Shaxs faoliyati


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

EHTIYOJLARNING TURLARI. 

Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko`ra farqlanadi. Kelib chiqishiga 

ko`ra ehtiyojlar TABIIY va MADANIY bo`lishi mumkin. 

 Tabiiy  ehtiyojlarda  kishining  o`zining  hayoti  va  o`z  avlodlari  hayotini 

saqlash  va  davom  ettirish  uchun  zarur  bo`lgan  shart-sharoitlarga  bog`liqligi 

ifodalanadi. Barcha odamlarda ovkatlanishga, suv ichishga, qarama-qarshi jinsning 

mavjud  bo`lishiga,  uxlashga,  sovuqdan  va  haddan  ziyod  issiqdan  saqlanishga  va 

hokozolarga  tabiiy  ehtiyoj  bo`ladi.  Agar  tabiiy  ehtiyojlardan  birontasi  uzoq  vaqt 

davomida qondirilmasdan qolsa odam mukarrar ravishda xalok bo`ladi yoki naslini 

davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning 

soniga ko`ra) odamning hayvon ajdodlaridagi va ibtidoiy odamlardagi kabi tarzda 

qolgan bo`lsa ham, lekin ular o`z psixologik mohiyatiga ko`ra hayvonlarning tabiiy 

ehtiyojidan  tubdan  farq  qiladi.  ehtiyojlarni  qondirishning  usullari  va  qurollari 

o`zgaribgina qolmasdan, eng muhimi, ehtiyojlarning o`zi o`zgarib bormoqda.  

Madaniy  ehtiyojlarda  odamning  foliyati  insoniyat  madaniyatining 

mahsulotlriga  bog`liq  ekanligi  ifodalanadi;  uning  ildizlar  butunlay  kishilik 

tarixining  sarhadlariga  borib  taqaladi.  U  yo  bu  xilda  tarkib  topgan  madaniyat 

sharoitlarida  biron  bir  tabiiy  ehtiyojni  qondirish  vositasi  bo`lib  xizmat  qiladigan 

narsalar (vilka va koshik, ovkatni eyish uchun ishlatiladigan chuplar) ham madaniy 

ehtiyojlar  ob`ekti  hisoblanadi.  Agar  kishining  madaniy  ehtiyojlari  qondirilmasa  u 

halok bo`lmaydi (tabiiy ehtiyojlarni qondirilmagan sharoitda ana shunaka bo`lishi 

mumkin edi), lekin undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.  

Ehtiyojlar  o`z  predmetining  xarakterga  ko`ra  MODDIY  va  MA`NAVIY 

bo`lishi mumkin.  




Moddiy 

ehtiyojlarga 

kishining 

moddiy 


predmetlarga 

qaramligi 

(ovqatlanishga,  qiyinishga,  uy-joyga,  maishiy  turmush  ashyolariga  va  boshqa 

narsalarga  ehtiyoj  sezish),  ma`naviy  ehtiyojlarda  esa  ijtimoiy  ong  mahsuliga 

tobeligi  ifodalanadi.  Ma`naviy  ehtiyojlar  ma`naviy  madaniyatni  yaratish  va 

o`zlashtirishda  o`z  aksini  topadi.  Kishi  o`z  fikr  -  mulohazalari  va  tuyg`ularini 

boshqalar  bilan  baham  qurishga,  kitoblar  va  jurnallar  o`qishga,  kinofil’mlar 

qurishga, musiqa tinglashga va shu kabilarga ehtiyoj sezadi.  

Ma`naviy  ehtiyojlar  moddiy  ehtiyojlar  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Ma`naviy 

ehtiyojlarni  qondirish  uchun,  moddiy  ehtiyojlar  predmeti  hisoblanmish  moddiy 

narsalar  (kitoblar,  gazetalar,  yozuv  va  nota  qog`ozlar,  buyoklar  va  shu  kabilar) 

talab  qilinishi  shubxasiz.  ehtiyojlarning  qondirilishi  bilan  bog`liq  bo`lgan 

faoliyatga  undovchi  va  uning  yo`nalishini  belgilovchi  sabablar  MOTIVLAR  deb 

ataladi.  Unda  sub`ektning  faolligi  nomoyon  bo`ladi.  ehtiyojlar  kishi  faolligi  va 

barcha  turlarining  mohiyatini,  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchini  tashqil  etarkan, u 

holda  motivlar  ushbu  mohiyatning  konkret,  rang  -  barang  ko`rinishlari  sifatida 

nomoyon  bo`ladi.  Motivlar  yoki  motivlashtirish  psixologiyada  sub`ektning  xulq  - 

atvori va faoliyati yo`nalishini belgilab beradigan sabablar sifatida qaraladi.  

Motivlar  biri-biridan  ehtiyojlar  turlariga  qarab    farqlanadi.  ehtiyoj 

motivlarda  nomoyon  bo`ladi.  Murakkab  faoliyat  asosida  bir  vaqtning  o`zida  bir 

qancha  motivlar  yotadi.  Inson  hatti-harakatining  asosida  yotgan  bunday  motivlar 

guruhiga motivlar tizimi deyiladi.  

Motivlar  anglanilgan  va  anglanilmagan  bo`lishi  mumkin.  Anglanilmagan 

motivlar odatda MAYLLAR deb yuritiladi.  




Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling