Shaxs faoliyati


FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

FAOLLIK VA FAOLIYAT HAQIDA TUSHUNCHA. 

Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan 

bog`lanishlarni  ta`minlaydigan  faoliyati  ularga  xos  yalpi  xususiyat  hisoblanadi. 

Jonli  mavjudotni  muayyan  tarzda  va  muayyan  yo`nalishda  harakat  qilishga 

undaydigan  ehtiyojlar  uning  faolligi  manbai  bo`lib  hisoblanadi.  ehtiyoj  -  jonli 

mavjudotning hayot kechirishining konkret shart  - sharoitlariga uning karamligini 

ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi 

holatidir.  

Kishining  faolligi  ham  ehtiyojlarning  qondirilishi  jarayonida  nomoyon 

bo`ladi.  Odamning  faolligi  shakllari  bilan  hayvonning  hatti  harakatlari  faolligi 

o`rtasidagi  tafovutlar  mavjud.  Hayvonlar  ehtiyojining  qondirilishi  jarayoni 

ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta`minlaydi.  

Odamning  faolligi  va  faollikning  manbai  bo`lgan  insoniy  ehtiyojlar 

tamomila  boshqacha  manzara  kasb  etadi.  Kishining  ehtiyoji  tarbiya  jarayonida, 

ya`ni  kishilar  madaniyati  olami  bilan  munosabatga  kirishish  jarayonida 

shakllanadi.  Tabiatdan  olinadigan  buyum  shunchaki  oddiy  ulja,  ya`ni  faqat 

biologik  ma`noga  ega  OVQAT  tarzidagi  buyum  bo`lmay  qoladi.  Odam  qurollar 

yordamida  buyumni  tarixiy  taraqqiyot  mahsuli  bo`lgan  o`z  ehtiyojlariga 

moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir. 

Ehtiyojlar  qondirilishi  jarayonida  rivojlanib  va  o`zgarib  boradi.  Ular 

hozirgi  zamon  kishisida  uning  ajdodlarida  bo`lganiga  qaraganda  boshqachadir. 

Uning  avlodlarida  ham  boshqacha  bo`ladi.  Kishining  ehtiyojlarini  to`la-to`kis 

qondirish  uni  har  tomonlama  rivojlantirishning  eng  muhim  shartlaridan  biri 

hisoblanadi, lekin bu yakkayu yagona shart emas, albatta. Kamolatga erishishning 

boshqa  shart-sharoitlari  (birinchi  navbatda  mehnat)  mavjud  bo`lmasa,  o`z 




ehtiyojlarini osongina qondirish imkoniyati kishini ko`pincha inkirozga uchratadi. 

Mehnat  bilan  yo`naltirilmaydigan  tekinxo`rlik  ehtiyojlari  zid  xulq-atvor  (ba`zan 

esa  jinoi  hatti-harakat)ning  manbai  bo`lib  qolishi  mumkin  va  ayrim  kishilarda 

shunday bo`lmoqda.  

Jamiyat kishining tarbiyasiga nisbatan qo`yayotgan eng muhim talablardan 

biri mehnat qilish ehtiyojini ta`minlashdan iboratdir.  




Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling