Shaxs axloqiy ongi borasidagi nazariy tahlillar
Download 169.67 Kb. Pdf ko'rish
|
42-46-shaxs-axloqiy-ongi-borasidagi-nazariy-tahlillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Vol 2, Issue 1 2022
- -Kirish (Introduction)
Ключевые
слова: нравственность, нравственное сознание, нравственное качество, чистота, правдивость. этический принцип, этическое понимание. Annotatsiya: mazkur maqolada shaxs axloqiy ongiga nisbatan olimlar va muttafakirlar tomonidan bildirilgan qarashlar nazariy jihatdan tahlil qilingan. Axloqiy munosabatlarda individual ong (shaxsiy e’tiqod, motivlar va o‘ziga baho berish) katta rol o‘ynaydi, bu esa insonda o‘zini ichki nazorat qilishni, o‘z harakatlarini rag‘batlantira olishni, ularga baho berish va xatti-harakatlarini tartibga solish va rivojlantirish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: axloq, axloqiy ong, axloqiy sifat, pokizalik, rostlik. axloqiy me’yor, axloqiy tushuncha. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039 http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss Vol 2, Issue 1 2022 Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce, distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode 43 -Kirish (Introduction) So‘nggi paytlarda shaxsning axloqiy ongi muammosi olimlarning alohida e’tiborini tortmoqda. Bilamiz-ki, axloq muayyan jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar, tamoyil, me’yorlar, urf-odatlar negizida vujudga keladi. Axloq san’at va fan bilan bog‘liq bo‘lib, yoshlarda axloqiy ideallarni shakllantirishga xizmat qiladi. Axloq ayniqsa, ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq. Ilmiy qarashlar, nazariyalar insonni yuksak axloq egasi, donishmand va halol inson bo‘lishga chaqiradi. Axloqiy ongning tuzilishi – bu bir butunlik bo‘lib, unda hamma narsa o‘zaro bog‘liq va har bir element faqat boshqa elementlar bilan alohida aloqada ma’no oladi. Shaxsning axloqiy madaniyati darajasining keskin pasayib ketidhi, ijtimoiy befarqlik, shubhali ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning jamoatchilik ongiga kirib borishi zamonaviy jamiyat rivojlanishining salbiy tendentsiyalariga olib keladi. Axloqiy ongning o‘ziga xos va ayni paytda eng muhim elementi shaxsning axloqiy sifatlaridir. Axloqiy sifatlar ijobiy sifatlarning fazilatlaridir. Salbiy sifatlarni esa illatlar, deymiz. Mehnatsevarlik, kamtarlik, xushmuomalalik, ezgulik, samimiylik, andisha, sadoqat, g‘urur singarilar turizm (servis) sohasida ham, boshqa sohalarda ham bizning axloqiy qadriyatlarimizdir. Xoinlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, qo‘pollik, irodasizlik, xudbinlik, mansabparastlik, dangasalik kabilar esa salbiy illatlardir. Download 169.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling