Shaxs faoliyati


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

 

TA`LIM 

Bolaning  "odamga  aylanguncha"  egallagan  hamma  narsani  o`rganishdan, 

ya`ni  tajribani  o`zlashtirib  olishdan  iboratdir.  Insonning  hatti-harakatlari  biologik 

tajriba  bilan  belgilanmaydi,  balki  sosial  tajriba  bilan  belgilanadi.  Lekin  sosial 

tajribani  biologik  yo`l  bilan  berib  bo`lmaydi.  Sosial  tajriba  organizmning 

xususiyatlariga  bog`liq  bo`lmay,  balki  inson  yashab  turgan  jamiyatning 

xususiyatlariga  bog`liqdir.  Biologik  yo`l  bilan  nasliy  jihatdan  sosial  tajribani  va 

insoniy  ish-harakat  shakllari  hamda  faoliyatlarini  organizmning  amaliy 

o`zlashtirishi uchun kerakli bo`lgan faqat ma`lum xususiyatlari berilishi mumkin.  

Taraqqiyot  davomida  shunday  vaqt  keladiki,  unda  bolaning  hayotiga 

alohida  faoliyat  turi  kirib  keladi.  Bu  faoliyatning  shunday  turiki,  uning  bevosita 

maqsadi  ma`lum  informatsiyalar,  harakatlar  va  ish-harakatlar  shakllarini 

o`zlashtirishdan  iboratdir.  Sub`ektning  o`z  maqsadi  o`rganishdan  iborat  bo`lgan 

mana  shunday  maxsus  faoliyatni  TA`LIM  (O`QUV)  deb  ataladi.  Ta`lim  faoliyati 

o`z tarkibiga quyidagilarni oladi:  

a)  ma`lum  bir  ideal  va  amaliy  faoliyat  turini  muvaffaqiyat  bilan  tashqil 

qilish  uchun narsa va  hodisalarning  zarur xususiyatlari  haqidagi  informatsiyalarni 

o`zlashtirish ( bu jarayonning mahsuloti bilimdir);  




b)  mana  shu  faoliyat  turlarini  yuzaga  keltiradigan  usul  va  operatsiyalarni 

o`zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo`ladi); 

v)  ko`zlangan  maqsad  va  berilgan  masala  shartiga  mos  ravishda  to`g`ri  yo`l  va 

operatsiya  tanlash  hamda  nazorat  qilish  uchun  ko`rsatilgan  informatsiyalardan 

foydalanish  usullarni  egallash  (bu  jarayonning  mahsuli  -  ko`nikmadan  iborat 

bo`ladi). 

Shunday  qilib,  insonning  ma`lum  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni 

o`zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta`lim bilan 

bog`liq  bo`ladi.  Ta`lim  jarayoni  insoniyatning  ijtimoiy  tajribasini  o`zlashtirishga 

yo`naltirilgandir.  

O`quv  faoliyati  o`quvchilarga,  yoshlarga  bilim  berib  qolmay,  ularni  o`z 

harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish 

o`rgatishga yo`naltirilgan. O`quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.  

MEHNAT 

 Mehnat ma`lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma`naviy mahsulotlar ishlab 

chiqarishga  qaratilgan  faoliyatdan  iboratdir.  Mehnat  faoliyati  odamning  asosiy, 

etakchi  faoliyatidir.  Kishilarning  mehnat  faoliyati  o`z  mohiyati  jihatidan 

ijtimoiydir.  Jamiyat  ehtiyojlari  mehnat  faoliyatini  tarkib  toptiradi,  uni  aniqlaydi, 

yo`naltiradi,  uni  aniqlaydi  va  boshqaradi.  Mehnat  taqsimoti  tufayli,  bironta  kishi 

ham  o`ziga  kerakli  narsalarni  o`zi  to`liq,  oxirigacha  ishlab  chiqarmaydi.  Odam 

jamiyat  uchun  kerakli,  jamiyat  talab  qilgan  (ehtiyojga  ko`ra)  narsalarni  ishlab 

chiqaradi. O`zi uchun kerakli narsalarni esa o`z mehnati evaziga jamiyatdan oladi. 

Shaxsning  ehtiyojlarining  qondirilish  mexanizmi  va  shakllari  jamiyatda  xukmron 

bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Shunday ekan, odamning 

mehnatda bajaradigan ish-harakatlari biologik ehtiyojlar bilan belgilanmaydi, balki 

ko`zlangan  ishlab  chiqarish  MAQSADI  hamda  bu  maqsadni  amalga  oshirishda 

uning boshqa kishilarga munosabatlari bilan belgilanadi.  

Mehnat  jarayonining  bunday  xususiyatlari  inson  faoliyati  va  hayvonlar 

hatti-harakatlar orasida katta tafovut borligini ko`rsatib turibdi.  



 



Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling