLIK.docxZILOLA (3)

Xulosa……………………………………………………………………………62


Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….65


KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahonda XXI asrdagi ijtimoiy hayot individualizatsiyasi shaxs va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi tafovutlarni kengaytirib yubordi, uning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki xarakterini tubdan o‘zgartirdi. “Individuallashgan jamiyatning” bunyod bo‘layotgani shaxs ma’naiyatini Vatan va jamiyat manfaatlaridan tobora yiroqlashtirmoqda. Shu munosabat bilan komillik madaniyatini yangi ijtimoiy voqelikka moslashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning uchun esa dastavval Komil inson g‘oyasi modeli haqidagi ilmiy tasavvurlarni takomillashtirish, uni yuksaltirish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Jahon ilm-fanida individuallashgan jamiyatning komil inson ma’naviyati va faoliyatiga ta’siri aspektlari bafurja tadqiq qilinmoqda. Ilmiy maktablarda komil inson ma’naviyati va faoliyatini Vatan va jamiyat manfaatlariga yo‘naltirish uchun avvalo komil inson g‘oyasining nazariy modelini shakllantirish zarurligi, mazkur modelning turli mamlakatlarda namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash kerakligi bot-bot takrorlanmoqda. Mazkur masala butun jahon ijtimoiy fanlari oldida turgan ilmiy vazifaga aylanmoqda. Uning ijrosi barcha mamlakatlar, xususan O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi intellektual salohiyatini ham safarbar qilishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy islohotlar qizg‘in pallaga kirdi. Yil sayin mazmuni chuqurroq, ko‘lami kengroq vazifalar kun tartibiga qo‘yilmoqdaki, bu vazifalarni fa-qat komil inson manfaatlarini mufassal tushungan, komillik sari faol intilishga qodir fuqarolar ijro eta oladilar. Xuddi shuning uchun ham davlat rahbari “yurtdoshlarimizda Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyat tuyg‘usini yanada yuksaltirish kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratdi”1. Bu vazifalar komil inson g‘oyasining mazmuni va xarakteri, uni zaiflashtirayotgan muammolar, yuksaltirish imkoniyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan ilmiy ishlarga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va so-hani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi” Qarori, 2021 yil 4 martdagi PF-6181-son “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Farmoni, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni hamda mavzuga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur magistrlik dissertatsiyasi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 140.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling