Shaxs faoliyati


FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 257.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana08.01.2022
Hajmi257.29 Kb.
#243158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shaxs-faoliyati

FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA  

Agar  hayvonlarning  hatti  -  harakati  butunlay  atrof  muhit  bilan  belgilansa, 

kishining  faolligi  uning  ilk  yoshlaridanok  butun  insoniyat  tajribasi  va  jamiyat 

talablariga  ko`ra  yo`naltirib  boriladi.  Hatti  -  harakatning  bu  turi  shu  qadar  o`ziga 

xoslikka  egaki,  psixologiyada  uni  atash  uchun  maxsus  termin  -  FAOLIYAT 

termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi 

psixologik  belgilari  nimalardan  iborat?  Bu  farq  qiluvchi  belgilardan  biri  shundan 



iboratki,  faoliyatning  mazmuni  uni  keltirib  chiqargan  ehtiyoj  bilangina 

belgilanmaydi.  Basharti  motiv  sifatida  ehtiyoj  faoliyatga  turtki  berib,  uni 

ragbatlantirar  ekan,  u  holda  faoliyatning  shakllari  va  mazmuni  ijtimoiy  shart  - 

sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi. Masalan, kishini ishlashga undagan 

motiv  (sabab)  ovqatga  nisbatan  ehtiyoj  tugulishidan  ham  kelib  chiqishi  mumkin. 

Lekin odam stanokni, masalan, uning ochligini bartaraf etish uchun emas, balki bu 

unga  topshirilgan  detalni  tayyorlash  imkonini  bergani  uchun  ham  boshqaradi. 

Uning  faoliyati  mazmuni  shunchaki  ehtiyoj  bilan  emas,  balki  maqsad  bilan  - 

jamiyat  talab  kilayotgan  muayyan  mahsulotni  tayyorlash  bilan  belgilanadi. 

Kishining  nima  uchun  muayyan  tarzda  harakat  kilayotgani,  u  nimani  kuzlab  ish 

kilayotganiga  mos  kelmaydi.  Uni  faoliyatga  undovchi  xoxish  istaklar,  sabablar 

bilan ushbu faoliyatni yo`naltiruvchi bevosita maqsad bir - biriga to`g`ri kelmaydi.  




Download 257.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling